Ataboev Nozimjon Bobojon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ingliz tili korpusining funksional xususiyatlari (SOSA misolida)”, 10.00.04 – Evropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti (filologiya fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1PhD/Fil723.
Ilmiy rahbar: Teshabaeva Dilfuza Mo‘minovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillar universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil/Ped.27.01. 
Rasmiy opponentlar: Rahimov G‘anisher Xudoyqulovich, filologiya fanlari doktori, professor; Hamroeva Shaxlo Mirdjanovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: korpus lingvistikasining tarixiy rivojlanish evolyusiyasi, korpus, uni tasniflash, qo‘llash prinsiplari tahlili asosida ingliz tili mavjud korpuslarining funksional xususiyatlarini SOSA korpusi misolida ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
korpus lingvistikasi tarixi, taraqqiyot bosqichlari, tasniflash muammolarining statistik tadqiqi natijasida namunaviylik, maqsadga yo‘naltirilganlik va qamrovning chegaralanganligi kabi korpus yaratish mezonlari mukammalashtirilgan; olti medologik tizimga binoan korpus yaratish va uni amalda qo‘llash mexanizmi ilmiy-nazariy dalillar asosida  isbotlangan;
turli formatdagi matnlardan avtomatik tarzda korpus yaratuvchi  AntKonk programmasi yordamida amalga oshirilgan eksperimental korpus tahlili asosida yaratilgan sohaviy chastotali-izohli terminologik lug‘at orqali korpus lingvistikasining terminologik apparati boyitilgan;
korpuslarning reprezentativlik xususiyatiga ko‘ra korpuslararo (Britaniya Milliy korpusi – BNC va Zamonaviy Amerika ingliz tili korpusi COCA korpuslari misolida) metaforalar, kollokatsiya (semantik birikma)lar va frazeologik birikmalarning statistik tahlili yordamida lingvokul`turologik birliklarni qiyoslash  imkoniyati isbotlangan;
ilk bor lug‘at korpusi sifatida o‘rganilgan COCA korpusi leksik birliklarning fonetik, orfografik, grammatik va leksik-semantik xususiyatlarini leksikografiya sohasi taqdim etgani hamda ingliz tili lug‘atlarini takomillashtirishdagi ahamiyati dalillangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
jahon va o‘zbek tilshunosligida korpus lingvistikasi konsepsiyasining taraqqiyot bosqichlari, tajriba maktablarini yaratish, tasniflash mezonlari va tamoyillarining ilmiy-nazariy tadqiqi orqali  korpuslarga oid umumiy talablarning shakllantirilishiga oid tahlillardan davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida bajarilgan A-1-61 raqamli «Ko‘rish imkoniyati cheklangan talabalar uchun tilshunoslik fanlari bo‘yicha audiokitob ta’minotini yaratish» nomli amaliy grant loyihasi asosida «2014-2016 yillarda nashr etilgan tilshunoslik fanlariga oid maqolalarning qisqacha mazmuni» («O‘zbek tili va adabiyoti» hamda «Filologiya masalalari» jurnallari asosida») nomli audio ma’lumotlar to‘plamini tayyorlashda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 12 iyundagi 89-03-2032-son ma’lumotnomasi). Natijada, korpus yaratish, ularni amalda qo‘llashning tizimli metodlarini takomillashtirishga doir muammolar o‘z echimini topish imkoni yaratilgan; 
empirik tahlil asosida korpus lingvistikasining yaxlit tizim sifatida tadqiq etilishi va AntKonk programmasi yordamida amalga oshirilgan eksperimental korpus tahlillari natijasida yaratilgan sohaviy chastotali-izohli terminologik lug‘at orqali korpus lingvistikasining terminologik tizimi takomillashtirilganiga oid ilmiy xulosa va takliflardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining «O‘zbek va ingliz tillarining elektron (inson qiyofasi, fe’l-atvori, tabiati va milliy timsollar tasviri) poetik lug‘atini yaratish» nomli innovatsion loyihasida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 12 iyundagi 89-03-2032-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi sohaga oid terminlarning izohlash tamoyillarini mukammallashtirgan;  
korpuslarning reprezentativlik xususiyatiga ko‘ra, korpuslararo (BNC va COCA korpuslari misolida) metaforalar, kollokatsiya (semantik birikma)lar va frazeologik birikmalarning statistik tahlili yordamida lingvokul`turologik birliklarni qiyoslashga doir amaliy taklif va tavsiyalardan  OT-F1-18 – «Ommaviy lisoniy madaniyatni shakllantirish metodlari va metodologiyasini ishlab chiqish» nomli fundamental loyiha doirasida amalga tatbiq etilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 12 iyundagi 89-03-2032-son ma’lumotnomasi). Ayni natijalarning qo‘llanilishi til prizmasi orqali yuzaga chiqadigan lingvomadaniy konseptlarni korpus  tahlil orqali chuqurroq anglash  imkonini bergan;
COCA korpusi ilk bor lug‘at korpusi sifatida tadqiq etilib, leksikografiya sohasiga taqdim eta olgan barcha statistik va amaliy natijalar asosida ingliz tili lug‘atlarini takomillashtirish xususiyatlari aniqlanganligi asosida takomillashtirilgan ilmiy xulosalar Ispaniyaning Barselona shahrida joylashgan Pompeu Fabra universiteti «Tarjima va tilshunoslik» kafedrasi professor – o‘qituvchi-lari hamda GEDIT (Grup d’Estudis del discurs I de la Traduccio’) tadqiqot guruhi vakillari ishtirokida o‘tkazilgan ilmiy seminarda muhokamadan o‘tdi va Universitetning magistr talabalari dissertatsiyalarida qo‘llandi (Pompeu Fabra universiteti «Tarjima va kommunikatsiya» fakul`tetining 2020 yil 24 yanvardagi ma’lumotnomasi). Natijada, qo‘llanilgan metoddan magistrlik va doktorlik dissertatsiyalarini yozishda foydalanish imkoni yaratilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish