Jollibekova Indira Baxitovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qoraqalpog‘iston Respublikasining iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishida xorijiy hamkorlikning o‘rni (1991-2018 yy.)», 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD.Tar422.
Ilmiy rahbari: G‘ulomov Xondamir G‘ofurovich, tarix fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nukus davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/30.12. 2019.Tar.20.05.
Rasmiy opponent: Davletov Sanjarbek Rajabovich, tarix fanlari doktori, dotsent; Jumashev Asqar Mambetovich, tarix fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi 1991-2018 yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasining xalqaro iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishida horijiy hamkorlik tarixini yoritishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi.
Mustaqillik yillarida Qoraqalpog‘iston Respublikasining mustaqil sub’ekt sifatida huquqiy asoslari ishlab chiqilishi avvalo ichki iqtisodiy-ijtimoiy hayotni rivojlantirishga asos bo‘lishi barobarida xorijlik hamkorlar bilan iqtisodiy aloqalarni mustaqil olib borish imkoniyatiga ega bo‘lganligi asoslangan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasining iqtisodiy salohiyati o‘sishida mavjud moddiy resurs va qazilma boyliklarni qayta ishlash uchun xorijiy kompaniya hamda moliya muassasalarining jalb qilinishi, xorijdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri investisiyalarning ko‘payishi hududning eksport salohiyatining ortishiga xizmat qilib, yangi ish o‘rinlari yaratilishi va aholining moddiy ta’minotini yaxshilanishiga imkon yaratganligi ochib berilgan;
atrof-muhitni asrash va Orolni qutqarish bo‘yicha hukumat hamda xalqaro tashkilotlar tomonidan qator tadbirlar amalga oshirganligiga qaramasdan, 2017 yilgacha mazkur harakatlar o‘z amaliy natijasiga ega bo‘lmay, yuzaga kelgan ijtimoiy va ekologik muammolarni hal etishda mamlakat miqyosida faol konstruktiv dasturlar ishlab chiqishiga sabab bo‘lganligi ko‘rsatib berilgan;
so‘nggi yillarda amalga oshirilgan Orol dengizining qurib qolgan qismidagi sho‘rlangan erlarda ilmiy-tadqiqot va amaliy ishlar ko‘lamini kengaytirish, ekotizimni yaxshilashga doir ilg‘or tajribalar hamda innovatsiyalarning joriy etish, sahroni daraxtzorga aylantirish, chorvachilikni rivojlantirish, turistik salohiyatni ko‘tarish borasida xorijiy va mahalliy mutaxassislar hamkorligining yo‘lga qo‘yilishi hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga xizmat qilishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasi tarkibidagi Qoraqalpog‘iston Respublikasining xalqaro iqtisodiy va madaniy aloqalarining shakllanish va rivojlanish tarixiga oid ishlab chiqilgan xulosa va takliflardan:
O‘zbekistonning mustaqillikka erishgan dastlabki davrlarida Qoraqalpog‘iston Respublikasining tashqi siyosatini ishlab chiqish va xalqaro munosabatlarda o‘z o‘rnini topishi jarayoni, keng qamrovli hamkorlikni yo‘lga qo‘yishi kabi jihatlarini ilmiy va tarixiy faktlar asosida yoritish masalalari O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida bajarilgan “FA-IZGOO2 “Qaraqalpaqstan tariyxi (1991-2015-jillar)” kitabin tayarlao‘ hәm baspadan shig‘ario‘” innovatsion loyihasining ijtimoiy-siyosiy yo‘nalishi bo‘yicha ma’lumotlarini boyitishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2020 yil 25 maydagi 17.01/41-son ma’lumotnomasi). Bu o‘z navbatida “Qoraqalpog‘iston tarixi” va “Xalqaro munasobatlar va diplomatiya tarixi” nomli o‘quv kurslarining o‘qitilishi uchun xizmat qilmoqda;
tashqi siyosatning o‘xshash va yaqin jihatlari hamda barqarorlikni ta’minlashdagi amaliy harakatlari, Orolbo‘yi mintaqasi ekologik muammolarini bartaraf etishning istiqbolli masalalari O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish Davlat qo‘mitasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy boshqarmasining “Qoraqalpog‘istonning arxeologik va me’moriy obidalari”, “Qoraqalpog‘istonning madaniyati va urf-odatlari” va “Qoraqalpog‘istonga xush kelibsiz. Orol dengizi” mavzularidagi ko‘rgazmali materiallarni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish Davlat qo‘mitasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy boshqarmasining 2020 yil 26 maydagi 01/532-son ma’lumotnomasi). Ushbu ma’lumotlar Qoraqalpog‘iston Respublikasining xalqaro iqtisodiy va madaniy sohalaridagi hamkorligining rivojlanish jarayonini va hamkorlik aloqalari tarixini o‘rganish, hamkorlik masalalari bo‘yicha ilmiy bilimlarni rivojlantirish imkonini bergan;
atrof-muhitni asrash va Orolni qutqarish bo‘yicha hukumat hamda xalqaro tashkilotlar tomonidan o‘tkazilgan tadbirlar, yuzaga kelgan ijtimoiy va ekologik muammolarni hal etish borasidagi konstruktiv dasturlarga oid ma’lumotlardan I.V.Saviskiy nomidagi Qoraqalpoq Davlat San’at muzeyida Qoraqalpog‘iston Respublikasining xalqaro madaniy aloqalari, tarixi va madaniyati bo‘yicha ko‘rgazma tashkil etishda, ekskurs darslarini o‘tishda va ilmiy-nazariy anjumanlarni tashkil qilishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat Vazirligining 2019 yil 18 iyuldagi 2-04/1436-son ma’lumotnomasi). Ular Orolbo‘yi hududini rivojlantirish borasida O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy va madaniy sohalaridagi hamkorligining rivojlanish jarayonini ilmiy dalillar asosida ko‘rsatib berishga xizmat qilgan;
so‘nggi yillarda amalga oshirilgan Orol dengizining qurib qolgan qismidagi sho‘rlangan erlarda ilmiy-tadqiqot va amaliy ishlar ko‘lamini kengaytirish, ekotizimni yaxshilash hamda innovatsiyalarni joriy etish, hududning ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatni ko‘tarish borasida xorijiy va mahalliy mutaxassislar hamkorligining yo‘lga qo‘yilishiga doir ma’lumotlardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Qoraqalpog‘iston Milliy teleradiokompaniyasining “Qoraqalpog‘iston” telekanali orqali namoyish etilgan “Kun mavzusi” ko‘rsatuvini tayyorlashda, «Qoraqalpog‘iston» radiokanalining “Istiqlol istiqbollari” eshittirishida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Qoraqalpog‘iston Milliy teleradiokompaniyasining 2020 yil 29 maydagi 01-02/108-son ma’lumotnoma). Bu esa Orolbo‘yi mintaqasi ekologik muammolarini bartaraf etishning istiqbolli masalalarini tahlil qilish, hamkorlik aloqalarining istiqbollari bo‘yicha ilmiy bilimlarni rivojlantirish imkonini bergan.