Karimov Yashin Abdusharibovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Markaziy Osiyo kommunikatsiya tizimida suv yo‘llarining tutgan o‘rni (qadimgi davr va o‘rta asrlar Amudaryo va Sirdaryo misolida),  07.00.01 – O‘zbekiston tarixi. 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3PhD/Tar175.
Ilmiy rahbar: Mavlonov Uktam Mahmasobirovich, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi:  Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/30.12. 2019.Tar.20.05.
Rasmiy opponentlar: Raimqulov Abdisabur, tarix fanlari doktori, Sulaymanov Salamat Arepbaevich, tarix fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi Amudaryo va Sirdaryo suv yo‘llarining mintaqa kommunikatsiya tizimida tutgan o‘rnini tarixiy aspektda yoritib berishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Amudaryo va Sirdaryo suv yo‘li va Orol dengizidan foydalanishning shakllanishi va rivojlanishining tarixiy bosqichlari aniqlanib, mintaqadagi siyosiy-iqtisodiy munosabatlarda tutgan o‘rni, mahsulot almashish, savdo-sotiq va tranzit aloqalarga xizmat qilganligi ochib berilgan;
Amudaryo va Sirdaryodagi bog‘lama (ponton) ko‘priklar, kechuvlar mintaqadagi quruqlik va suv yo‘llarining o‘zaro kesishgan hududlarini bog‘lovchi vosita sifatida muhim vazifani bajargani, shu asosda daryolar karvon yo‘llari uchun to‘siq emas, balki yordamchi yo‘nalish bo‘lganligi ko‘rsatib berilgan;
Amudaryo va Sirdaryoda muhim kechuvlar bo‘yida joylashgan qal’alarda suv yo‘llari bilan bog‘liq infratuzilmalar shakllanishining strategik ahamiyati yoritilib, ularning suv yo‘li va kechuvlardan foydalanuvchi davlat xizmatchilari, elchilar, savdo karvonlari, yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishni tashkil etish, boshqarish va nazorat qilish vazifasini bajargani yoritib berilgan;
Qadimgi davr va o‘rta asrlarda Amudaryo va Sirdaryo hamda Orol dengizida suv transporti vositalaridan foydalanish tarixi yozma manbalar va tadqiqotlardagi mazkur masalaga oid ma’lumotlar asosida ochib berilgan, kemalardan harbiy-strategik vaziyatlarda foydalanish, qayiq va kemalarning mahsulotlarni uzoq manzillarga tez va kamharj etkazib berishda, daryo va kechuvlarda xizmat ko‘rsatish tizimida tutgan ahamiyati ochib berilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Markaziy Osiyo kommunikatsiya tizimida suv yo‘llarining tutgan o‘rnini yoritish jarayonida erishilgan natijalar asosida:
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining mintaqaviy bo‘limi – Xorazm Ma’mun akademiyasida 2012-2016 yillarda bajarilgan “Xorazm tarixi (I jild eng qadimgi davrlardan V asrgacha. II jild. V-XIV asrgacha)” mavzusidagi fundamental loyihada Markaziy Osiyoda o‘zaro aloqa, mahsulot almashinuvi va savdo-sotiqqa xizmat qilgan suv yo‘llarining mintaqa kommunikatsiya tizimida, mintaqadagi ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayotida tutgan o‘rnini tadqiq etishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2019 yil 14 martdagi 3\1255-733-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalar Markaziy Osiyoning turli hududlari va davlatlari o‘rtasidagi ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy aloqalarni amalga oshirishda suv yo‘llarining tutgan o‘rnini ko‘rsatuvchi yordamchi ma’lumot sifatida foydalanishga imkon bergan;
ilmiy ish materiallaridan Xiva “Ichanqal’a” muzey qo‘riqxonasida “Qadimgi Xorazm” ekspozisiyasining savdo aloqalari bo‘limi fondini, muzey ekspozisiyasini boyitishda foydalanilmoqda. Bu materiallar turizm rivojiga, sayyohlarning qadimgi davr va o‘rta asrlarda Markaziy Osiyo kommunikatsiya tizimida suv yo‘llarining tutgan o‘rni va ahamiyati haqida qarashlarini kengaytirishga xizmat qilmoqda (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligining 2019 yil 7 avgustdagi 01-12-10-4024-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot materiallari muzey ekspozisiyasining kengayishi, qiziqarli va ta’sirchan bo‘lishida muhim ahamiyat kasb etgan;
O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O’zbekiston tarixi” telekanalida dissertatsiya ilmiy natijalaridan ayrim ko‘rsatuvlar ssenariylari tayyorlandi. Xususan, 2020 yil 10 yanvarda efirga uzatilgan “Taqdimot” ko‘rsatuvida dissertant ishtirok etib, ilmiy tadqiqot ishi bo‘yicha qo‘lga kiritilgan ilmiy-nazariy xulosalarni bayon etgan (“O‘zbekiston” teleradiokanalining 2020 yil 10 yanvardagi 02-40-89-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalari Markaziy Osiyo kommunikatsiya tizimida suv yo‘llarining tutgan o‘rni va ahamiyati haqida “O‘zbekiston tarixi” telekanalida turkum teleko‘rsatuvlarni tayyorlashda muhim manba bo‘lib xizmat qiladi.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish