Hamidov Abdumalik Kironovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Murod Muhammad Do‘st asarlari lingvopoetikasi», 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/Fil949.
Ilmiy rahbar: Umurqulov Bekpo‘lat, filologiya fanlari nomzodi.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Fil.70.01.
Rasmiy opponentlar: Mengliev Baxtiyor Rajapovich, filologiya fanlari doktori; Qodirov Ziyoidin Mamadalievich, filologiya fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Murod Muhammad Do‘stning tildan foydalanish mahoratini tahlil qilish va yozuvchi ijodining lingvopoetik o‘ziga xosligini belgilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Murod Muhammad Do‘st asarlarining matniy tuzilishi, uning ifoda uslubi jihatdan mukammalligi yozuvchining g‘oyaviy-badiiy niyatini, tildan foydalanish mahoratini namoyon qiluvchi usul ekanligi dalillangan;
yozuvchining so‘z tanlashi va uni nutqda o‘z o‘rnida qo‘llash mahorati, og‘zaki nutq vositalari, keng iste’mol so‘zlar va sinonimlardan foydalanganligi ochib berilgan;
badiiy matnda idiomalarning badiiylik va emotsionallikni vujudga keltirishi asosida ta’sirchanlikni ta’minlashi, xalq maqollarining qo‘llanilishi orqali xalqning axloqiy, ma’naviy-ma’rifiy qarashlarining ifodalanishi asoslab berilgan;
ijodkor asarlarining til jihatdan soddaligi, unda xalqona ifoda usulining mavjudligi va umumxalq tilidagi maqol, matal va hikmatli so‘zlardan unumli foydalanilganligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Murod Muhammad Do‘st asarlarining lingvistik xususiyatlarini lingvopoetik jihatdan tahlil qilish jarayonida erishilgan ilmiy natijalar asosida:
yozuvchining so‘z tanlashi va uni nutqda o‘z o‘rnida qo‘llash mahorati, og‘zaki nutq vositalari, keng iste’mol so‘zlar va sinonimlardan foydalanganligiga oid ilmiy yangiligidan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutida bajarilgan FA-F1-G003 raqamli “Hozirgi qoraqalpoq tilida funksional so‘z yasalishi” mavzusidagi fundamental tadqiqot loyihasida foydalanilgan. (O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2020 yil 26 fevraldagi 45/1-son ma’lumotnomasi). Natijada leksik so‘z yasalishiga oid ilmiy xulosalar mukammallashdi;
ijodkor asarlarining til jihatdan soddaligi, unda xalqona ifoda usulining mavjudligi va umumxalq tilidagi maqol, matal va hikmatli so‘zlardan unumli foydalanilganligiga oid ilmiy xulosalaridan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutida 2012-2016 yillarda bajarilgan FA-A1-G007 ”Hozirgi qoraqalpoq tilida naql-maqollari lingvistik tadqiqot ob’ekti sifatida” (2012-2014 yillarda bajarilgan) mavzusidagi amaliy ilmiy-tadqiqot fundamental loyihalarida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutining 2020 yil 26 fevral` 44/1- son ma’lumotnomasi). Natijada naql-maqollar millatning ma’naviy dunyoqarashini ochib beruvchi lingvistik vosita ekanligi ilmiy jihatdan boyitish imkoni yaratilgan;
badiiy matnda idiomalarning badiiylik va emotsionallikni vujudga keltirishi asosida ta’sirchanlikni ta’minlashi, xalq maqollarining qo‘llanilishi orqali xalqning axloqiy, ma’naviy-ma’rifiy qarashlarining ifodalanishiga oid ilmiy xulosalaridan Surxondaryo viloyati teleradiokompaniyasining adabiy-badiiy, ma’naviy-ma’rifiy teleko‘rsatuvi hamda “Yangi asr” radiosining “Adabiyot gulshani” eshittirishi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Surxondaryo viloyati teleradiokompaniyasining 2020 yil 10 iyun` 01-01-134-son ma’lumotnomasi). Natijada ko‘rsatuv va eshittirishlar ma’rifiy va amaliy jihatdan boyitish imkonini bergan.