Normurodova Nozliya Zarilovnaning
fan doktori (DSs) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ingliz badiiy diskursida antropotsentrizmning lisoniy voqelanishi”, 10.00.04. – Evropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 2015/B2015.2.Fil347. 
Ilmiy maslahatchi: Ashurova Dilyarom Umarovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12. 2019.Fil.01.10 
Rasmiy opponentlar: Safarov Shaxriyor Safarovich, filologiya fanlari doktori, professor; Bakoeva Muhabbat Kayumovna, filologiya fanlari doktori, professor; Maslova Valentina Avraamovna, filologiya fanlari doktori, professor (Belarus`).
Yetakchi tashkilot: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: badiiy diskursda muallif va personaj diskursiv shaxsiyatining antropotsentrizm verbal markerlarini psixologik,  kul`turologik, kognitiv, kommunikativ-pragmatik, va semantik-stilistik o‘ziga xosliklaridan kelib chiqib aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ingliz badiiy diskursida tilshunoslikdagi yangicha yondashuvlar asosida antropotsentrizm verbal ko‘rsatkich-belgilarini aniqlash va tavsiflashning majmuaviy modeli ishlab chiqilgan; 
sub’ektlari muallif va personaj hisoblanuvchi badiiy diskurs verbal-semantik, kommunikativ-pragmatik, kognitiv va estetik-madaniy darajalardagi konstitutiv belgilarini o‘z ichiga oluvchi murakkab, ko‘p o‘lchamli, ko‘p pog‘onali hosila  ekanligi antropotsentrik yondashuv asosida isbotlangan;
badiiy diskurs antropotsentrizmi muallif va personajning diskursiv shaxsiyatida namoyon bo‘lishi asoslangan;
badiiy diskurs tahlilida fanlararo uzviylik va integrallikning metodologik tamoyillari asosida antropotsentrizmning darajaviy parametrlashishi aniqlangan;
muallif va personaj diskursiv shaxsiyatining semantik-stilistik, kommunikativ-pragmatik, kognitiv, madaniy, psixologik ta’riflaridan kelib chiqib kognitiv modeli shakllantirilgan;
muallif diskursiv shaxsiyatining matn tarkibidagi: a) muallif mushohadasi; b) sarlavha va epigraflar; v) sentensiyalar; g) bayoniy kontekstlar; d) lingvokonseptlar singari matn birliklari va parchalarida namoyon bo‘luvchi asosiy til marker-belgilari ochib berilgan;
personaj diskursiv shaxsiyatining matn tarkibidagi: a) badiiy dialog; b) grafik vositalar; v) noxususiy-to‘g‘ri nutq singari parchalarda namoyon bo‘luvchi asosiy til markerlari aniqlangan;
o‘z ichiga subektning o‘rni, obektning o‘rni, predikatning o‘rni va atributlik jihatlarni oluvchi kognitiv-propozisional qurilma konseptiga funksional yondashuv asosida lingvokonseptning ochiqlik, dinamiklik va  protsessuallik xususiyatlari dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Ingliz badiiy diskursida antropotsentrizmning lisoniy voqelanishi bo‘yicha olib borilgan tadqiqotning ilmiy natijalari asosida:
tilshunoslikning yangi yo‘nalishlari nuqtai nazaridan  ingliz tilidagi badiiy diskursda antropotsentrizm verbal markerlarini kompleks o‘rganishga yo‘naltirilgan nazariy takliflar, amaliy natijalardan FA-F1-G041 raqamli «O‘zbek tili leksikasining mustaqillik davri taraqqiyotini tadqiq etish» mavzusidagi fundamental loyiha doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2019 yil 22 noyabrdagi 89/04-2671-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida loyiha doirasida “Ijtimoiy-siyosiy terminlarning qisqacha izohli lug‘ati”dagi birliklar ta’rifi va talqinlari dissertatsiya materiallari yordamida takomillashtirilgan;  
badiiy diskurs tahlilida antropotsentrizm, fanlararo aloqadorlik va integrallikning metodologik tamoyillari, muallif va personaj diskursiv shaxsiyati verbal markerlarining ifodalanish usullaridan OT-F8-062 raqamli “Til taraqqiyotining derivatsion qonuniyatlari” fundamental loyihasida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 22 noyabrdagi 89/04-2671-son ma’lumotnomasi). Natijada badiiy-adabiy kommunikatsiya (muloqot)ning eng murakkab turlaridan biri bo‘lgan, sub’ektlari muallif va personaj hisoblanuvchi badiiy diskursning ahamiyati tasdiqlangan, turli tizimli tillarda leksik birliklarni yanada chuqurroq tahlil qilish orqali grammatik va leksik-semantik vositalarning matndagi derivatsion o‘ziga xosliklarini aniqlashga erishilgan; 
badiiy matnning etnolingvistika, kognitiv lingvistika, lingvomadaniyatshunoslik, shuningdek gender tilshunoslik singari tilshunoslikning zamonaviy yo‘nalishlari doirasida amalga oshirilgan tahlillardan OT-A1-018, ITD-1-07 raqamli «Tilshunoslik asoslari fanidan darslik, o‘quv-metodik majmualar va ularning elektron versiyalarini yaratish» amaliy loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 22 noyabrdagi 89/04-2671 son ma’lumotnomasi). Natijada lingvistik tahlil metodlari (konseptual tahlil, oppozisiyalar metodi, parametrlash metodi), diskursiv shaxs nazariyasi, badiiy diskurs mohiyati, badiiy diskursda bilim tuzilishining aks  etish muammosi va uni tahlil qilish metodlari bo‘yicha nazariy hamda amaliy ma’lumotlar tilshunoslik bo‘yicha resurslarning (darslik, o‘quv-metodik majmualar va ularning elektron versiyalari) boyishiga xizmat qilgan;
zamonaviy lingvistika, xususan, lingvopersonologiya va muallif hamda personaj diskursiv shaxsiyati nazariyasi taraqqiyotining o‘ziga xosligi haqidagi alohida nazariy xulosalar va amaliy tavsiyalardan A-1-61 raqamli «Ko‘rish imkoniyati cheklangan talabalar uchun tilshunoslik fanlari bo‘yicha audiokitob ta’minotini yaratish» mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 22 noyabrdagi 89/04-2671-son ma’lumotnomasi). Natijada antropotsentrizm negizida shakllangan zamonaviy tilshunoslikning ustuvor tendensiyalari, yo‘nalishlari va rivojlanish tamoyillariga muvofiq audiokitoblar mazmuni takomillashtirilgan va boyitilgan; 
muallif diskursiv shaxsining matn tarkibida namoyon bo‘luvchi asosiy til markerlari tahlillaridan Project Tempus 544161-TEMPUS-1-2013-1-UK-TEMPUS-JPCR Aston University “Developing the Teaching of European Languages: Modernising Language Teaching through the development of blended Masters Programmes” - “O‘qituvchilarni tayyorlashga onlayn texnologiyalarni tatbiq etish orqali Evropa tillarining o‘qitilishini takomillashtirish” xalqaro loyihasida foydalanilgan (O‘zbekistondagi “Erasmus” milliy ofisining 2019 yil 2 dekabrdagi 94-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ingliz tili fakul`tetining magistratura bosqichlari talabalari uchun English Language Improvement, Foreign Language Teaching Methodology, Course Design and Evaluation kabi yangi ishlab chiqilgan maxsus kurslar zamonaviy yondashuvlarni o‘zida aks ettirgan. Shuningdek, muallif diskursiv shaxsining matn tarkibida namoyon bo‘luvchi asosiy til markerlaridan foydalanish oliy ta’lim muassasalarida ingliz tiliga kasbiy-yo‘naltirilgan ta’lim jarayonini modernizatsiyalash va takomillashtirishga zamin yaratgan;
dissertatsion tadqiqot natijalari va ingliz tilidagi badiiy asarlarning muallif va personaj konseptual dunyo manzarasini tahlil qilish bo‘yicha amaliy taklif va tavsiyalardan “Dunyo adabiyoti” ko‘rsatuvini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining «O’zbekiston» teleradiokanali davlat unitar korxonasining 2018 yil 28 sentyabrdagi 02-16/454  ma’lumotnomasi). Natijada mazkur tadqiqot ma’lumotlari teleko‘rsatuv ilmiyligini oshishiga xizmat qilgan va til, adabiyot hamda madaniyatning o‘zaro ta’siri masalalari bo‘yicha U.Folkner qarashlari ilmiy iste’molga kiritilgan; 
muallifning dissertatsiya bo‘yicha yozgan maqolalaridan Rossiyaning N.A.Dobrolyubov nomidagi Nijegorod davlat lingvistika universitetida (2019 yil 30 noyabrdagi 98-sonli ma’lumotnoma), Hindistonning Jamia Millia Islamia (JMI) universitetida (2019 yil 19 noyabrdagi 445-sonli ma’lumotnoma), Turkiyaning Afyon universitetida (2019 yil 15 noyabrdagi 57-sonli ma’lumotnoma) stilistika, matn interpretatsiyasi, matn lingvistikasi, kognitiv tilshunoslik fanlari bo‘yicha ma’ruzalarda foydalanilgan. Natijada ingliz tili fakul`tetining bakalavriat va magistratura bosqichlari o‘quv kurslarini yaratishda muallif va personaj diskursiv shaxsiyatini o‘rganish bo‘yicha ishlab chiqilgan kompleks metodika xalqaro miqyosda joriy etilgan.  Shuningdek, sub’ektlari muallif va personaj hisoblanuvchi badiiy diskurs verbal-semantik, kommunikativ-pragmatik, kognitiv va estetik-madaniy darajalardagi konstitutiv belgilarini o‘z ichiga oluvchi murakkab, ko‘p o‘lchamli, ko‘p pog‘onali hosila  ekanligi xorijda o‘quv qo‘llanmalir va metodik ko‘rsatmalarni maqsadli ishlab chiqish bilan bog‘liq ishlarning takomillashtirishga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish