To‘raboeva Muqaddas Yoqubjanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Algoritmik mashqlar tizimini takomillashtirish asosida boshlang‘ich sinf ona tili ta’limida uzviylikni ta’minlash”, 13.00.02–Ta’lim  va tarbiya nazariyasi va metodikasi (o‘zbek tili) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Ped807.
Ilmiy rahbar: Hamroev Alijon Ro‘ziqulovich, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/04.06.2020.Fil.76.04. 
Rasmiy opponentlar: Normamatov Sultonbek Ermamatovich, filologiya fanlari doktori; Qodirov Valijon Abdurahmonovich, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika instituti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi algoritmik mashqlar  tizimini takomillashtirish asosida boshlang‘ich sinf ona tili ta’limida uzviylikni ta’minlashga doir ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
boshlang‘ich sinf ona tili ta’limida algoritmik mashqlar  tizimini takomillashtirish asosida uzviylikni ta’minlashga yo‘naltirilgan  xalqaro baholash dasturi talablariga muvofiq o‘quvchilarga mo‘ljallangan “Mashq daftari” didaktik vositasi ishlab chiqilgan;
algoritmik mashqlar tizimidan  foydalanish asosida boshlang‘ich sinf ona tili ta’limida o‘quvchilarning tayanch (refleksiv, kognitiv, ma’rifiy, kommunikativ, ijtimoiy) kompetensiyalari hamda psixolingvistik qobiliyatlari til va tafakkur birliklarini o‘zaro dialektik  bog‘liqlikda o‘rgatish  asosida takomillashtirilgan;
boshlang‘ich sinf ona tili ta’limida algoritmik mashqlar tizimini qo‘llash jarayonida o‘quvchilarning kreativ tafakkuriga ustuvorlik berish orqali ta’limiy uzviylik va pragmatik ta’lim modeli mukammallashtirilgan;
zamonaviy modellashtirish, loyihalash va praksiologik, refleksiv yondashuv texnologiyalariga asoslangan holda, algoritmik mashqlar tizimini ona tili ta’limiga joriy etish metodik asoslari takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Algoritmik mashqlar tizimini takomillashtirish asosida boshlang‘ich sinf ona tili ta’limida uzviylikni ta’minlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
algoritmik mashqlar tizimini takomillashtirish asosida boshlang‘ich sinf ona tili ta’limida uzviylikni ta’minlashga oid takliflardan “Mashq daftari”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2020 yil 24 iyundagi 01/11-03/03-596-son ma’lumotnomasi). Natijada, algoritmik mashqlar asosida boshlang‘ich sinf ona tili ta’limining metodik ta’minoti takomillashtirilgan; 
algoritmik mashqlar tizimini takomillashtirish asosida boshlang‘ich sinf ona tili ta’limida uzviylikni ta’minlashga asoslangan holda o‘quvchilarning tayanch kompetensiyalarini rivojlantirishga oid tahlillardan F1-XT-1-31247 raqamli “O‘quvchilarda o‘zaro do‘stona munosabatlarga asoslanib, hamkorlikda faoliyat ko‘rsatish ko‘nikmalarini shakllantirish strategiyasi” mavzusidagi loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 28 iyundagi 89-03-2627-son ma’lumotnomasi.). Natijada, boshlang‘ich sinf ona tili ta’limida uzviylikni ta’minlash psixologik-metodik yo‘nalishlarni aniqlashtirish asosida takomillashtirilgan; 
algoritmik mashqlar tizimini takomillashtirish asosida boshlang‘ich sinf ona tili ta’limida uzviylikni ta’minlash mezonlarini shakllantiruvchi aniqlik, izchillik, natijaviylik, samaradorlik, qiyosiylik, mantiqiylik, dolzarblik tamoyillariga doir takliflardan  A-5-37 raqamli “Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilari va boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida dastlabki matematik bilimlarni shakllantirishga mo‘ljallangan mul`timediali intellektual o‘yinlar” nomli amaliy loyihasi doirasida belgilangan vazifalar ijrosi mazmunini takomillashtirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 28 iyundagi 89-03-2627-son ma’lumotnomasi). Natijada, boshlang‘ich sinf ona tili ta’limida o‘quvchilar tafakkurini rivojlantirishning motivatsion, kommunikativ-kognitiv mazmuni takomillashtirilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish