Sadikov Saidkamol Babaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ta’limda integrallashgan axborot tizimlari modellari, algoritmlari va dasturiy ta’minotini ishlab chiqish (ichki ishlar tuzilmasi faoliyati va jarayoni misolida)», 05.01.04 – Hisoblash mashinalari, majmualari va kompyuter tarmoqlarining matematik va dasturiy ta’minoti (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/T1804.
Ilmiy rahbar: Siddikov Isomiddin Xakimovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, DSc.13/30.12.2019.T.07.01.
Rasmiy opponentlar: Mo‘minov Bahodir Boltaevich, texnika fanlari doktori, dotsent; Xalmatov Davron Abdalimovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat transport universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Ichki ishlar vazirligi tizimidagi ta’lim muassasalari faoliyatini baholash va boshqarish qarorini qabul qilishning integrallashgan axborot tizimlarini modellari, algoritmlarini yaratish va MVC (Model-View-Controller) texnologiyalar asosida dasturiy ta’minot ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ichki ishlar organlari tegishli bo‘limlari, jumladan ta’lim faoliyatini intellektuallashgan monitoring tizimining ma’lumotlar va bilimlar bazasini shakllantirish, axborotlar noaniqligi vaziyatida geterogen ma’lumotlarni formallashtirish, tanib olish va tanlashning tezkor algoritmlari ishlab chiqilgan;
ichki ishlar organlari tegishli tuzilmalari faoliyatini baholashda sifat ko‘rsatkichlari dinamikasini e’tiborga olgan holda ierarxik metama’lumotlarni saralash va tanlab olishning preprotsessorli qayta ishlashni parallellashtirishning IDEF modellari ishlab chiqilgan;
metama’lumotlarga ishlov berish asosida ichki ishlar organlari bo‘limlarining standart va nostandart hisobotlarini shakllantirishda ma’lumotlarga ishlov berish aniqligini oshirish imkonini beruvchi ko‘p qatlamli radial-bazisli adaptiv neyron tarmoq modellari va algoritmlari ishlab chiqilgan;
metama’lumotlar noaniqlik sharoitida vaziyatga bog‘liq ravishda ratsional boshqarish qarorini qabul qilish tizimining ma’lumotlar bazasini infologik modeli, ma’lumotlarning modullararo funksional bog‘liqligining optimal neyrotarmoqli tuzilmasi va ko‘pfoydalanish rejimiga mo‘ljallangan dasturiy ta’minoti ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ta’limda integrallashgan axborot tizimlari modellari, algoritmlari va dasturiy ta’minotini ishlab chiqish asosida:
ta’limda integrallashgan axborot tizimlari modellari, algoritmlari va dasturiy ta’minoti bo‘yicha ishlab chiqilgan dasturiy majmualar Ichki ishlar vazirligining tegishli bo‘limlari hamda Malaka oshirish instituti va uning joylardagi filiallari faoliyatiga integrallashgan axborot tizimlari modellari, algoritmlari asosida yaratilgan dasturiy ta’minot joriy etilgan (Ichki ishlar vazirligining 2020 yil 29 iyundagi 1/775-son ma’lumotnomasi). Dasturiy ta’minotni qo‘llash natijasida ma’lumotlar bazasidagi so‘rov va tranzaksiyalar tezligini oshirish hisobiga ta’lim muassasalari faoliyatini baholash va boshqarish samaradorligini 1,15 barobarga, axborotlarni tahlil qilish, hisobotlar ishlab chiqish tezligi 2 barobarga oshirish imkonini bergan;
integrallashgan axborot tizimlari modellari, algoritmlari va dasturiy ta’minoti Xorazm viloyatidagi tashkilotlar faoliyatiga joriy qilingan (Ichki ishlar vazirligining 2020 yil 29 iyundagi 1/775-son ma’lumotnomasi). Dasturiy ta’minotdan foydalanish natijasida standart va nostandart hisobotlarni shakllantirish tezligini 3 barobarga, ma’lumotlarga ishlov berish va tahlil qilish tezligini 1,5 barobarga oshirish imkonini bergan.