Berger Inna Viktorovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekiston Respublikasida aplastik kamqonligi bo‘lgan bemorlar periferik qoni va suyak ko‘migida sitokin va SD4 hujayralarining ahamiyatini o‘rganish», 14.00.29 – Gematologiya va transfuziologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.RhD/Tib583.
Ilmiy maslahatchi: Maxmudova Aziza Djumanovna, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan gematologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.02. 
Rasmiy opponentlar: Matkarimova Dilfuza Saburovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Baxovadinov Burxonidin Baxovadinovich tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi).
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot instituti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: aplastik kamqonlik bilan xastalangan bemorlarni gemopoetik omillari va sitokin statusini asosida kasallik kechishini tashhislash, davolash va bashoratlashni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sitokin mahsulotlariga gemopoetik omillarining buzilishi va AK bemorlarini davolash jarayonida ularning o‘zaro nisbati asoslangan;
aplastik kamqonlikda oppozitiv sitokinlar nisbatining dinamikasi, kasallikni takrorlanishida FNOα darajasi ortishi, klinik-gematologik remissiya bosqichida esa EPO, FNOα, INFγ darajasining me’yorlashishi isbotlangan;
aplastik kamqonlikda gemodepressiya darajasi bilan mos xolda AK bemorlarida immunitetning hujayra va gumoral bo‘g‘inlarining holati baholash va kasallikni bashorati va kechish og‘irligiga I  sinf T-xelperlari CD4+  subpopulyasiyasining o‘rni isbotlangan;
aplastik kamqonlikda dinamikada gemopoetik sitokinlarni o‘rnini  asoslash va kasallikni davolash samaradorligiga baho berish va erta bosqichlarda kasallikni bashoratlashga imkon berishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
O‘zbekiston Respublikasida aplastik kamqonligi bo‘lgan bemorlar periferik qoni va suyak ko‘migida sitokin va CD4+ hujayralarining ahamiyatini o‘rganish bo‘yicha tadiiiotning ilmiy natijalari asosida: 
«Aplastik kamqonlik. Aplastik kamqonlikni tashxislashni yangi usullarini joriy etish» nomli uslubiy tavsiyanomasi ishlab chiqilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 13 martdagi 8n-d/57-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma aplastik kamqonlikni tashxislashni samardorligini oshirish va kasallikni davolash samaradorligini oshirish va davolashga sarflanadigan xarajatlarni kamaytirish imkonini bergan;
O‘zbekiston Respublikasida aplastik kamqonligi bo‘lgan bemorlar periferik qoni va suyak ko‘migida sitokin va CD4+ hujayralarining ahamiyatini bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Samarqand viloyati bolalar ko‘p tarmoqli shifoxonasi hamda Samaraqand davlat tibbiyot institutining birinchi shifoxonasi klinik amaliyotiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash 2020 yil 2 oktyabrdagi № 8n-z/121-son ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalarning amaliyotga joriy qilinishi kasallikni erta bashoratlash va davolashga individual yondoshish uchun ishlab chiqilgan uslubiy tavsiyanoma va bemorlar hayot sifatini yaxshilashga va vaqtincha mehnat qobiliyatini yo‘qotish muddatlarini qisqartirish, shuningdek, kasalxonada bo‘lish muddatlarini kamaytirishga hamda bir yil uchun  aplastik kamqonlikli bemorlarning umumiy miqdoridan 37,2%ga davlat byudjet vositalarini iqtisodiy foydasi bilan  davolash tannarhini pasaytirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish