Mirzaraximova Saodat Timurovnaning
falsafa doktori (RhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Peripartal kardiomiopatiya bilan og‘rigan bemorlardagi o‘ziga xos morfofunksional o‘zgarishlar va medikamentoz davolash imkoniyatlari», 14.00.06 – Kardiologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Tib749.
Ilmiy maslahatchi: Kurbanov Ravshanbek Davletovich, tibbiyot fanlari doktori, professor, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.64.01.
Rasmiy opponentlar: Kurbanov Djaxongir Djamalovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Kamilova Umida Kabirovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent vrachlar malaka oshirish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: peripartal kardiomiopatiyaning potensial xavf omillari va klinik-gemodinamik ko‘rinisharini baxolab farmakologik davoni gemodinamik ko‘rsatkichlarga va xayot prognoziga ta’sirini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor bemorlarda peripartal kardiomiopatiyaning rivojlanishiga va uning asoratlarining namoyon bulishiga sababchi potensial xavf omillari aniqlangan;
ilk bor periparatal kardiomiopatiyaning klinik kechishiga tavsif berilib, yurak ichi gemodinamikasi parametrlari asosida uning ushbu kasallikda remodellanishining o‘ziga xosligi aniqlangan;
ilk bor peripartal kardiomiopatiya bilan ogrigan bemorlarda yurak etishmovchiligining standart davolash fonida va prolaktin ingibitori bromokriptin bilan birgalikda (maxsus davo) klinik-gemodinamik o‘zgarishlarining baxolash asosida prolaktin darajasi yuqori bulgan bemorlarda bromokriptinning yuqori samaradorligi aniqlangan;
peripartal kardiomiopatiyaning kechishi va bemorlar hayot sifatiga ta’sir qiluvchi morfofunksional prediktorlarning bashoratlash imkoniyati aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Peripartal kardiomiopatiyali bemorlarda morfofunksional xususiyatlarni o‘rganish va medikamentoz korreksiya bo‘yicha olib borilgan tadqiqotning ilmiy natijalari asosida:
«Peripartal kardiomiopatiya. Tashxisot, davolash, prognoz» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 30 sentyabrdagi 8n-z/116-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanomada keltirilgan ma’lumotlarni amaliyotda anamnez, klinik ma’lumotlar, umumiy klinik va standart biokimyoviy qon taxlillari kabi oson hamda qimmat bo‘lmagan klinik usullarni qo‘llab amalga oshirish peripartal kardiomiopatiyani tashxislashga imkon bergan.
Peripartal kardiomiopatiyali bemorlarda morfofunksional xususiyatlarni o‘rganish va medikamentoz korreksiya bo‘yicha olingan natijalar Toshkent va Jizzax viloyatlari kardiologik dispanserlari klinik amaliyotiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 30 sentyabrdagi 8n-z/116-son ma’lumotnomasi). Olingan tadqiqot natijalarining amaliyotga joriy qilinishi peripartal kardiomiopatiya qiyosiy tashxisoti o‘tkazishga, yurak etishmovchiligi standart davolash hamda maxsus preparatlarni o‘z ichiga olgan medikamentoz davoni qulaylashtirishga imkon bergan, bu esa klinik-gemodinamik ko‘rsatkichlarga ijobiy ta’sir qilgan hamda bemorlar hayot sifati va prognozini yaxshilashga imkon yaratilgan.