Turgunov Erxanning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Asetilen oksi- va aminli hosilalar asosida yangi polifunksional birikmalarning katalitik sintezi, xossalari», 02.00.03 – Oganik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.DSc/K6.
Ilmiy maslahatchi: Nurmanov Suvankul Erxanovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.K.01.03.
Rasmiy opponentlar: Maxsumov Abdulxamid Gofurovich, kimyo fanlari doktori, professor; Matchonov Alimjan Davlatbaevich, kimyo fanlari doktori; Abdullaev Shavkat Voxidovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: atsetilen oksi- va aminli hosilalar asosida yangi polifunksional birikmalarning katalitik sintezi va ularning xossalarini hamda qo‘llanish sohasini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
atsetilen va fenilatsetilenni karbonil birikmalar bilan Favorskiy, Reppe, Grin`yar-Iotsich va Zandmeer reaksiyalari asosida birlamchi, ikkilamchi, uchlamchi atsetilen spirtlari va mos ravishda atsetilen diollari sintez qilingan; 
ilk bor p-almashingan aromatik ketonlarni PCl5 bilan ta’siri natijasida aromatik dixlor almashingan hosilalari, ularni kaliy etilat bilan reaksiyasi natijasida mos ravishdagi p-almashingan aromatik atsetilen birikmalari sintez qilingan; 
olingan Mannix asoslarining atsetilen bog‘iga sirka kislota eritmasida galogenlarni elektrofil` birikishi natijasida trans-digalogenli yangi hosilalari olingan, atsetilen aminlarni galogenlanishidan pergalogenidlar hosil bo‘lishi aniqlangan;
vinilatsetilen karbinollarini qayta guruhlanishi va oksidlanishga moyilligi aniqlangan; 
sintez qilingan etilen karbinollarining digaloidli hosilalari oson degidratatsiyalanib digaloidli divinil birikmalarni hosil qilishi isbotlangan; 
atsetilen spirtlarini ammiak bilan geterogen-katalitik reaksiyalari ko‘p komponentli oksidli katalizatorlar ishtirokida borishi va piridin asoslari hamda pirrol hosilalari hosil bo‘lishi aniqlangan; 
sintez qilingan atsetilen aminospirtlari, mono va diaminlarining mis (II) va temir (III) ionlari bilan koordinatsion birikmalar hosil qilishda samarali ligandlar ekanligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Asetilen spirtlari va hosilalari sintezi, ularni xossalarini aniqlashdan olingan ilmiy natijalar asosida:
atsetilen spirtlarini olish usuliga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligidan ixtiroga patent olingan (№IAP05066, 2015 y.). Natijada, atsetilen spirtlari unumini oshirish imkonini bergan; 
olingan yuqori samarali ingibitorlar “Elektrokimyo” AJda neytral muhitda joriy qilingan (“Elektrokimyo” AJning 2019 yil 29 yanvardagi 55-son ma’lumotnomasi). Natijada, neytral muhitda qo‘llaniladigan metall qurulmalarining ishlash muddatini uzaytirish imkonini bergan;
sintez qilingan aminospirtlar va ularning to‘rtlamchi tuzlari “Elektrokimyo” AJda vodorod sul`fidli muhitda metallar korroziyasi ingibitori sifatida joriy qilingan (“Elektrokimyo” AJning 2019 yil 29 yanvardagi 56-son ma’lumotnomasi). Natijada, vodorod sul`fidli muhitda qo‘llaniladigan metall qurulmalarining korroziyadan himoyalanishi 94% bo‘lishiga erishish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish