Toshniyozova Ra’no Tohirovnaning
fan doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Alisher Navoiy tafakkuri ontologiyasining badiiy ifodasi (“Xamsa” dostonlari asosida)», 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/FIL1045.
Ilmiy rahbar: Sirojiddinov Shuhrat Samariddinovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.19.01.
Rasmiy opponentlar: Yakubov Islamjon Axmedjanovich, filologiya fanlari doktori, dotsent; Jo‘raev Jaloliddin Olimjonovich, filologiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: O‘zR FA Alisher Navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyi
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Alisher Navoiyning ilohiyotga oid qarashlari  va ularning badiiy talqinini tahlil etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Alisher Navoiy “Xamsa”si dostonlari matni ontologik poetikasi   Borliqdagi rivojlanayotgan ochiq tizimlar (biologik, fizik, ximik, ekologik, ijtimoiy munosabatlar tizimi) qonuniyatlarini tushuntirib beruvchi sinergetika ilmiy yo‘nalishining metodologik tamoyillari asosida ochib berilgan;
Alisher Navoiy “Xamsa”si dostonlari matni ma’nolari botiniy qatlamida aks etgan Allohning “kasrat olamidan pokligi (o‘xshamasligi- tanzih)”, shu bilan birga, unga “o‘xshashligi” (tashbih), ya’ni Allohning pinhonligi va oshkorligi ta’limoti tahlilida ilohiyotshunoslik ilmining “tanzih-taqdis”(pok-muqaddas), “tanzih-tashbih”(pok-o‘xshash) talqin modellarining ahamiyati misollar asosida dalillangan;
Alisher Navoiy “Xamsa”si dostonlarida ifodalangan inson qalbi (Ruh) vujudiy-irfoniy kechinmalarining badiiy talqini  ilohiyotshunoslik ilmining “foil-fe’l-maf’ul” modeli asosida isbotlangan;
“Xamsa” dostonlari obrazlari orqali “ahsani taqvim” – komil  inson fenomeni talqini Navoiyning komil inson haqidagi metafizik konsepsiyasi asosini tashkil etishi aniqlangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Alisher Navoiy tafakkuri ontologiyasi va uning badiiy ifodasi tadqiqi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
o‘zbek mumtoz adabiyot nazariyasi uchun muhim ilmiy-nazariy xulosalardan Turkiya Firat universiteti gumanitar va ijtimoiy fanlar fakul`tetining “Zamonaviy turkiy tillar va adabiyotlar” ÇTL 314 Özbek ve Yeni Uygur Edebiyatı, ÇTL 219 Eski Türk Edebıyatı, ÇTL 217 Türk Kültür Tarıhı va  ÇTL 106 Türk Edebıyatı Tarıhı II kabi fanlarni o‘qitishda foydalanilgan (Firat universiteti gumanitar va sotsial fanlar fakul`tetiga qarashli Hozirgi turkiy tillar va adabiyotlar kafedrasining 2019 yil 2 dekabrdagi ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek tili, o‘zbek adabiyoti, uyg‘ur tili va uyg‘ur adabiyoti, turkiy tillar leksikologiyasi fanlarini o‘qitishni yaxshilashga hamda tegishli mavzularning talabalar tomonidan yaxshi o‘zlashtirilishiga erishish imkoni yaratilgan. 
Alisher Navoiyning islom ilohiyoti, olam va odam munosabatlari haqidagi qarashlari, shoir tafakkuri sarhadlari hamda ularning badiiy in’ikosi talqiniga doir ilmiy-nazariy xulosalardan (2012-2016) “F1-XT-19919 raqamli “O‘zbek mifologiyasi va uning badiiy tafakkur taraqqiyotidagi o‘rni” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 7 avgustdagi 89-03-27-30-son ma’lumotnomasi). Natijada Alisher Navoiy ontologik poetikasi tadqiqi, belgilangan sinergetik talqin modellari asosidagi xulosalar tasavvuf adabiyoti badiiy-falsafiy sarchashmalarini aniqlash imkoniyati yaratilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish