Kostaev Umidjon Umirzakovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Strategik boshqaruv hisobi metodologiyasini takomillashtirish”, 08.00.08 – “Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit (iqtisodiyot fanlari)”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.DSc/Iqt247.
Ilmiy maslahatchi: Pardaev Abdunabi Xalikovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Ibragimov Abugapur Karimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Qurbonov Ziyod Niyazovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Axmedjanov Karimjon Bakidjanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda strategik boshqaruv hisobi metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
strategik boshqaruv hisobining boshqaruv hicobidan fapqini yaqqol namoyon qiladigan strategik moslik hamda strategik birlik tamoyillari belgilab berilgan;
xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda strategik boshqaruv tizimining samaradorligini moliyaviy hamda nomoliyaviy ko‘rsatkichlar orqali baholash imkoniyatini yaratib beradigan strategik salohiyat ko‘rsatkichlar majmuasi ishlab chiqilgan; 
xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning moddiy, moliyaviy va mehnat resurslari bilan birga “bilim salohiyati” ko‘rsatkichlarini ham shakllantirish, hisobga olish va istiqbol parametrlarini belgilash imkoniyatini beradigan strategik prognoz balansi taklif etilgan;
xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning strategik salohiyatini qayta ishlab chiqarish va strategik rivojlanish ko‘rsatkichlarining umumlashgan komplekc modeli ishlab chiqilgan; 
xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning strategik salohiyatini tahlil qilishda noaniq to‘plam nazariyasining matematik apparatidan foydalanish uslubi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Strategik boshqaruv hisobini tashkil qilish metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
strategik boshqaruv hisobining boshqaruv hicobidan fapqini yaqqol namoyon qiladigan strategik moslik hamda strategik birlik tamoyillari 5A230901-“Buxgalteriya hisobi (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)” mutaxassisligi talabalari uchun tavsiya etilgan “Boshqaruv hisobi” fani bo‘yicha darslikka kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 2 maydagi 394-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan mualliflik guvohnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda strategik boshqaruv hisobining nazariy-uslubiy jihatlarini takomillashtirish, strategik boshqaruv qarorlari qabul qilish samaradorligi va ta’lim sifatini yanada oshirishga xizmat qilgan;
xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda strategik boshqaruv tizimining samaradorligini moliyaviy hamda nomoliyaviy ko‘rsatkichlar orqali baholash imkoniyatini yaratadigan strategik salohiyat ko‘rsatkichlar majmuasidan foydalanish bo‘yicha takliflari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 1 martdagi “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasida 2026 yilgacha qimmatbaho metallar ishlab chiqarishni oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar Dasturi to‘g‘risida”gi PQ-2806-son qarorida o‘z aksini topgan (“Navoiy KMK” DKning 2020 yil 12 martdagi 02-06-07/3267-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi kombinatda 2026 yilda mahsulot ishlab chiqarish hajmini 30 foizga oshirishga mo‘ljallangan strategik rivojlantirish dasturini qabul qilishda asosiy ma’lumot manbasi bo‘lib xizmat qilgan;
xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning moddiy, moliyaviy va mehnat resurslari bilan birga “bilim salohiyati” ko‘rsatkichlarini ham shakllantirish, hisobga olish va istiqbol parametrlarini belgilash imkoniyatini beradigan strategik prognoz balansini shakllantirish bo‘yicha tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 1 martdagi “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasida 2026 yilgacha qimmatbaho metallar ishlab chiqarishni oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar Dasturi to‘g‘risida”gi PQ-2806-son qarorida o‘z aksini topgan (“Navoiy KMK” DKning 2020 yil 12 martdagi 02-06-07/3267-son ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyalarning amaliyotga joriy etilishi kombinatda 2024 yilda asosiy turdagi mahsulot ishlab chiqarish hajmini 2019 yilga nisbatan 122 foizga oshirish bo‘yicha prognoz ko‘rsatkichlarni ishlab chiqishga zamin yaratgan;
xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning strategik salohiyatini qayta ishlab chiqarish va strategik rivojlanish ko‘rsatkichlarining umumlashgan komplekc modeli sifatida tahlil qilish bo‘yicha takliflar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 25 oktyabrdagi 20/1-543-sonli topshirig‘i bo‘yicha “Navoiy KMK” DKni 2030 yilgacha rivojlantirish strategiyasida o‘z aksini topgan (“Navoiy KMK” DKning 2020 yil 12 martdagi 02-06-07/3267-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi kombinatning yangi konlarni o‘zlashtirish va ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilish orqali 2030 yilgacha mahsulot ishlab chiqarish hajmini yangi bosqichga olib chiqish parametrlarini belgilashga xizmat qilgan;
xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning strategik salohiyatini tahlil qilishda noaniq to‘plam nazariyasining matematik apparatidan foydalanish bo‘yicha takliflar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 3 yanvardagi “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasi va “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyatida 2017-2021 yillarda qimmatbaho metallar ishlab chiqarishni oshirish Dasturi to‘g‘risida”gi PQ-2713-son qarorida o‘z aksini topgan (“Navoiy KMK” DKning 2020 yil 12 martdagi 02-06-07/3267-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi kombinatda uzoq muddatga mo‘ljallangan investision loyihalarni baholash imkoniyatini yaratib, strategik maqsadlarga erishishning samarali yo‘nalishlarini belgilashga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish