Avazov Ilxom Ravshanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotni tuzish va auditini takomillashtirish”, 08.00.08 – Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.Phd/Iqt999.
Ilmiy rahbar: Qo‘ziev Islomjon Ne’matovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Karimov Ne’matulla Fatxullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori; Dusmuratov Rajapboy Davletbaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotni tuzish va auditining hozirgi holatini tadqiq etish hamda uni takomillashtirishga doir taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
aksiyadorlik jamiyati tarkibidagi sho‘’ba jamiyatlar o‘zaro qarzlarining chegirilishi va hisobot ma’lumotlarining shaffofligini hisob siyosatiga konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotni tuzish qoidalarini kiritish orqali ta’minlangan;
konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotni tuzishning aksiyadorlik jamiyatlari va uning tarkibidagi sho‘’ba jamiyatlar hisobot ma’lumotlarini ishonchliligini ta’minlaydigan bosqichlari taklif etilgan;
auditorlik tekshiruvini to‘g‘ri rejalashtirish, auditning umumiy rejasi va dasturining uzviyligiga muvofiqlashtirilgan konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobot auditini o‘tkazish algoritmi ishlab chiqilgan;
ishonchli auditorlik xulosasini tuzishda konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobot xususiyatlarini inobatga olgan holda tahliliy amallarni qo‘llash va riskni aniqlash usuli takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotni tuzish va uni auditorlik tekshiruvidan o‘tkazishni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalari asosida:
aksiyadorlik jamiyati tarkibidagi sho‘’ba jamiyatlar o‘zaro qarzlarining chegirilishi va hisobot ma’lumotlarining shaffofligini hisob siyosatiga konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotni tuzish qoidalarini kiritish bo‘yicha taklifi “O‘zbekneftgaz” AJning 3-son buyrug‘i asosida hisob siyosatini ishlab chiqishda foydalanilgan (“O‘zbekneftgaz” AJning 2020 yil 16 martdagi 08-40-13/44-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning joriy etilishi natijasida aksiyadorlik jamiyati tarkibidagi sho‘’ba jamiyatlar o‘zaro qarzlarining chegirilishiga va hisobot ma’lumotlari aniqligi hamda shaffofligining oshishiga erishilgan;
konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotni tuzishning aksiyadorlik jamiyatlari va uning tarkibidagi sho‘’ba jamiyatlar hisobot ma’lumotlarini ishonchliligini ta’minlaydigan bosqichlari bo‘yicha taklifi “O‘zbekneftgaz” AJning 3-son buyrug‘i asosida konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotni tuzish jarayonida foydalanilgan (“O‘zbekneftgaz” AJning 2020 yil 16 martdagi 08-40-13/44-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning qo‘llanilishi natijasida “O‘zbekneftgaz” AJ va uning tarkibidagi aksiyadorlik jamiyatlari va mas’uliyati cheklangan jamiyatlarini o‘z ichiga qamrab olgan konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotning o‘z vaqtida, tizimli va yaxlit tarzda tuzilishi ta’minlangan;
auditorlik tekshiruvini to‘g‘ri rejalashtirish, auditning umumiy rejasi va dasturining uzviyligiga muvofiqlashtirilgan konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobot auditini o‘tkazish algoritmini qo‘llash bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Auditorlar palatasining 5-son buyrug‘i asosida “Auditorlik tashkilotlarining konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobot auditini sifatli amalga oshirish bo‘yicha uslubiy qo‘llanma”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Auditorlar palatasining 2020 yil 17 martdagi 15/1-son ma’lumotnomasi). Natijada, konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobot auditini o‘tkazish bosqichlarining qo‘llanilishi auditorlik tekshiruvini to‘g‘ri rejalashtirish, audit umumiy rejasi va dasturining uzviyligini ta’minlash, auditorlik dalillarini etarli darajada to‘plash imkonini bergan;
ishonchli auditorlik xulosasini tuzishda konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobot xususiyatlarini inobatga olgan holda tahliliy amallarni qo‘llash va riskni aniqlash usuli bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Auditorlar palatasining 5-son buyrug‘i asosida “Auditorlik tashkilotlarining konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobot auditini sifatli amalga oshirish bo‘yicha uslubiy qo‘llanma”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Auditorlar palatasining 2020 yil 17 martdagi 15/1-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi natijasida xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar moliyaviy ko‘rsatkichlarini to‘g‘ri aniqlash, auditorlik tekshiruvlarining audit shartnomasida belgilangan muddatlarda yakunlanishi hamda ishonchli auditorlik xulosasini shakllantirish imkoniyatini yaratgan.