Ismoilova Dildora O‘ktamovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ayollarda genital endometriozning klinik immunologik rivojlanish mezonlari va differensial immunokorreksiya asoslari», 14.00.36-Allergologiya va immunologiya, 14.00.01-Akusherlik va ginekologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/Tib713.
Ilmiy rahbarlar: Musaxodjaeva Diloram Abdullaevna biologiya fanlari doktori, professor, Magzumova Nargiza Maxkamovna tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi:  Toshkent tibbiyot akademiyasi va Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc/PhD.04/30.12.2019.Tib.93.01.
Rasmiy opponentlar: Sel`kov Sergey Alekseevich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi), Ixtiyarova Gulchexra Akmalovna tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: «Kuban davlat tibbiyot universiteti» Federal davlat byujet oliy ta’lim muassasasi (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: ayollarda genital endometriozning klinik immunologik rivojlanish mezonlari va differensial immunokorreksiya asoslarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
ilk bor tashqi genital endometiozli ayollar bepushtligida tug‘ma immunitet ko‘rsatkichlari ishonarli pasayishi (CD16+, IFN-γ va fagotsitoz) fertilligi saqlangan ayollarda esa mutanosib ravishda killerlik faolligi va IFN-γ miqdori ortishi aniqlangan;
ilk bor tashqi genital endometriozli ayollar immun tizimida IL-2 sitokini miqdorining kamayishi fonida IL-4, IL-6, IL-18, MCP-1 va TGFβ-1 sitokinlar mahsulotining ortishi bilan bog‘liqligi aniqlangan;
tashqi genital endometriozli bepushtligi bo‘lgan ayollarda immunomodulyator dori vositalari jarrohlik va gormonal davolashga mutanosib ravishda ijobiy ta’siri bo‘lsa fertilligi saqlangan ayollarda gormonal davolash samaradorligini oshirish xususiyatiga ega ekanligi isbotlangan; 
ilk bor tashqi genital endometriozli bepusht va fertilligi saqlangan ayollarda tug‘ma immunitet (CD16+, IFN-γ va fagotsitoz) ko‘rsatkichlari  bilan immun tizim sitokinlari (IL-2, IL-4, IL-6, IL-18, MCP-1 va TGFβ-1)  mahsuloti o‘zgarishining o‘zaro uzviy bog‘liqligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Ayollarda genital endometriozning klinik immunologik rivojlanish mezonlari va differensial immunokorreksiya asoslarini aniqlash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
«Genital endometriozni kompleks davolashda immunokorreksiya usullari» nomli uslubiy tavsiyanomasi  tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 31 oktyabrgi 8n-d/249-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma genital endometriozning ikkilamchi immuntanqislik jarayonlarida immun tizim xolatini  immunokorreksiya qilish uchun xizmat qilgan;
«Genital endometriozli ayollarda tizimli immunitetni baholash algoritmi» nomli uslubiy tavsiyanomasi  tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 31 oktyabrgi 8n-d/249-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma genital endometriozli ayollarda tizimli immunitet xolatini  baholash uchun xizmat qilgan;
ayollarda genital endometrioz rivojlanishi, oldini olishning klinik-immunologik xususiyatlarini aniqlash bo‘yicha olingan natijalar sog‘liqni saqlash tizimiga, jumladan Toshkent tibbiyot akademiyasi 2-klinikasi va Xorazm viloyati perinatal markazi faoliyatiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 2 oktyabrdagi 8n-z/123-son ma’lumotnomasi). Joriy qilingan natijalar genital endometriozli ayollarda tizimli immunitet xolatini baholash, ikkilamchi immuntanqislik jarayonlarida immun tizim xolatini  immunokorreksiya qilish asosida kasallik asoratlarini kamaytirish hamda ularni statsionarda davolanish muddatini qisqartirish bilan tibbiy yordam ko‘rsatish sifatini oshirishga imkon yaratgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish