Mominov Aziz Alisherovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Cportning siklik turlari bilan shug‘illanuvchi sportchilarning funksional-metabolik holatini baholash va ularning jismoniy ish qobilyatini oshirish yo‘llari», 14.00.38 – Sport tibbiyoti (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Tib1023.
Ilmiy rahbar: Sadikov Abdushukur Abdujamilevich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi, PhD.10/30.12.2019.Tib.69.01.
Rasmiy opponentlar: Nurillaeva Nargiza Muxtarxanovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Sagatova Xolida Maxmudovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon tibbiyot instituti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: sportning siklik turlari bilan shug‘ullanuvchi sportchilar funksional-metabolik holatini baholash va ularning jismoniy ish qobilyatini oshirish yo‘llarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor siklik turdagi sportchilarda skelet mushaklarining massasi (%) atsiklik guruhlar sportchilariga qaraganda ishonarli yuqoriligi va yog‘ massasi (%) esa atsiklik turdagi sportchilarda ustunligi isbotlangan;
siklik va atsiklik sport turlari bo‘yicha sportchilarda zinasimon ortib boradigan yuklamalar bajarishida kislorod iste’moliga bog‘liq ravishda gaz almashinuvi va gemodinamik ko‘rsatkichlarning nomutanosib o‘zgarishi aniqlangan;
ilk bor siklik va atsiklik sport turlari vakillarida kislorod iste’molining ko‘payishi bilan bir vaqtda yurak qisqarishlari sonining (YuQS) proporsional ortishi ularda aerob imkoniyatlarning yuqori darajasini ta’minlashi asoslangan;
ilk bor bioimpedansometrik ko‘rsatkichlar bilan sportchilar yoshi, bo‘yi, vazni ko‘rsatkichlari va boshlang‘ich yurak qisqarishlar soni aerob modda almashinuvi o‘zgarishi va ishchanligiga uzviy bog‘liqligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Sportning siklik turlari bilan shug‘ullanuvchi sportchilar funksional-metabolik holatini baholash va ularning jismoniy ish qobilyatini oshirish yo‘llarini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Siklik va atsiklik sport turlari sportchilarining funksional holatini aniqlashda bioimpedansometrik ko‘rsatkichlarining roli» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Jismoniy tarbiya va sport vazirligining 2020 yil 14 iyuldagi 02-07-08-2000-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma sportchilarining funksional holatini aniqlashda bioimpedansometrik ko‘rsatkichlari o‘zgarishlarini erta aniqlashga, ularning o‘zaro bog‘liqligi asosida anaerob modda almashinuvini bashorat qilish va o‘z vaqtida sportchilarning jismoniy ish qobilyatini oshirishga xizmat qilgan;
sportchilar funksional-metabolik holatini baholash va ularning jismoniy ish qobilyatini oshirish yo‘llarini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar jismoniy tarbiya va sport tizimiga, jumladan, O‘zbekiston engil atletika va suzish federatsiyasi sport shifokorlari va murabbiylari amaliyotiga joriy etilgan (Jismoniy tarbiya va sport vazirligining 2020 yil 14 iyuldagi 02-07-08-2000-son ma’lumotnomasi). Joriy qilingan natijalar sportchilar jismoniy yuklamalarini to‘g‘ri tanlash, funksional-metabolik holatini baholash va ularning jismoniy ish qobilyatini oshirish hamda ularga yuqori sport ko‘rsatkichlariga erishishiga imkon yaratgan.