Qurbanov Sherzod Baxtiyorovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Frontal plug burchakkeskichi parametrlarini asoslash”, 05.07.01 – Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/T215.
Ilmiy  rahbar: Mamatov Farmon Murtozevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti, PhD.03/30.06.2020.T.111.02. 
Rasmiy opponentlar: Musurmonov Azzam Turdievich, texnika fanlari doktori, dotsent; Ergashev Ma’rufjon Muxammadjonovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: “BMKB-Agromash” AJ.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi egatsiz tekis shudgorlashda agrotexnika talablari darajasidagi texnologik jarayonni kam energiya sarflagan holda yuqori ish sifatini ta’minlaydigan frontal plugning burchakkeskichi parametrlarini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ko‘pburchakli shakldagi palaxsani ishonchli ag‘darilishini ta’minlaydigan egatsiz tekis shudgorlash texnologiyasi va uni amalga oshiradigan burchakkeskichli frontal plugning konstruksiyasi ishlab chiqilgan;
o‘z egati chegarasida aylanadigan palaxsaning ratsional shakli va palaxsani sifatli ag‘darilishini hisobga olib burchakkeskichni frontal plugda joylashish o‘rni asoslangan;
burchakkeskich va korpus orasidagi bo‘ylama masofa palaxsaning deformatsiyalanish zonasi burchakkeskichga etib bormaslik shartidan, burchakkeskichning balandligi esa uning ishlov berish chuqurligi va qamrash kengligini hisobga olgan holda aniqlangan;
daladan bir o‘tishda ochiq egat va marzalar hosil qilmasdan tuproqni ekishga tayyorlaydigan burchakkeskichli frontal plugning agrotexnik va energetik ko‘rsatkichlarini burchakkeskichning parametrlari va agregat harakat tezligiga bog‘liq ravishda o‘zgarish qonuniyatlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Frontal plugning burchakkeskichi parametrlarini asoslash bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlarda olingan ilmiy natijalar asosida:
burchakkeskichli frontal plugning konstruksiyasini loyihalash va ishlab chiqarish uchun dastlabki talablar va texnik topshiriq ishlab chiqilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 25 iyundagi 02/023-1878-son ma’lumotnomasi). Natijada, egatsiz tekis shudgorlaydigan burchakkeskichli frontal plug konstruksiyasini ishlab chiqish imkoni yaratilgan; 
daladan bir o‘tishda ochiq egat va marzalar hosil qilmasdan tuproqni ekishga tayyorlaydigan burchakkeskichli frontal plug Qashqadaryo viloyati Qarshi va Qamashi tumanlari fermer xo‘jaliklarida joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 25 iyundagi 02/023-1878-son ma’lumotnomasi). Natijada, dalalarni bug‘doy va takroriy ekinlar ekish uchun shudgorlashda yonilg‘i-moylash materiallari sarfi 1,18 martaga va foydalanishdagi xarajatlar 26,8 foizga kamayishiga erishilgan;
egatsiz tekis shudgorlaydigan burchakkeskichli frontal plugni ishlab chiqarishni o‘zlashtirish uchun loyiha-konstruktorlik hujjatlari va hisoblash usullari «BMKB-Agromash» AJ ga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 25 iyundagi 02/023-1878-son ma’lumotnomasi). Natijada, asoslangan parametrlarga ega egatsiz tekis shudgorlaydigan takomillashtirilgan frontal plugning sanoat nusxalarini ishlab chiqarish imkoni yaratilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish