Toxirov Muxammadrafiq Qodirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.  
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Optoelektron qurilmalarni yarimo‘tkazgichli optik-anizotropik materiallar asosida ishlab chiqish”, 01.04.10 – Yarimo‘tkazgichlar fizikasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/T1262.
Ilmiy rahbar: Kasimaxunova Anarxan Mamasadikovna, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona politexnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti qoshidagi Yarimo‘tkazgichlar fizikasi va mikroelektronika ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.03/30.12.2019.FM/T.01.12.
Rasmiy opponentlar: Raxmatov Axmad Zayniddinovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Aliev Rayimjon, texnika fanlari doktori, professor; 
Yetakchi tashkilot: Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi CuInTe2 va PbS, ZnS, CdS yarimo‘tkazgichli optik-anizotropik materiallar asosida optoelektron qurilmalarni ishlab chiqishdan  iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
notekis izovalent va bir jinsli bo‘lmagan taqsimlangan izovalent kirishmali, tarkibida oltingugurt bo‘lgan binar yarimo‘tkazgichli PbS, ZnS va CdS birikmalar asosida optik jihatdan anizotrop elementlarni olish texnologiyasi ishlab chiqilgan;
material hamda mis ditelluridi va indiyli tashkil etuvchilarni optimal nisbatini tanlash yo‘li bilan boshqariluvchi parametr va samaradorlikka ega bo‘lgan optik jihatdan anizotrop element hosil qilingan;
sun’iy optik jihatdan anizotrop tuzilmalarda klaster tipidagi ko‘p jinslilik mavjudligi hamda ular polimorfizm hususiyatiga ega bo‘lib, bu sohalarda kirishmalar segradatsiyasini namoyon qilishi aniqlangan;
optik jihatdan anizotropik elementlarda tarkib va tuzilish jihatdan bir jinslilik bo‘lmagan hususiyatlari uning yuza sohasida segradatsion tipdagi kirishmalarning notekis taqsimlanishi aniqlangan;
optik jihatdan anizotrop material komponentlarini bosqichma-bosqich o‘tkazish va vakuumli purkash yordamida qo‘shimcha kirishmalar kiritish imkonini beruvchi ikkita bug‘lantirgichdan iborat qurilma yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Klaster tipidagi yarimo‘tkazgichlarda generator turidagi optik jihatdan anizotrop elementni ishlab chiqish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
namunalar elektrostatik qurilmalar va asboblarning alohida tugunlarida quvvat manbasi sifatida “Elektroshok” OAJda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2020 yil 4 yanvardagi 2-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarni qo‘llash, energetik qurilmalarning alohida qismlarini avtonom quvvat manbai bilan ta’minlash va ularning xajmini kichraytirish imkonini bergan;
katta toklarni o‘lchovchi mikroelektron o‘lchash qurilmasi uchun xalqaro mualliflik guvohnomasi olingan (EVROPAN DEPOZITOY “INTEROCO”ning 2019 yil 8 avgustdagi  ES-01-002438-son mualliflik guvoxnomasi).  Natijada, katta toklarni o‘lchovchi mikroelektron o‘lchash qurilmasini yaratish imkonini bergan;
doimiy tokni kuchaytirishga mo‘ljallangan, rang bilan boshqariladigan, mikrokichik universal qurilma uchun xalqaro mualliflik guvohnomasi olingan (EVROPAN DEPOZITOY “INTEROCO”ning 2019 yil 9 oktyabrdagi ES-01-002505-son mualliflik guvoxnomasi). Natijada, doimiy tokni kuchaytirishga mo‘ljallangan, optoelektron qurilma yaratish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish