Sobirov Bekzodbek Ahmadjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mahalliy ashyolardan mashina detallari uchun geterokompozit polimer materiallari va qoplamalarini yaratish asoslari”, 05.02.01 – Mashinasozlikda materialshunoslik, quymachilik, metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/T725.
Ilmiy rahbar: Djumabaev Alijon Bakishevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.03/30.12.2019.T.03.04.
Rasmiy opponentlar: Abdullaev Fatxulla Sagdullaevich, texnika fanlari doktori, professor; Bekmurzaev Nurxon Xayitovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat transprot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mahalliy xomashyolar asosida geterokompozit polimer materiallardan paxtaga dastlabki ishlov berish texnologik jixozlari ekspluatatsion ishonchliligi va samaradorligini oshirish uchun polimer qoplamali va quyma detallarini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
transportyorlarning to‘g‘ri chiziqli qismlariga 1,0-1,5 mm qalinlikdagi geterokompozit polimer qoplamalari ishlab chiqilgan;
geterokompozit polimer materiallardan yasalgan qoziqchali detallar ishlab chiqilgan;
mahalliy xomashyo va ishlab chiqarish chiqindilaridan antifriksion va antifriksion-eyilishbardoshli kompozision termoreaktiv materiallar olishning samarali texnologiyasi ishlab chiqilgan;
geterokompozit polimer materiallari va polifunksional qoplamalarni qo‘llab paxtaning mexanik jarohatlanishini kamaytirish imkonini beradigan texnologiya taklif qilingan;
antifriksion-eyilishbardoshli geterokompozit polimer materiallarini bosim ostida quyish texnologik parametrlarining o‘zaro bog‘liqligi o‘zgarish qonuniyatlari asosida regression tenglamalari ishlab chiqilgan;
ko‘p faktorli kriterial prognozlash nazariy asoslarini taxlil etish asosida tola va chigitning mexanik jarohatlanishini son va sifat jihatidan baholashning mezoni ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Mahalliy ashyolardan mashina detallari uchun geterokompozit polimer materiallari va qoplamalarini yaratish asoslari tadqiqotlari bo‘yicha olingan natijalar asosida:
transportyorlarning to‘g‘ri chiziqli qismlariga 1,0-1,5 mm qalinlikdagi geterokompozit polimer qoplamalari «QORASUV PAXTA TOZALASH» AJ korxonasida joriy qilingan (O’ZPAXTASANOAT AJning 2020 yil 18 iyundagi 03-18/1851-son ma’lumotnomasi). Natijada, transportyorlarning ish samaradorligini 3-5% ga oshishini ta’minlagan;
geterokompozit polimer materiallardan yasalgan qoziqchali detallari «QORASUV PAXTA TOZALASH» AJ korxonasida joriy qilingan (O’ZPAXTASANOAT AJ ning 2020 yil 18 iyundagi 03-18/1851-son ma’lumotnomasi). Natijada, paxtaning mexanik jarohatlanishini 1,7-2,0 marta kamaytirish imkonini bergan;
mahalliy xomashyo va ishlab chiqarish chiqindilaridan antifriksion va antifriksion-eyilishbardoshli kompozision termoreaktiv materiallar olishning samarali texnologiyasi «QORASUV PAXTA TOZALASH» AJ korxonasida joriy qilingan (O’ZPAXTASANOAT AJning 2020 yil 18 iyundagi 03-18/1851-son ma’lumotnomasi). Natijada, texnologiyaning joriy etilishi texnologik jihozlarning ishlash muddatini 30-35% ga oshirgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish