Aliqulov Rustam Valievichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Colchicum va Merenderaning gomoproaporfin va gomoaporfin asoslarining sintezi, tuzilishi va modifikatsiyasi», 02.00.03 – Organik kimyo, 02.00.10 – Bioorganik kimyo (kimyo fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.DSc/K77.
Ilmiy maslahatchilar: Turaev Xayit Xudaynazarovich, kimyo fanlari doktori, professor; Boboev Baxrom Nurillaevich, kimyo fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2019.K.01.03 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Abdushukurov Anvar Kabirovich, kimyo fanlari doktori, professor; Abdullaev Shavkat Voxidovich, kimyo fanlari doktori, professor; Raxmanberdiev Gappor, kimyo fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Markaziy Osiyoda o‘sadigan Colchicum Luteum, Colchicum Kesselringii, Merendera robusta o‘simliklaridan gomoproaporfin va gomoaporfin asoslarini ajratib olish, ularning tuzilishini aniqlash, kolxamin hamda aminokolxaminning uchbog‘ tutgan hosilalarini sintez usullarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor tarkibida alkaloidlar bo‘lgan Colchicum turiga kiruvchi o‘simliklardan alkaloidlarni 3% li sirka kislota eritmasidan foydalanib ajratib olishning yangi usuli ishlab chiqilgan;
ilk bor Colchicum Luteum, Colchicum Kesselringii va Merendera robusta o‘simliklaridan 45 ta alkaloidlar ajratib olinib, ularning 11 tasi yangi asoslar ekanligi aniqlangan;
ajratib olingan yangi alkaloidlarning tuzilishi va konfiguratsiyasi kimyoviy hamda spektral usullar yordamida isbotlangan;
ajratib olingan yangi alkaloidlar regekolxin, 12-demetillutein, krokiamin, 12-demetilregekolin, 12-demetilregelinon, 12-demetilregelin, lutergin va luterginin asoslari gomoproaporfin guruhiga, merobustin, merobustinin va oksimetilat merenderin asoslari  gomoaporfin guruhiga tegishli ekanligi aniqlangan; 
ilk bor (Solchicum kesselringii) o‘simligidan fenantren alkaloidlarining gomoproaporfin analogi - krokiamin ajratib olingan;
ilk bor kolxamin va aminokolxaminning tarkibida uchbog‘ tutgan yangi 14 ta hosilalari sintez qilingan hamda ularning tuzilishi spektral usullar yordamida tasdiqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Colchicum va Merendera o‘simliklaridan alkaloidlarni ajratish, modifikatsiyalash, tuzilishini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
Colchicum va Merendera o‘simliklaridan alkaloidlarni ajratish, modifikatsiyalash, fizik-kimyoviy usullar yordamida ularning tuzilishini aniqlash natijasida olingan ma’lumotlardan yuqori impakt faktorli (IF) 4 ta xorijiy jurnallarda, mazkur sinfga mansub yangi birikmalarni sintez qilish, tuzilishini aniqlash va fizik-kimyoviy tahlil qilishda foydalanilgan (Chemistry of Natural Compounds, 2003, 39(2):212-214, ISI, Scopus, JCR IF=1,029; Tetrahedron, 2011, 67(3):569-575, ISI, Scopus, JCR IF=2,233; Current Topics in Medicinal Chemistry, 2014, 14(2):274-289, ISI, Scopus, JCR IF=3,108;). Natijada, benzol va tropolon halqalari bilan kondensirlangan gomoproaporfin va gomoaporfin qatoridagi alkaloidlarning maqsadli sintezini amalga oshirish imkonini bergan;
Colchicum va Merendera o‘simliklaridan ajratib olingan kolxamin alkaloidi asosida sintez qilingan metakril kislotaning 4-(kolxamino-N-butin-2-il) efiri OT-A-10-2 raqamli «Ayrim alkaloidlar asosida teri saratoniga qarshi dori-darmonlar yaratish va ishlab chiqarish» mavzusidagi loyihada yangi teri saratoniga qarshi dorilar yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 6 fevraldagi 89-03-527-son ma’lumotnomasi). Natijada, sintez qilingan alkaloidlar hosilalari va suvda eruvchan atsetilsellyuloza asosida teri rakiga qarshi dori vositasi ishlab chiqish imkonini bergan;
Markaziy Osiyoda o‘sadigan lolaguldoshlar oilasiga kiruvchi sariq savrinjon (Colchicum luteum baker) o‘simligi tarkibidagi alkaloidlarni ajratib olish usuli “NOVA PHARM” MChJ O‘zbekiston-Hindiston qo‘shma korxonasida amaliyotga joriy etilgan (“NOVA PHARM” MChJ shaklidagi O‘zbekiston-Hindiston qo‘shma korxonasining 2020 yil 20 iyuldagi 056-son ma’lumotnomasi). Natijada, Markaziy Osiyoda o‘sadigan lolaguldoshlar oilasiga kiruvchi sariq savrinjon (Colchicum luteum baker) o‘simligi alkaloidlari yig‘indisini ajratish va ularni asoslash imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish