Jo‘raev Mexroj Nurillaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qoratepa-Choqilkalon tog‘-konchilik rayonidagi apometaterrigen va apogranit vol`fram ma’danlashuvining vujudga kelish shart-sharoitlari», 04.00.02 – Qattiq foydali qazilma konlarining geologiyasi, ularni qidirish va razvedka qilish. Metallogeniya va geokimyo (geologiya-mineralogiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.PhD/GM43.
Ilmiy rahbar: Akbarov Xabibulla Asatovich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori, professor, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Mineral resurslar instituti DK, DSc.24/30.12.2019.GM.40.01.
Rasmiy opponentlar: Turapov Mirali Kamalovich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori, professor; Shukurov Nosir Egamovich, geologiya-mineralogiya fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Qoratepa-Choqilkalon kon-ma’danli rayoni-dagi noskarnli apometaterrigen va apogranit vol`fram ma’danlashuvini turlarga ajratilishini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor noskarnli vol`fram ma’danlashuvi (apometaterrigen va apogranitoidli turlari) uchun ma’danli moddaning potensial manbaaga ega bo‘lganligi va ma’danlashuvning aniq magmatik komplekslar bilan aloqasi aniqlangan;
apometaterrigenli ma’danlashuvi uchun olistostromli qalin qatlam hosil bo‘lishini belgilovchi yuqori granulometrik dispersiyaga ega, ma’dan qamrovchi muxitning yuqori g‘ovakligini ta’minlovchi regional urunmali (trogosimon) strukturasi bilan aloqasi aniqlangan;
apogranitoidli ma’danlashuv uchun magmatik komplekslarning granitoidlar-lamprofirlar-ishqorli bazal`toidlar qatorining uzlusiz mineralogik – aksessorli va geokimyoviy ixtisoslashuvi aniqlangan;
noskarnli vol`fram ma’danlashuvini baholashning (apometaterrigen va apogranitodli turlari) geologik-strukturaviy, magmatik va mineralogik - geokimyoviy izlash-bashoratlash me’zonlari ishlab chiqilgan;
Qoratepa-Choqilkalon kon-ma’danli rayoni uchun noskarnli vol`fram ma’danlashuvining (apometaterrigen va apogranitodli turlari) istiqbollari asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Qoratepa-Choqilkalon tog‘-konchilik rayonidagi apometaterrigen va apogranit vol`fram ma’danlashuvining vujudga kelish shart-sharoitlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Qoratepa-Choqilkalon tog‘-konchilik rayonidagi noskarnli vol`fram ma’danlashuvli apometaterrigen va apogranit turlari bo‘yicha qidirish-bashoratlash komplekslari «Xisorgeologiya» DUKsi Qashqadaryo GQE guruh-lari qidiruv ishlarida joriy etilgan (Davlat geologiya qo‘mitasining 2020 yil 19 maydagi 02/03-son ma’lumotnomasi). Natijada, Choqilkalon megabloki uchun kollizion granitoidlar tasmasida rivojlangan apogranitoid vol`-fram ma’danlashuvini aniqlash, istiqbolli lokal uchastkalarni bashorat qilish va Qoratepa megabloki uchun olistostrom qatlamlarda jaylashgan, apometaterrigen vol`fram ma’danlarini tutib turuvchi, minerallashgan zonalarni aniqlash, maydonlarni bashorat qilish imkonini bergan;
Qoratepa-Choqilkalon tog‘-konchilik rayoni Qoratepa megablokidagi apometaterrigen turidagi vol`fram ma’danlashuvi uchun ishlab chiqilgan qidirish-bashorat qilish kompleksi «Xisorgeologiya» DUK Qoratepa sektori guruhlari qidiruv ishlarida joriy etilgan (Davlat geologiya qo‘mitasining 2020 yil 19 maydagi 02/03-son ma’lumotnomasi). Natijada, Qoratepa ma’danli maydoni markaziy qismidagi Sariko‘l intruziv granitoidlari shimoliy ekzokontakti zonasi va sheelit-sul`fidli mineral tarkibli, polikomponentli metasomatitlar bilan to‘yingan, 14 km. x 0,5 km. uzunlikdagi Sariko‘l ma’danli strukturasining ma’lum maydonlarida qidirish va baholash ishlarini qo‘yish imkonini bergan;
Qoratepa-Choqilkalon tog‘-konchilik rayoni Choqilkalon megablokidagi apogranit turidagi vol`fram ma’danlashuvi uchun ishlab chiqilgan qidirish-bashorat qilish kompleksi «Xisorgeologiya» DUK Choqilkalon sektori guruhlari qidiruv ishlarida joriy etilgan (Davlat geologiya qo‘mitasi-ning 2020 yil 19 maydagi 02/03-son ma’lumotnomasi). Natijada, yaxton kompleksi granitoidlarida shakllangan, Yaxton koni chuqur gorizontlaridagi minerallashgan zonalarda hamda Choqilkalon megabloki markaziy qismidagi Kamangaron av Xodjadik maydonlari granitoidlari-dagi vol`fram ma’danlarini sanoatbopligini aniqlash imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish