Safarov Jasur Esirgapovichning

doktorlik dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Topinambur tuganagi va na’matak mevasi tarkibidagi biofaol moddalarni saqlagan holda qayta ishlash texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.16–Kimyo texnologiyasi va oziq-ovqat ishlab chiqarish jarayonlari va apparatlari (texnika fanlari).

Talabgorning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishga layoqati bo‘yicha test sinovidan o‘tgani haqida ma’lumot: /texnika fanlari nomzodi/.

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 30.09.2014/B2014.5.T322.

Ilmiy maslahatchi: Norqulova Karima To‘xtabaevna, texnika fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, 14.07.2016.T.08.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.

Rasmiy opponentlar: Yusupbekov Nodirbek Rustambekovich, texnika fanlari doktori, professor, O‘zR Fanlar akademiyasi akademigi; Qurbonov Jamshid Majidovich, texnika fanlari doktori, professor; Barakaev Nusratilla Radjabovich, texnika fanlari doktori.

Yetakchi tashkilot: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: vakuumda infraqizil nur yordamida quritish qurilmasida topinambur tuganagi va na’matak mevasini qayta ishlash texnologiyasini takomillashtirish hamda qurilmaning energotexnologik samaradorligini oshirish va biologik faol moddalarni saqlashdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

IQ-qizdirish orqali vakuumda-quritish qurilmasida topinambur tuganagi va na’matak mevalarini qurish jarayonining kinetikasi aniqlangan;

kapillyar g‘ovak materialda namlikning harakatlanish modeli va quritish jarayonini boshqarish orqali mahsulotda mikroelementlarni taqsimlanishi natijasida yuqori sifatli mahsulot olish asoslangan;

IQ-qizdirish orqali past vakuum sharoitida materialning ichki qatlamlarida issiqlik va namlikni uzatilishi hamda quritish jarayonida diskret rejim uchun issiqlikning nochiziqli tarqalishini o‘ziga xos afzalliklari aniqlangan;

sorbsiya va desorbsiya izotermasini qayta ishlash usullari orqali tahliliy solishtirilgan va ortogonal regressiya usuli Posnov tenglamasi ko‘rinishida asoslangan;

tarkibida qand moddalari bo‘lgan mahsulotlardan kukun olish uchun sovutish sistemasiga ega bo‘lgan maydalagich konstruksiyasi ishlab chiqilgan;

topinambur tuganagi va na’matak mevasi tarkibidagi biologik faol moddalarni saqlagan holda vakuumda IQ-qizdirish orqali quritish jarayoni uchun optimal bosim va harorat aniqlangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:

Quritish usulini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

tuganakli mahsulotlarni quritish usuliga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiro patenti (23.07.2014 y. №IAP 04936) olingan. Ilmiy tadqiqot natijasi quritish orqali xomashyo tarkibidagi biofaol moddalari saqlangan mahsulot olish imkonini berdi;

topinambur tuganagi va na’matak mevasi tarkibidagi biofaol moddalarni saqlagan holda qayta ishlash texnologiyasi «O‘zfarmsanoat» davlat aksiyadorlik konserni hamda Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tizimlariga kiruvchi korxonalarda joriy etilgan («O‘zfarmsanoat» davlat aksiyadorlik konsernining 2015 yil 30 noyabrdagi MD-06/1868-son hamda Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2015 yil 10 sentyabrdagi 06/14-893-son ma’lumotnomalari). Vakuumda infraqizil nur yordamida  quritish texnologiyasini qo‘llash natijasida ishlab chiqarish quvvatini 20%gacha oshirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish