Ibragimov Aziz Sabirovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonning g‘arbiy hududlaridagi oltin tarkibli namakoblarning genezisi», 04.00.04 – Gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi (geologiya-mineralogiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.DSc/GM33.
Ilmiy maslahatchi: Bakiev Saidnasim Alimovich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Gidrogeologiya va injnerlik geologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi instituti, DSc.24/30.12.2019.GM.96.01.
Rasmiy opponentlar: Irgashev Yuldashbay, geologiya-mineralogiya fanlari doktori, professor; Ismailov Vaxitxan Alixanovich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori; Soy Vladimir Den`evich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Geologiya va geofizika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: G‘arbiy O‘zbekistonning yura davri yotqiziqlarida tabiiy-geologik sharoitlarining xloridli namakoblarda oltin birikmalari hosil bo‘lishi va tarqalishidagi rolini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor BQAH yuqori yura yotqiziqlaridagi er osti xlorid namakoblarida konsentratsiyasi sanoat ahamiyatiga ega bo‘lgan oltinning to‘planishiga ta’sir etuvchi, asosiy (geologik-tuzilmaviy, gidrogeologik, geotermik va geokimyoviy) omillar aniqlangan;
xloridli namakoblar tarqalgan qatlamlarning geoximik sharoitlariga, oksidlanish-qaytarilish potensiali yuqori bo‘lgan (Eh) xlor, yod, brom, kislorod va sianidlar katta ta’sir ko‘rsatishi natijasida, namakobli jinslardan oltinni ishqorlanishiga va suv tarkibiga o‘tishga asosiy sababchi ekanligi aniqlangan;
ilk bor yura qatlamlarida tarqalgan oltin tarkibli namakoblaridan oltin va boshqa mikroelementlarni ajratib olish bo‘yicha geotexnologik tajriba ishlar kompleksini rejalashtirish uchun qayta ishlash istiqbollari asoslangan;
geologik-tuzilmaviy, gidrogeologik, geotermik va geokimyoviy sharoitlarini va ko‘p yillik er osti suvlarini kimyoviy tarkibini tahlil qilish asosida, BQAH xloridli suvlaridagi oltin zahiralariga istiqboli yuqori va sanoat ahamiyatiga ega bo‘lgan hududlar aniqlangan;
hozirgi vaqtda atrof-muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi kislotali usullar o‘rniga ekologik toza yod-yodid eritmalari yordamida qaysar rudalardan oltin olish uchun geotexnologiyada yangi yo‘nalish asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekistonning g‘arbiy hududlaridagi oltin tarkibli namakoblarning genezisi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
sanoat talabidagi oltin tarkibli suvlarni shakllantirish va tarqatish sharoitlari G‘arbiy O‘zbekiston ekspedisiyasi va "Buxoro-Yod" MChJda amaliyotga joriy qilingan (Davlat geologiya qo‘mitasining 2020 yil 10 iyundagi 04/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, regionning Umid, Kruk, Shimoliy O‘rtabuloq, To‘raqul, Qumli, Somontepa, Kruk, Dehqonobod, Yangi Qoratepa, Sharqiy Qoratepa, G‘arbiy Tegerman, Alan, Shimoliy G‘uzor, Feruza, Sharkiy Darbaza konlarida sanoat suvlarini o‘rganishda majmuaviy geologik-qidiruv ishlarini olib borish imkonini bergan;
BQAH yuqori yura yotqiziqlarining er osti xlorid namakoblarida oltin to‘plashning asosiy omillari G‘arbiy O‘zbekiston ekspedisiyasida amaliyotga joriy qilingan (Davlat geologiya qo‘mitasining 2020 yil 10 iyundagi 04/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, gidromineral xomashyoni aniqlash ishlarini rejalashtirish uchun asos bo‘lib xizmat qilgan;
BQAH oltin tarkibli sanoat suvlari tarqalishining eng istiqbolli maydonlari G‘arbiy O‘zbekiston ekspedisiyasida amaliyotga joriy qilingan (Davlat geologiya qo‘mitasining 2020 yil 10 iyundagi 04/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, xlorid suvlaridagi oltin zahiralarini baholash bo‘yicha maxsus geologik-qidiruv ishlarni qo‘yish uchun asos bo‘lib xizmat qilgan;
BQAH eng istiqbolli maydonlari bilan ajratilgan oltin tarkibli namakoblarni tarqalish xaritasi “O‘zbekgidrogeologiya” DUKda amaliyotga joriy qilingan (Davlat geologiya qo‘mitasining 2020 yil 10 iyundagi 04/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, O‘zbekiston Respublikasi sanoat suvlari atlasini yaratish imkonini bergan.