Tairov Sanjar Oktamovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Inson kapitalini shakllantirish va uning O‘zbekiston mehnat bozorini takomillashtirishdagi roli», 08.00.10 – Demografiya. Mehnat iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/lqt266.
Ilmiy rahbar:  Zokirova Nodira Kalandarovna,  iqtisodiyot fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent shahridagi filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent shahridagi filiali, DSc.22/30.12.2019.I.100.01.
Rasmiy opponentlar: Mamadalieva Xafizaxon Xoldarovna, iqtisodiyot fanlari doktori; Alijonov O‘tkirjon Maxamadalievich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD). 
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi raqamli iqtisodiyot va inson kapitalini rivojlantirish sharoitida milliy mehnat bozorining tartibga solinishini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
«inson kapitali» va «mehnat bozori» iqtisodiy tushunchalari ta’rifi milliy iqtisodiy taraqqiyot talablari hamda raqobatbardosh texnologiyalardan mintaqaviy va ko‘p tarmoqli jamoaviy foydalanishni e’tiborga olgan holda takomillashtirilgan; 
innovatsion iqtisodiyot va raqamli texnologiyalarni rivojlantirish sharoitida inson kapitalini hisobga olgan holda tartibga soluvchi iqtisodiy mexanizmlar kasbga o‘qitishning o‘quv-metodik ta’minotini yangilash, olis tumanlarni mutaxassislar bilan ta’minlash, tahsil oluvchi va ish beruvchi hamkorligini rivojlantirishni rag‘batlantirish asosida takomillashtirilgan;
inson kapitalini rivojlantirishda oliy ta’lim tizimida ilm-fanni «oliy ta’lim-mintaqa-ehtiyoj» asosida modernizatsiyalash va sohada innovatsion faoliyatni maqsadli loyihalarni maqsadli ikki yoqlama shakllantirish asosida faollashtirish lozimligi asoslangan;
milliy iqtisodiyotni rivojlantirishning muhim omili sifatida inson kapitalini rivojlantirishning 2030 yilgacha prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 
inson kapitalini shakllantirish va uning O‘zbekiston mehnat bozorini takomillashtirishdagi roli bo‘yicha ishlab chiqilgan xulosa, taklif va tavsiyalar asosida:
milliy iqtisodiy taraqqiyot talablari hamda raqobatbardosh texnologiyalardan mintaqaviy va ko‘p tarmoqli jamoaviy foydalanishni e’tiborga olgan holda «inson kapitali» va «mehnat bozori» iqtisodiy tushunchalarini takomillashtirish bo‘yicha takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan istiqbolli texnologiyalardan jamoaviy foydalanishning mintaqaviy, ko‘p tarmoqli va fanlararo markazlarini tashkil etishni asoslashda foydalanilgan (Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2020 yil 18 martdagi 01/00-04/07-2762-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni amaliyotga tadbiq etish natijasida istiqbolli va raqobatbardosh texnologiyalardan jamoaviy foydalanishning mintaqaviy, ko‘p tarmoqli va fanlararo markazlarni tashkil etishga ko‘maklashilgan;
inson kapitalini rivojlantirishni tartibga soluvchi iqtisodiy mexanizmni takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan innovatsion iqtisodiyot va raqamli texnologiyalar sharoitida ta’lim sifatini oshirish, ish beruvchilar bilan munosabatlarni takomillashtirish hamda startap va malaka oshirish markazlari rivojlanishi bo‘yicha tahliliy ma’lumotnomani tayyorlashda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 17 fevraldagi 89-03-654-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflarning amaliyotga joriy etilishi ta’lim sifatini kasbga o‘qitishning o‘quv-metodik ta’minotini yangilash, professor-o‘qituvchilar sifat tarkibini mustahkamlash, tumanlarni tegishli mutaxassislar bilan ta’minlash, malaka talablarini takomillashtirish, texnologik yo‘nalishlar bo‘yicha startaplar va malaka oshirish markazlarining rivojlanishiga xizmat qilgan;
inson kapitalini rivojlantirishda oliy ta’lim tizimida ilm-fanni modernizatsiyalash va sohada innovatsion faoliyatni maqsadli shakllantirish bo‘yicha takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan oliy ta’lim tizimida innovatsion sharoitda ilm-fanni rivojlantirish bo‘yicha tahliliy ma’lumotnomani tayyorlashda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 17 fevraldagi 89-03-654-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflarning amaliyotda qo‘llanilishi universitet ilm-fanini modernizatsiyalash vazifalarini samarali hal qilishi va oliy o‘quv yurtlarining innovatsion faoliyatini faollashtirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga ko‘maklashgan;  
inson kapitalini 2030 yilgacha rivojlantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlaridan O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan uzoq muddatli davrda mehnat bozorini ta’lim tizimidagi sifat o‘zgarishlarini e’tiborga olgan holda rivojlantirish bo‘yicha tahliliy ma’lumotnomani tayyorlashda foydalanilgan (Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2020 yil 18 martdagi 01/00-04/07-2762-son ma’lumotnomasi). Ushbu prognoz ko‘rsatkichlari ta’lim xizmatlari sohasini rivojlantirish asosida mehnat bozorini samarali rivojlantirish prognoz parametrlarini asoslashga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish