Abdullaeva Muborak Bekqulovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ishemik insul`tlarning rivojlanishida tranzitor ishemik atakalarning prognostik ahamiyati», 14.00.13 – Nevrologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/Tib641.
Ilmiy rahbar: Madjidova Yoqutxon Nabievna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, PhD.04/13.05.2020.Tib.93.02.
Rasmiy opponentlar: Abbasova Gavhar Begalievna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Azizova Ra’no Baxadirovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Ul`yanovsk davlat universiteti (Rossiya Federatsiyasi). 
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ishemik insul`tlarning rivojlanishida tranzitor ishemik atakalarning prognostik ahamiyatini baholashda birlamchi kasallikning oldini olish chora-tadbirlari samaradorligini  takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
qon tomirlarning komorbidli alomatlari, ateroskleroz, nazoratsiz arterial gipertoniya, qandli diabet kabi tranzitor ishemik xurujlarni og‘irlashtiruvchi omillari, organik simtomatikasini saqlagan holda zararlangan qon tomir sohasini tasdiqlovchi klinik tranzitor ishemik xurujlarning bir soatdan kunlik davomiylilik xususiyatlari ochib berilgan; 
tranzitor ishemik xurujlardan keyin rivojlangan ishemik insul`t bilan xastalangan bemorlarda bosh miya gemodinamikasining buzilishi natijasida rivojlanadigan o‘choqli belgilar insul`tning rivojlanish tahlikasida miyaning vazomtor qarshilik xususiyatlariga bog‘liqligi isbotlangan;
tranzitor ishemik xurujlarning klinik kechishi, tranzitor ishemik xurujlardan keyingi ishemik insul`tlar rivojlanishida bir oylik tranzitor ishemik xurujlar nisbatan olti oydan keyingi xurujlarda qondagi nitrat oksid ko‘rsatkichlarining korrelyasion bog‘liqligi isbotlangan;
ishemik insul`tning oldini olishda qon tomirlarning komorbidli alomatlari, ateroskleroz, nazoratsiz arterial gipertoniya, qandli diabet kabi tranzitor ishemik xurujlarni og‘irlashtiruvchi omillarini birlamchi profilaktik davosini xurujdan keyingi birinchi olti oyligida amalga oshirishning samarali terapevtik chora-tadbirlar tizimi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ishemik insul`tlarning rivojlanishida tranzitor ishemik atakalarning prognostik ahamiyatini asoslash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Tranzitor ishemik xurujlarning bashoratlash masalalarining klinik-nevrologik xususiyatlari» uslubiy tavsiyanomasi ishlab chiqilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 7 oktyabrdagi 8n-d/206-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma ishemik insul`tlarning rivojlanishida tranzitor ishemik xurujlarning prognostik ahamiyatini nevrologiyada ishemik insul`t rivojlanishini tashxislash algoritmini ishlab chiqish va kasallik rivojlanishining erta oldini olish imkonini bergan;
«Tranzitor ishemik atakalarning ishemik insul`tlarning rivojlanishdagi prognostik ahamiyati» uslubiy tavsiyanomasi ishlab chiqilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 13 iyuldagi 8n-z/82-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma ishemik insul`t kelib chiqishi, xurujlarning davomiyligi va tarqalishi darajasini  baholash imkonini bergan;
ishemik insul`tlarning rivojlanishida tranzitor ishemik atakalarning prognostik ahamiyatini asoslash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasining reablitologiya bo‘limi hamda Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reablitatsiya ilmiy-amaliy markazi va Toshkent shahar 5-son klinik shifoxonasi klinik amaliyotiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 13 iyuldagi 8n-z/82-son ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalarning amaliyotga joriy qilinishi qon tomirlardagi komorbid omillar, ateroskleroz, gipertoniya, qandli diabet va yurakning ishemik kasalliklar rivojlanishi azot oksidi miqdori oshishiga, endotelial disfunksiyaning rivojlanishiga hissa qo‘shishiga va TIA xurujlarining soni va davomiyligiga bog‘liq kognitiv buzilishlarning oldini olish samaradorligini oshirishga imkon bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish