Eshankulov Hamza Ilhomovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Uzluksiz ishlab chiqarish bosqichlarining  axborot monitoringi va qaror qabul qilish  algoritmlari  hamda dasturiy majmuasi (yog‘-moy korxonalari misolida)», 05.01.04 – Hisoblash mashinalari, majmualari va kompyuter tarmoqlarining matematik va dasturiy ta’minoti  (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/T1105.
Ilmiy rahbar: Mo‘minov Bahodir Boltaevich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, DSc.13/30.12.2019.T.07.01.
Rasmiy opponentlar: Babomuradov Ozod Jo‘raevich, texnika fanlari doktori, dotsent; 
Xundibaev Abduraxman Malikovich, texnika fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi konveyr shakldagi uzluksiz ishlab chiqarish bosqichlarining axborot monitoringi va qaror qabul qilish algoritmlari hamda mijoz-server arxitektura asosida dasturiy majmuani ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Petri to‘ri matematik ta’minoti  asosida konveyer shakldagi uzluksiz ishlab chiqarish bosqichlarining axborot monitoring matematik modeli va algoritmi ishlab chiqilgan;
freym matematik ta’minoti asosida konveyer shakldagi  uzluksiz ishlab chiqarish bosqichlarida qaror qabul qilish uchun bilimlarni tasvirlash algoritmi ishlab chiqilgan;
ontologik yondashuv orqali axborot monitoring apparat-dasturiy modullari va qaror qabul qilishda ma’lumotlarning integratsiyalash algoritmi ishlab chiqilgan;
freym bilimlarni tasvirlash modeli va ob’ektlarning o‘zaro munosobati asosida uzluksiz ishlab chiqarish bosqichlarining bilimlar bazasini boshqarish va qaror qabul qilish algoritmi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Uzluksiz ishlab chiqarish bosqichlarining axborot monitoring, qaror qabul qilish va dasturiy modullarni integratsiyalash algoritmlariga asoslangan «Asumoy» dasturiy majmuasi negizida: 
uzluksiz ishlab chiqarish bosqichlarining Petri to‘ri asosidagi axborot monitoring algoritmi va dasturiy majmuaning IDEF0 modeli asosida ishlab chiqilgan elektron tarozidan ma’lumotlarni o‘qish, ma’lumotlarni kiritish, axborot monitoring dasturiy modullari «Asaka yog‘» AJda joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Yog‘-moy sanoati korxonalari uyushmasining 2020 yil 6 iyuldagi 03/3-753-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida moyli urug‘ni qabul qilishni 1.5 martaga oshirish, maxsulotlar ro‘yxatini shakllantirishni 40 foizga oshirish imkonini bergan; 
qaror qabul qilish uchun bilimlar bazasini boshqarishning freym modeli asosidagi algoritmi va dasturiy modullarning ontologik yondashuv orqali integratsiyalash algoritmi asosida ishlab chiqilgan axborot monitoring va qaror qabul qilish dasturiy modullari  «Evrosnar» MChJda joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Yog‘-moy sanoati korxonalari uyushmasining 2020 yil 6 iyuldagi 03/3-753-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida ishlab chiqarish jarayonini  7 foizga oshirish imkonini bergan;
mijoz-server arxitekturasiga asoslangan va dasturiy modullari integratsiyalashgan dasturiy majmua  «Kogon yog‘ ekstraksiya zavodi» AJda joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Yog‘-moy sanoati korxonalari uyushmasining 2020 yil 6 iyuldagi 03/3-753-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida ishlab chiqarish bosqichlarining axborot monitoring qilish vaqtini 2 martaga qisqartirish, qaror qabul qilish tezligini 1,5 martaga oshirish hamda hisobotlarni shakllantirish vaqtini 2 martaga qisqartirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish