Ahmedova Nodira Muxtorjonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Integrativ yondashuv asosida bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy tayyorgarligini takomillashtirish”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogika ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Ped1868. 
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Barno Sayfutdinovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti
IK  faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSs.03/30.01.2020.Ped.26.01
Rasmiy opponentlar: Axmedova Laylo Tolibjonovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Nurmanov Abdunazar Tashbaevich, pedagogika  fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat  universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi  bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy tayyorgarligini integrativ yondashuv asosida takomillashtirish bo‘yicha ilmiy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy tayyorgarligi mazmunining tarkibiy qismi bo‘lgan kommunikativ va metodik kompetensiyalar komponentlarini (maqsadli, motivatsiyali, mazmunli-insturmental va refleksiv baholash) kasbiy tayyorgarlik omillari (ta’limiy ehtiyoj, integrativ yondashuv, ta’limda amaliy qo‘llash)ni aniqlash natijasida nutq kompetensiyasini shakllantirishga asoslangan innovatsion yondashuvlar rivojlantirilgan;
amaliy mashg‘ulotlar samardorligini ta’minlash texnologiyalari (jigsaw, pops formula, TRIZ, pod casting)ning pedagogik imkoniyatlari nutq ko‘nikmalari (gapirish, o‘qish, yozuv va tinglab tushunish) hamda kasbiy kompetensiyalar tizimi integratsiyasini diagnostik loyihalash va modulli ta’limga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak chet tili o‘qituvchilarning pedagogik tayyorgarlik faoliyati (o‘qituvchilik, metodistlik, tarbiyachilik va tadqiqotchilik) funksiyalari kasbiy til faolligi darajasini baholashning motivatsion, kognitiv va kasbiy mezonlarini komplekslash, o‘zini-o‘zi korreksiyalash va hissiyotli-qadrli munosabatlari mutaxassislikka mos, kasbga yo‘naltirishga asoslangan tizimlashtirilgan va dasturlashtirilgan axborot ta’minoti   takomillashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning chet tilini S1 darajasida o‘zlashtirish modeli kasbiy tayyorgarlikni rivojlantirishning tilshunoslik, ijtimoiy-madaniy va pragmatik tarkibiy qismlarini ta’limga an’anaviy va integrativ yondashuvlar bo‘yicha talabalarning qiziqishlari va ijtimoiy-kommunikativ, o‘quv faoliyati hamda o‘z-o‘zini rivojlantirish motivlariga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.  
Bo‘lajak o‘qituvchilarda kasbiy tayyorgarlikni integrativ yondashuv asosida takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy tayyorgarligi mazmunining tarkibiy qismi bo‘lgan kommunikativ va metodik kompetensiyalar komponentlarini (maqsadli, motivatsiyali, mazmunli-insturmental va refleksiv baholash) kasbiy tayyorgarlik omillari (ta’limiy ehtiyoj, intngrativ yondashuv, ta’limda amaliy qo‘llash)ni aniqlash natijasida nutq kompetensiyasini shakllantirishga oid takliflardan 2018 yil 3-maydagi 05/2352-son bilan tasdiqlangan  bakalavriatning xorijiy til va adabiyoti (tillar bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishi Davlat ta’lim standartlari va malaka talablarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 4 oktyabrdagi 892-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarning ijtimoiy kommunikativ va erkin muloqotga kirishish jarayonining o‘sishiga erishilgan;
amaliy mashg‘ulotlar samardorligini ta’minlash texnologiyalari (jigsaw, pops formula, TRIZ, pod casting)ning pedagogik imkoniyatlari nutq ko‘nikmalari (gapirish, o‘qish, yozuv va tinglab tushunish) hamda kasbiy kompetensiyalar tizimi integratsiyasini diagnostik loyihalashga oid tavsiyalar A.1-197 raqamli “Ingliz va nemis tillarini o‘rganish bo‘yicha o‘quv-uslubiy modullardan (O‘UM) foydalanish va ularni takomillashtirishning nazariy va amaliy asoslari” nomli grant doirasida belgilanan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 4 oktyabrdagi 892-son ma’lumuotnomasi). Natijada, til o‘rganish istagida bo‘lgan bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining nutq ko‘nikmalari integratsiyasi asosida kasbiy tayyorgarligi o‘sishiga xizmat qilgan; 
bo‘lajak chet tili o‘qituvchilarning pedagogik tayyorgarlik faoliyati (o‘qituvchilik, metodistlik, tarbiyachilik va tadqiqotchilik) funksiyalari hamda bo‘lajak o‘qituvchilarning chet tilini S1 darajasida o‘zlashtirish modelini takomillashtirishga oid tavsiyalar “English lexicology” darsligi mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2020 yil 4 maydagi 285-sonli buyrug‘i,  285-108 raqamli guvohnomasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 6 iyundagi 89-03-2209-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarning kasbiy tayyorgarlik darajasini baholashning motivatsion, kognitiv va kasbiy faoliyat mezonlari didaktik tamoyillar asosida takomillashtirilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish