Maxmudov Muxtor Jamolovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «SFM va qo‘ndirmalarni qo‘llab benzinlarni detonatsion barqarorligini oshirishning kolloid-kimyoviy xususiyatlari», 02.00.11 – Kolloid va membrana kimyosi, 02.00.08 – Neft` va gaz kimyosi va texnologiyasi (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.DSc/K89.
Ilmiy maslahatchilar: Axmedov Ulug‘ Karimovich, kimyo fanlari doktori, professor; [Narmetova Gul`nora Rozikulovna], kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti huzuridagi DSc.02/30.12.2019.K/T.35.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Akbarov Xamdam Ikramovich, kimyo fanlari doktori, professor; Eshmetov Izzat Dusimbatovich, texnika fanlari doktori, professor; Do‘stov Hamro Bozorovich, kimyo fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kislorodli qo‘ndirmalar va SFM asosida mahalliy past oktanli avtomobil` benzinlarini detonatsion barqarorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
benzinni benzol saqlagan fraksiyalarini gidroizomerizatsiyalash jarayoni uchun alyumonikel`-vol`fram-ftor, alyumonikel`-vol`fram-mis-ftor, alyumonikel-molibden-ftor va alyumonikel-vol`fram-kobalt-ftor turdagi katalitik faol metallari mayda dispersion holatdagi katalizatorlar sintez qilingan va gidroizomerizatsiya jarayonlarida boruvchi izomerizatsiya reaksiyalari samaradorligi katalizatorlarning kislotalilik darajasi bilan bog‘liqligi aniqlangan;
izopropanol spirti, etil spirti, metil-tret-butil efiri, monometilanilin, atseton, annizol, butilkarbitol kabi kislorodli qo‘ndirmalarning benzin fraksiyalari antidetonatsion xossalariga ta’siri isbotlangan;
kislorodli birikmalar va sirt-faol moddalar (neonollar) asosida EMB, MMB va IMB turdagi yangi qo‘ndirmalar kompozisiyasi olingan va ularning benzin fraksiyalarining oktan soniga, fazaviy barqarorligi, induksion davr kabi xossalariga ta’siri aniqlangan;
NaX 3Å turdagi sintetik seolit yordamida etanolni suyuq fazada absolyutlash usuli ishlab chiqilgan va ushbu usulda absolyutlash orqali tarkibida 1,95 % mass.gacha suv saqlagan etil spirti olish mumkinligi isbotlangan;
spirt-benzin kompozisiyalari xiralanish haroratiga SFMlarning ta’siri hamda benzin-spirt kompozisiyasi tarkibida 0,2% SFMlar qo‘shilishi natijasida, uning xiralanish harorati -15°S dan -32°S gacha tushishi aniqlangan;
gidroizomerizat, og‘ir benzin fraksiyalari, qo‘ndirma kompozatsiyalari va SFMlar asosida olingan benzin kompozisiyasida oktan soni 15,8 punktgacha oshdi va ushbu avtomobil benzini tarkibida benzol miqdori esa 0,32% ob. gacha kamaygani gaz-suyuqlik xromatografida olingan xromatogrammalar bilan isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
SFM va qo‘ndirmalarni qo‘llab benzinlarni detonatsion barqarorligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
gidroizomerizat, og‘ir benzin fraksiyasi, EMB qo‘ndirmasi va AF.9-6 neonolini kompaundlab, yuqori sifatli avtomobil` benzinlari olish usuli «Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi» MChJning «amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan («O‘zbekneftegaz» AJning 2020 yil 28 avgustdagi 02/17-5/26-485-son ma’lumotnomasi). Natijada, mahalliy past oktanli benzinlari asosida yuqori antidetonatsion barqarorlikka ega bo‘lgan avtomobil` benzinlari ishlab chiqarish imkonini bergan;
benzinni benzol saqlagan fraksiyasini gidroizomerizatsiyalab olingan katalizat, og‘ir benzin fraksiyalari, EMB antidetonatsion qo‘ndirmasi va SFMlarni kompaundlab, modifikatsiyalangan, yuqori oktanli avtomobil benzinlari olish usuli «Chinoz neftni qayta ishlash zavodi» MChJning «amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan («O‘zbekneftegaz» AJning 2020 yil 28 avgustdagi 02/17-5/26-485-son ma’lumotnomasi). Natijada, mahalliy benzin komponentlari, kislorodli qo‘ndirmalar va neonollar asosida yuqori oktanli, dispersion barqaror avtomobil` benzinlari ishlab chiqarish imkonini bergan;
gidroizomerizat, SFM va qo‘ndirmalarni qo‘llab benzinlarni detonatsion barqarorligini oshirishga oid ma’lumot va xulosalar «Neft`-gaz kimyo sanoatida kataliz» o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (guvohnoma, №892-067). Natijada, bakalavr va magistrlarning avtomobil` benzinlarini detonatsion barqarorligini oshirish sohasidagi bilimlarini boyitish hamda mustahkamlash imkonini bergan. 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish