Mordvinsev Dmitriy Olegovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Geofizik ma’lumotlar bo‘yicha Farg‘ona botig‘idagi mezozoydan oldingi komplekslarning geologik tuzilishi», 04.00.06 – Geofizika. Foydali qazilmalarni qidirishning geofizik usullari (geologiya-mineralogiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.DSc/GM25.
Ilmiy maslahatchi: Radjabov Shuxrat Sayfullaevich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Geologiya va geofizika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Seysmologiya instituti, DSc.02/30.12.2019.GM/FM.97.01
Rasmiy opponentlar: Yusupov Shuxrat Sakidjanovich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori; Dolgopolov Feliks Gennad`evich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori; Sadikova Lola Renatovna, geologiya-mineralogiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Fargg‘ona havzasining er qobig‘ining chuqurlik tuzilish xususiyatlarini aniqlash hamda farqlanuvchan petrofizik xususiyatlari bilan geobloklarning tutashgan zonalari va uglevodorod konlarining joylashishi o‘rtasidagi bog‘liqliklar modelini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor koordinatalar tizimiga va burg‘ulash ma’lumotlariga bog‘langan holda Farg‘ona havzasining mezozoygacha bo‘lgan rel`ef yuzasi va kristalli poydevor xaritalari tuzilgan;
neft` va gaz konlari bilan qarama-qarshi petrofizik xususiyatlarga ega anomal ob’ektlarning mezozoygacha bo‘lgan qatlamlarda joylashishi o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik isbotlangan;
Farg‘ona havzasi er qobig‘i kesishishi tuzilishining geologik-tektonik evolyusiyasi haqidagi zamonaviy qarashlarga mos keladigan geologik va geofizik modellar yaratilgan;
Farg‘ona havzasining shimolida janubiy qismlarga nisbatan zichlik ko‘rsatkichlarining sezilarli darajada oshishi aniqlangan;
neft` va gaz konlarini izlash va qidirishda geologik va geofizik modellashtirishni mintaqaviy miqyosda qo‘llash imkoniyatlari isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Farg‘ona havzasining chuqurlik geologik tuzilishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Farg‘ona havzasi er qobig‘ining chuqurlik tuzilishi elementlariga nisbatan neft` va gaz konlarining joylashuv sxemasi «Farg‘ona geofizik ekspedisiyasi»da ishlab chiqarish amaliyotiga joriy qilingan («O‘zbekgeofizika» AJning 2019 yil 8 avgustdagi 01-1754/1-son ma’lumotnomasi). Natijada, sxema geologik qidiruvning mintaqaviy boskichida neft` va gaz konlarini qidirishning bilvosita mezonlari ro‘yxatini kengaytirish imkonini bergan;
Farg‘ona havzasi mezozoydan oldin bo‘lgan yuzasining strukturaviy xaritasi «Farg‘ona geofizik ekspedisiyasi»da ishlab chiqarish amaliyotiga joriy qilingan («O‘zbekgeofizika» AJning 2019 yil 8 avgustdagi 01-1754/1-son ma’lumotnomasi). Natijada, Farg‘ona havzasining janubiy qismida neft` va gaz qidiruv ishlarini olib borish uchun istiqbolli maydonlarni aniqlash imkonini bergan;
Farg‘ona havzasining kristalli poydevori sathi strukturaviy xaritasi «Farg‘ona geofizik ekspedisiyasi»da amaliyotga joriy qilingan («O‘zbekgeofizika» AJning 2019 yil 8 avgustdagi 01-1754/1-son ma’lumotnomasi). Natijada, kristall poydevorning rel`efi haqidagi tushunchalarni sezilarli darajada kengaytirish, neft` va gaz bo‘yicha qidiruv-izlash ishlarini rejalashtirishda olingan ma’lumotlardan foydalanish imkoniyati yaratilgan;
Farg‘ona havzasining chuqurlik tuzilishini aks ettirgan bir qator geologik va geofizik modellar «Farg‘ona geofizik ekspedisiyasi»da amaliyotga joriy qilingan («O‘zbekgeofizika» AJning 2019 yil 8 avgustdagi 01-1754/1-son ma’lumotnomasi). Natijada, yangi potensial istiqbolli hududlarni aniqlash imkonini bergan.