Yuldashev G‘afurning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Neft` va gaz konlarining geoelektrik samarasi va neftgazlilikni geofizik usullarda prognozlash», 04.00.07 – Neft` va gaz konlari geologiyasi, ularni qidirish va razvedka qilish (geologiya-mineralogiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.DSc/GM42.
Ilmiy maslahatchi: Babadjanov Toshpulat Lepesovich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Neft` va gaz konlari geologiyasi hamda qidiruvi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Neft` va gaz konlari geologiyasi hamda qidiruvi instituti, DSc.24/30.12.2019.GM.41.01. 
Rasmiy opponentlar: Shoymuratov To‘ychi Xaliqulovich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori; Radjabov Shuhrat Sayfullaevich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori; Ismailov Vaxitxan Alixanovich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori. 
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: uglevodorod konlarining geoelektrik ta’sirini aniqlash bo‘yicha turli xil etalon konlarning fizik-geologik xususiyatlarini, tuzilmalarning va elektrqidiruv usullarda aniqlangan yangi ob’ektlarning neftgazliligini prognozlash uchun bu xususiyatlarning kuzatiladigan elektr maydonda namoyon bo‘lishini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
neft` va gaz konlariga bog‘liq bo‘lgan geoelektrik samaralarni aniqlash asosida elektrqidiruvning magnitotellurik zondlash usuli bilan neftgazlilikni prognozlash mezonlari ishlab chiqilgan;
magnitotellurik maydonni transformatsiya qilishga asoslangan yangi kesimning oraliq o‘tkazuvchanligini aniqlash usuli ishlab chiqilgan va neft` va gaz uyumlarining geoelektrik samarasini aniqlashda uning yuqori aniqligi isbotlangan;
GIS, vertikal seysmik profillash (VSP) va seysmik vaqt kesimlari ma’lumotlaridan foydalangan holda magnitotellurik maydonning oraliq o‘tkazuvchanlik kesimlarini stratifikatsiya va chuqurlikka bog‘lash usuli ishlab chiqilgan;
«Phoenix Geophysics Ltd» kompaniyasining zamonaviy apparat-dasturiy kompleksi V-5 SYSTEM-2000 qo‘llanilganda elektrqidiruv tadqiqotlarining yuqori samaradorligi va unumdorligi Buxoro-Xiva neftgazli regionida aniqlangan;
Ilk bor neft` va gaz konlarining hosil bo‘lishi va joylashishi jarayonida muhim rol` o‘ynaydigan chuqur issiqlik va massa uzatish kanallarini aniqlashda elektrqidiruvning termogeokimyoviy usul bilan majmualagandagi istiqbollari isbotlangan;
yuragacha bo‘lgan hosilalarning geologik tuzilishini aniqlashda elektr-qidiruvning imkoniyatlari isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Neft` va gaz konlarining geoelektrik samarasi va ularni geofizik usullarda prognoz qilish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
V-5 SYSTEM-2000 asbob-uskunalar majmuasi bilan elektrqidiruvning MTZ usulida olingan dala materiallarini qayta ishlash uchun dasturlar majmuasi «O‘zbekgeofizika» AJning materiallarni qayta ishlash markazida ishlab chiqarishga joriy qilingan («O‘zbekneftegaz» AJning 2020 yil 13 yanvardagi 03-17-5-249-son ma’lumotnomasi). Natijada, sanoat va tabiiy shovqinlarni bostirish, geologik prognoz sifatini va ishonchliligini oshirish, ish vaqti va mehnat resurslarini tejash imkonini bergan;
T-200 elektrqidiruv majmuasi uskunalari va V-8A uskunalari yordamida olingan ZS-ZI va VP dala materiallarini qayta ishlash uchun dasturlar majmuasi «O‘zbekgeofizika» AJning materiallarni qayta ishlash markazida ishlab chiqarishga joriy qilingan («O‘zbekneftegaz» AJning 2020 yil 13 yanvardagi 03-17-5-249-son ma’lumotnomasi). Natijada, qayta ishlashga sarflanadigan xarajatlarni kamaytirish, ishlov berish natijalarining ishonchliligini va sifatini oshirish, natijalarni 1D va 2D-versiyalarda taqdim etish imkonini bergan;
Markaziy Qizilqum ko‘tarilmasining sharqiy qismida paleozoy erasi yotqiziqlarining chuqur geologik tuzilishini o‘rganish maqsadida Oqtulpor (Oqbaytal)   tuzilmasida parametrik quduqni qazish bo‘yicha tavsiya «O‘zbekneftegaz» AJ tizimidagi «O‘zgeoburg‘ineftegaz» AKda  amaliyotga joriy qilingan («O‘zbekneftegaz» AJning 2020 yil 13 yanvardagi 03-17-5-249-son ma’lumotnomasi). Natijada, 1P Oqtulpor parametrik qudug‘ini burg‘ilash paleozoy hosilalarining ichki tuzilishini, kollektor-jinslarning va qoplama-jinslarning joylashishini aniqlash imkonini bergan;
Sharqiy Ustyurtda neft` va gazga istiqbolli elektrqidiruv anomaliyalarining joylashish xaritasi «O‘zbekgeofizika» AJ «Ustyurt geofizika ekspedisiyasi» filialida amaliyotga joriy qilingan («O‘zbekneftegaz» AJning 2020 yil 13 yanvardagi 03-17-5-249-son ma’lumotnomasi). Natijada, qidiruv ishlari samaradorligini va neft` va gaz zaxiralarini oshirish imkonini bergan;
Dengizko‘l va Ispanli-Chandir  ko‘tarilmalarining sharqiy  qismida neft` va gazga istiqbolli elektrqidiruv anomaliyalarining joylashish xaritasi «O‘zbekgeofizika» AJ «Buxoro geofizika ekspedisiyasi» filialida amaliyotga joriy qilingan («O‘zbekneftegaz» AJning 2020 yil 13 yanvardagi 03-17-5-249-son ma’lumotnomasi). Natijada, olingan qidiruv ishlari samaradorligini hamda neft` va gaz zaxiralarini oshirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish