Karimov Abrorbek Azimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlashni fuqarolik-huquqiy normalar vositasida ta’minlash masalalari”, 12.00.03 – Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Yu27.
Ilmiy rahbar: Borotov Mirodiljon Xomudjonovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/30.12.2019.Yu.22.01.
Rasmiy opponentlar: Karaxadjaeva Dilorom Ma’mirovna, yuridik fanlar doktori, professor; Nasriev Ilhom Ismoilovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Davlat Bojxona qo‘mitasi Bojxona instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mamlakatimizda fuqarolar sog‘lig‘ini saqlashning fuqarolik-huquqiy tartibga solish muammolarini tahlil qilish va shular asosida amaldagi fuqarolik qonun hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha umumnazariy xulosalar va takliflar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
salomatlikka taalluqli ma’lumotlar, shuningdek, shaxsiy hayot to‘g‘risidagi ma’lumotlar shaxsga doir maxsus ma’lumotlar ekani isbotlangan;
shaxsga doir maxsus ma’lumotlarga ishlov berishga tibbiy-ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatilayotganda, bunday ma’lumotlarga shaxsga doir ma’lumotlarning himoya qilinishini ta’minlash majburiyati zimmasiga yuklatilgan tibbiyot xodimi tomonidan ishlov berilishi sharti bilan yo‘l qo‘yilishi mumkinligi asoslab berilgan;
shaxsga doir maxsus ma’lumotlarga ishlov berishga tibbiy tashxis, davolash belgilanayotganda, shaxsga doir ma’lumotlarning himoya qilinishini ta’minlash majburiyati zimmasiga yuklatilgan sog‘liqni saqlash muassasasining vakolatli shaxsi tomonidan ishlov berilishi sharti bilan yo‘l qo‘yilishi mumkinligi isbotlab berilgan;
tibbiy ma’lumotga ega bo‘lmagan shaxslarning tibbiy xizmat ko‘rsatish faoliyatini lisenziyalash bo‘yicha maxsus komissiyaning xulosasi asosida xalq tabobati usullaridan foydalangan holda tibbiy faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga ega bo‘lishi mumkinligi asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlashning fuqarolik-huquqiy normalar vositasida ta’minlash masalalari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
fuqarolarning shaxsga doir maxsus ma’lumotlari jumlasiga jismoniy yoki ruhiy (psixik) salomatlikka taalluqli ma’lumotlarni kiritish lozimligi haqidagi taklif O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 2 iyuldagi “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi O‘RQ–547-son Qonuni 25-moddasining birinchi qismida o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurash qo‘mitasining 2019 yil 8 noyabrdagi 112-son dalolatnomasi). Ushbu taklif shaxsga doir maxsus ma’lumotlarni to‘ldirishga, ular bilan ishlash mexanizmini takomillashtirishga xizmat qilgan;
tibbiy-ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatilayotganda, bunday ma’lumotlarga shaxsga doir ma’lumotlarning himoya qilinishini ta’minlash majburiyati zimmasiga yuklatilgan tibbiyot xodimi tomonidan ishlov berilishi sharti bilan bog‘liq munosabatlarga doir taklif O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 2 iyuldagi “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi O‘RQ–547-son Qonuni 25-moddasining uchinchi qismi to‘qqizinchi xatboshisida o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurash qo‘mitasining 2019 yil 8 noyabrdagi 112-son dalolatnomasi). Ushbu taklif tibbiyot xodimi tomonidan ishlov berilishi sharti bilan bog‘liq munosabatlarni kuchaytirishga xizmat qilgan;
tibbiy tashxis, davolash belgilanayotganda, shaxsga doir ma’lumotlarning himoya qilinishini ta’minlash majburiyati zimmasiga yuklatilgan sog‘liqni saqlash muassasasining vakolatli shaxsi tomonidan ishlov berilishi sharti bilan bog‘liq munosabatlarga doir taklif O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 2 iyuldagi “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi O‘RQ–547-son Qonuni 25-moddasining uchinchi qismi to‘qqizinchi xatboshisida o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurash qo‘mitasining 2019 yil 8 noyabrdagi 112-son dalolatnomasi). Ushbu taklif sog‘liqni saqlash muassasasi vakolatli shaxsi tomonidan ishlov berilishi sharti bilan bog‘liq munosabatlarni kuchaytirishga xizmat qilgan;
tibbiy ma’lumotga ega bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi xalq tabobati usullaridan foydalangan holda tibbiy xizmat ko‘rsatish faoliyatini lisenziyalash bo‘yicha maxsus komissiyaning xulosasi asosida xalq tabobati usullaridan foydalangan holda tibbiy faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga ega bo‘lishlariga oid taklif O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 22 maydagi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va ko‘shimchalar qiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ–540-son Qonunining 2-moddasini shakllantirishda, ya’ni “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi Qonunining 41-moddasini to‘ldirgan ikkinchi qismda o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurash qo‘mitasining 2019 yil 8 noyabrdagi 112-son dalolatnomasi). Mazkur taklif sohada mehnat-huquqiy va fuqarolik-huquqiy shartnomaviy munosabatlarni takomillashtirishga xizmat qilgan.