Kubaev Aziz Saydalimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Yuzning o‘rta zonasida morfofunksional va estetik o‘zgarishlarni hisobga olgan holda yuqori mikrognatiyani tashxislash va davolashni takomillashtirish», 14.00.21 – Stomatologiya (tibbiyot fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Tib1240.
Ilmiy rahbar: Rizaev Jasur Alimdjanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarkand davlat tibbiet instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat stomatologiya instituti, DSc04/30.12.2019.Tib.59.01.
Rasmiy opponentlar: Jun-Young Paeng, tibbiyot fanlari doktori, professor (Janubiy Koreya); Dusmuxamedov Maxmudjon Zakirovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Tokay markaziy gospitali (Yaponiya).
Dissertatsiya yo‘nalishi: ilmiy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: yuzning o‘rta sohasi va butun yuz skeletining morfofunksional va estetik o‘zgarishlarini inobatga olgan holda yuqori mikrognatiyani kompleks tashxislash va davolashni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘rta tipdagi yuz tuzilishdagi bemorlarda yuqori jag‘ kompleksining o‘zgarishlari asosan sagital tekislikda bugun bo‘shlig‘i va halqum torayishisiz kechishi aniqlangan;
uzaygan-botiq tipdagi yuz tuzilishli bemorlarda bemorlarda yuqori jag‘ kompleksining o‘zgarishlari saggital va transverzal tekisliklarda torayishi hamda burun bo‘shlig‘ining nisbatan torayishi va yuzning pastki sohasini vertikal bo‘yicha uzayishi bilan namoyon bo‘lishi isbotlangan;
juda uzun yuz tipi bo‘lgan bemorlarda yuqori jag‘ kompleksining morfofunksional o‘zgarishlari sagittal, transverzal va vertikal o‘lchamlarning torayishi hamda yuzning o‘rta va pastki sohalarini noproporsional uzayishi va burundan nafas olishning keskin qiyinlashuvi bilan namoyon bo‘lishi asoslangan;
yuqori jag‘ kompleksi va butun yuz skeleti deformatsiyalarida jag‘lar osteotomiyasining tanlangan va modifisirlangan usullarini qo‘llanganda suyaklar regenratsiyasi muddati qisqarishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Yuzning o‘rta zonasida morfofunksional va estetik o‘zgarishlarni hisobga olgan holda yuqori mikrognatiyani tashxislash va davolashni takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotning ilmiy natijalari asosida: 
“Yuqori mikrognatiyali bemorlarda burundan nafas olishni tiklanishini baholashda rinospirografiyaning diagnostik imkoniyatlari” nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 18 iyundagi 8n-r/155-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘rsatma yuqori mikrognatiyali bemorlarda burundan nafas olishni buzilishini aniqlash maqsadida spirografiyaning modifikatsiyalangan usulini – rinospinografiyani qo‘llash imkonini bergan; 
“Yuqori retromikrognatiyani xirurgik davolashni operatsiya oldi rejalashtirish” uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 18 iyundagi 8n-r/156-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma antropometriya, fotometriya, kefalometriya, 3D modelllash, anatomik elementlarni o‘lchash kabi zamonaviy tekshirish usullarini operatsiya mobaynida ko‘llash imkonini bergan, bu o‘z navbatida bemorlarni davolash natijalarini yaxshilanishiga olib kelgan; 
olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotida, jumladan, Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti va Samarqand davlat tibbiyot instituti xirurgik stomatologiya kafedralarining o‘quv jarayoniga, 7-shaxar klinik kasalxonasi, Qibray TTB va Samarqand shahri Shaxar tibbiyot birlashmasining yuz-jag‘ jarrohligi bo‘limining amaliy faoliyatga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 13 iyuldagi 8n-d/90-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarni klinik amaliyotga joriy qilinishi yuqori mikrognatiyali bemorlarda yaqin va uzoq operatsiyadan keyingi davrlarda asoratlar sonini kamaytirish, bemorlarni statsionarda davolanish muddatlarini qisqartirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish