Raximberdieva Ziyoda Akzamovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qandli diabet 1 tipda diabetik nefropatiyaning erta markerlarini prognostik ahamiyati», 14.00.03 – Enlokrinologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Tib841.
Ilmiy rahbar: Shagazatova Barno Xabibullaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.02.
Rasmiy opponentlar: Xaydarova Feruza Alimovna, tibbiyot fanlari doktori;  Sabirov Maksud Atabaevich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: qandli diabetning 1 tipida erta tashxislash markerlari ahamiyati va diabetik nefropatiyaning tashxisiy parametrlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qandli diabetning birinchi tipidagi bolalarda va o‘smirlarda diabetik nefropatiya rivojlanishining erta markeri sifatidagi nefrin darajasi aniqlangan;
ilk bor mikroal`buminuriyali va me’yoriy al`buminuriyali birichi tipdagi  qandli diabetda o‘zbek millatiga mansub bolalar va o‘smirlarda AGTR1 geni polimorfizmi aniqlangan;
nefrin va klinik-bioximik, genetik ko‘rsatkichlar orasidagi korrelyasion bog‘liqliklik asoslangan;
birinchi tip qandli diabet bilan xastalangan bolalar va o‘smirlarda surunkali buyrak kasalligi rivojlanishida mikroal`buminuriyani prognozlash parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Qandli diabetning birinchi tipida diabetik nefropatiyaning erta markerlarining prognostik ahamiyati bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Birinchi tip qandli diabet bilan kasallangan bemorlarda buyraklarning surunkali kasalliklarini tashxislashning zamonaviy jihatlari» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 14 noyabrdagi 8n/d-271-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma qandli diabet birinchi tipida diabetik nefropatiyaning erta markerlarining bashoratlash  orqali kasallikni erta tashxislashga imkon bergan;
Qandli diabet birinchi tipida diabetik nefropatiyaning erta markerlarining prognostik ahamiyati bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Toshkent shahar va Toshkent viloyati endokrinologiya dispanserlarining klinik amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 3 avgustdagi 8n/z-94-son ma’lumotnomasi). Olingan tadqiqot natijalarining amaliyotga joriy qilinishi qandli diabetni birinchi tipi bilan xastalangan bolalar va o‘spirinlarda mikroal`buminuriya rivojlanishini bashoratlashda xavf omillari, nefrin ko‘rsatkichi va genotip SS ga genetik moyillik asosida yo‘l xaritasi ishlab chiqish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish