Raxmonova Gulbahor Ergashovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Pankreatoduodenal soha o‘sma kasalliklarining diagnostikasida nur tashxisi usullarining axamiyati», 14.00.19 – Klinik radiologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Tib212.
Ilmiy rahbar: Xodjibekov Marat Xudoyqulovich, tibbiyot fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy–amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.77.01.
Rasmiy opponentlar: Yusupalieva Gulnora Akmalovna, tibbiyot fanlari doktori (DSc), dotsent; Baymakov Sayfiddin Risbaevich, tibbiyot fanlari doktori (DSc), dotsent;
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: nur tashxisi usullari kompleksini qo‘llash orqali pankreatoduodenal soha xavfli o‘sma jarayonlarini tashxislash natijalarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor pankreatoduodenal soha xavfli o‘smalarini tashxislashda  endoskopik UTT, MSKT angiografiya, MRT xolangiografiya hamda PET/KTni tizimlashtirilgan kompleks qo‘llanilgandagi afzalligi asoslab berilgan; 
pankreatoduodenal soha xavfli o‘smalarni turli bosqichlarini vizualizatsiya usulida samardorligini patomorfologik belgilar bilan solishtirma tahlil natijalarini inobatga olgan holda tashxislash asoslangan;
yuqori tutqich arteriyasi, yuqori tutqich venasi va o‘zak arteriyasi devoriga o‘smaning invaziyasi darajasini operatsiyagacha bo‘lgan tashxislashda angiografiya orqali asoratlarsiz tashxislash tartibini afzalligi isbotlangan;
me’da osti bezi saratonining xavflilik darajasi erta tashxislash o‘smaning lokalizatsiyasi, tarqalishi  darajasi, oldini olish va samarali davolash amalga oshirish mexanizmlari asosida multimodal usullar yordamida noinvaziv tashxisot tartibi asoslangan;  
me’da osti bezi xavfli o‘smalarini asoratlarini oldini olishda pozitron emission tomografiyasining kompyuter tomografiyasi bilan kombinatsiyalangan usuli bilan tashxislash imkoniyati isbotlangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Pankreatodudenal soxa o‘sma kasalliklarining diagnostikasida nur tashhisi usullarining axamiyati baholash bo‘yicha olib borilgan tadqiqotning ilmiy natijalari asosida: 
«Pankreatoduodenal soha kasalliklarining nur tashhisi» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2016 yil 12 dekabrdagi 8n-r/191-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma nur tashhisi usullari yordamida pankreatoduodenal soxa xavfli o‘smalarini tashxislashni samarali yo‘lga qo‘yish va har bir usulning tashxislashdagi aniqligi  baholash imkonini bergan;
«Jigar o‘t yo‘llari kasalliklarinig nur tashxisi» uslubiy qo‘llanma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2016 yil 12 dekabrdagi 8n-r/191-son ma’lumotnomasi). Mazkur o‘quv qo‘llanma talabalarga dars jarayonida jigar va o‘t yo‘llari xavfli o‘sma kasalliklari nur tashxisini baholash imkonini bergan;
Pankreatodudenal soxa o‘sma kasalliklarining diagnostikasida nur tashxisot usullariga mul`timodal yondashuvi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Toshkent shahar onkologiya dispanseri torakoabdominal onkologiya bo‘limi va Toshkent tibbiyot akademiyasi uchinchi klinikasi rentgen radiologiya bo‘limi amaliyotiga tadbiq qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 2 iyuldagi 8n-z/73-son ma’lumotnomasi). Olingan tadqiqot natijalarini amaliyotga joriy qilinishi nur tashhisi usullarning etarli xajmini tanlab olishni optimallashtirishga, samaradorlikni oshirishga va pankreatoduodenal soha xavfli o‘smalari bilan xastalangan bemorlarda asoratlarini va ularni tarqalish sonini kamaytirishga imkon bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish