Kadirov Mir-Xusan Mirpulatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Infokommunikatsion tizimlarda axborot himoyalanganligini oshirishning usul va vositalarini takomillashtirish», 05.01.05 – Axborotlarni himoyalash usullari va tizimlari. Axborot xavfsizligi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/T308.
Ilmiy rahbar: Karimov Madjit Malikovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, DSc.13/30.12.2019.T.07.01.
Rasmiy opponentlar: Abduraximov Baxtiyor Fayzievich, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Ganiev Abduxalil Abdujalilovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: «UNICON.UZ» – fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi infokommunikatsion tizimlarda foydalanishni cheklash modellari asosida axborotni himoyalanganlik darajasini oshirishning usul va vositalarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
axborotdan foydalanishni nazoratlash usuli asosida turli foydalanuvchilar ma’lumotlarini boshqaruv funksiyalarining bir-biri bilan kesishmasligini ta’minlovchi tashkilotning xavfsizlik modeli takomillashtirilgan;
axborotdan foydalanishni cheklashni mandatli boshqarish siyosati yordamida axborot himoyalanganligini oshirishning konseptual modeli ishlab chiqilgan;
ikkita qiymatli panjaraning dekart ko‘paytmasini tuzish orqali ma’lumotlarni maxfiyligi va yaxlitligini ta’minlash imkonini beruvchi mandatli xavfsizlik siyosatini qurish usuli takomillashtirilgan;
foydalanuvchining qayd ma’lumotlarining vakolatli rollarini va foydalanish huquqlarining vazifalarini belgilash orqali foydalanishni boshqarishning mandat va rolli modeli takomillashtirilgan;
De-yure va De-fakto qoidalari va axborotdan foydalanishni boshqarish qoidalarini shakllantirish asosida tizim himoyalanganlik holatini oshiruvchi algoritm ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Infokommunikatsion tizimlarida axborotdan ruxsatsiz foydalanishni cheklovchi usullar, modellar va algoritmlar bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
foydalanuvchining qayd ma’lumotlarining vakolatli rollarini va foydalanish huquqlarining vazifalarini belgilash imkonini beruvchi foydalanishni boshqarishni takomillashtirilgan mandat va rolli modeli asosida ishlab chiqilgan tizim himoyalanganligini oshiruvchi dasturiy majmua – «Toshkent» Respublika fond birjasi AJga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2020 yil 17 avgustdagi 33-8/4721-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida ishlab chiqilgan dasturiy majmua tashkilot xodimlarining ishlash jarayonlarida maxsus rollar asosida sub’ektning maxfiylik darajasiga qarab boshqarish, xodimlarning monitoringini olib borish va tizim axborotidan ruxsatsiz foydalanishni oldini olish imkonini bergan; 
De-yure va De-fakto qoidalari va axborotdan foydalanishni boshqarish qoidalarini shakllantirish bo‘yicha tizim himoyalanganlik holatini oshirishga imkon beruvchi algoritm va dasturiy majmua – «Trans New Millenium» MChJga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2020 yil 17 avgustdagi 33-8/4721-son ma’lumotnomasi). Natijada, ishlab chiqilgan avtomatlashtirilgan tizim himoyalanganligini oshiruvchi dasturiy majmuasi «MK Universal» turli axborotdan ruxsatsiz foydalanishni cheklovchi himoya qilish vositalari ishlashi unumdorligini baholash bo‘yicha eng yaxshi ko‘rsatkichga ega «Dallas Lock» dasturiy majmuasidan 7% ga va eng past ko‘rsatkichga ega «Secret Net» dasturiy majmuasidan 18% ga yuqori unumdor ishlash imkonini bergan; 
infokommunikatsion tizimlarda foydalanishni boshqarish usuli asosida tashkilotning xavfsizlik modeli va mijoz-server arxitekturasi orqali amalga oshirilgan dasturiy majmua «UNF Universal» MChJga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2020 yil 17 avgustdagi 33-8/4721-son ma’lumotnomasi). Natijada, mijoz-server arxitekturasi asosida ishlab chiqilgan dasturiy majmua foydalanuvchilar ma’lumotlarini boshqaruv funksiyalarining bir-biri bilan kesishmasligini ta’minlash hisobiga rollar ierarxiyasini qurishga va tashkilot tizim axborotidan ruxsatsiz foydalanishni bartaraf etishga hamda korxona rahbarining o‘z xodimlarini ish jarayonida boshqarish orqali tashkilotning ish unumdorligini 13% foiz oshirishga imkon bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish