Xakimov Erkin Abdixalilovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Og‘ir kuygan bemorlarda poliorgan etishmovchiligi sindromini profilaktikasi va davolash afzalligini baholash”, 14.00.40 – Shoshilinch tibbiyot (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.DSc/Tib206.
Ilmiy maslaxatchi: Karabaev Xudoyberdi Karabaevich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Samarqand filiali va Samarqand davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi, DSc./0430.12.2019.Tib.63.01.
Rasmiy opponentlar: Zinov`ev Evgeniy Vladimirovich, tibbiyot fanlari doktori, professor, Xakimov Murod Shavkatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor, Sobirov Djuraboy Marifbaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: poliorgan etishmovchiligi sindromini profilaktikasi va koreksiyalash orqali kuyish kasalligi bilan jabrlangan bemorlarda davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kuyish kasalligi davrlariga xos bo‘lgan poliorgan etishmovchiligi va gomeostaz buzilishlarining bir qancha ob’ektiv mezonlari va uni me`yorlashtirishda infuzion-transfuzion terapiyaning optimal tartibi ishlab chiqilgan;
kristalloid, kolloid va tuzsiz eritmalar nisbati hisobga olingan holda muhitning optimallashgan miqdoriy va sifat tarkibi ko‘zda tutilgan patogentik asoslangan intensiv transfuzion terapiya sxemasi taqdim etilgan;
og‘ir kuygan bemorlarda me’da-ichak trakti o‘tkir yarasi va eroziyalari kelib chiqishida yallig‘lanishga tizimli javob sindromi asoslangan;
uglevod va yog‘lar tarkibi kamaytirilgan enteral aralashmalar, energetik ta’minot va energoplastik ta’minot uchun oqsillar tarkibini ko‘tarish, jigar metabolizmini yaxshilash uchun aminokislota preparatlaridan boshlash asoslangan;
poliorgan etishmovchiligi sindromi kelib chiqishini oldini olishda, infeksion asoratlar va o‘lim sonini kamaytirishda erta xirurgik davoni qo‘llashning samaradorligi isbotlangan;
kuyish kasalligi kechishini korreksiyalash va poliorgan etishmovchiligi sindromi kelib chiqishini oldini olishga imkon beruvchi xirurgik yondashuv, nutritiv va organoprotektorli terapiya asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Og‘ir kuygan bemorlarda poliorgan etishmovchiligi sindromi diagnostikasi, davolash va profilaktikasini baxolash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
«Og‘ir kuygan bemorlarda me’da-ichak trakti funksiyasi buzilishilari» nomli uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vaziriligining 2019 yil 24 apreldagi 8n-d/88-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarning amaliyotga joriy qilinishi og‘ir kuygan bemorlarda poliorgan etishmovchiligi sindromini davolash samadorligini oshirish imkonini bergan;
«Kuyish kasalligida gemostaz tizimi buzilishlari» nomli uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vaziriligining 2019 yil 24 apreldagi 8n-d/88-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarning amaliyotga joriy qilinishi og‘ir kuygan bemorlarda poliorgan etishmovchiligi sindromini kelib chiqishini oldini olishga xizmat qilgan;
Og‘ir kuygan bemorlarda poliorgan etishmovchiligi sindromini profilaktikasi va davolash usullarini yaxshilash buyicha dissertatsiyasi ishida olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliy faoliyatiga, jumladan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Qashqadaryo va Jizzax filiali kombustiologiya bulimlari amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vaziriligining 2019 yil 24 apreldagi 8n-d/88-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarning amaliyotga joriy kilinishi og‘ir kuygan bemorlarda erta nekrektomiya va bir vaqtda autodermoplastikani qo‘llash POE ko‘rsatgichini 94,2% dan 60,9% gacha pasaytirishga, o‘limni 27,47% dan 19,39% gacha kamayishiga imkon bergan va bemorlarning kasalxonada bo‘lish davomiyligini 11,2 kunga kiskarishi imkonini bergan.