Asamatdinov Marat Orinbaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mahalliy xom ashyo asosida suvoq qorishmasining tarkibi va xossalarini shakllantirish», 05.09.05 – Qurilish materiallari va buyumlari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/T1482
Ilmiy rahbar: Jukov Aleksey Dmitrievich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent arxitektura-qurilish instituti, DSc.26/30.12.2019.T.11.01.
Rasmiy opponentlar: Soy Vladimir Mixaylovich, texnika fanlari doktori, dotsent; Sattorov Zafar Muradovich, texnika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Samarkand davlat arxitektura-qurilish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xo‘jako‘l konining gil-gipsli mineral xom ashyosidan foydalanib mineral bog‘lovchi va uning asosida suvoq uchun samarali quruq qurilish qorishmalarining tarkibi va ishlab chiqarish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
termik ishlov berish harorati, modifikatsiyalovchi qo‘shimchalarning ta’sirini hisobga olgan holda gil-gipsli bog‘lovchida struktura hosil bo‘lishi mexanizmi asoslangan;
gil-gipsli bog‘lovchi asosidagi suvoq uchun qurilish qorishmasi mustahkamligi va suv ta’siriga chidamliligi organik va mineral qo‘shimchalardan foydalanish hisobiga oshirilgan;
gil-gipsli bog‘lovchi asosidagi suvoq uchun qurilish qorishmasi mustahkamligini mineral va organik qo‘shimchalar miqdoriga bog‘liqligini ifodalovchi matematik model` ishlab chiqilgan;
past sifatli gil-gipsli xom ashyodan bog‘lovchi va suvoq uchun mo‘ljallangan quruq qurilish qorishmalari ishlab chiqarishning energiya tejamkor texnologiyasi struktura hosil qiladigan qo‘shimchalardan foydalanish orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Mahalliy xom ashyo asosida suvoq qorishmasining tarkibi va xossalarini shakllantirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
gil-gipsli mineral xom ashyosidan foydalanib mineral bog‘lovchi va uning asosida suvoq uchun samarali quruq qurilish qorishmalarining ishlab chiqilgan tarkiblari "National House" MChJda joriy qilingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qurilish vazirligining 2020 yil 19 iyundagi 01-07/01-970-son ma’lumotnomasi). Natijada, egilishdagi mustahkamligi 2,5÷ 4,5 MPa, yumshash koeffisienti 0,4÷0,6 bo‘lgan suvoq uchun qurilish qorishmalari ishlab chiqarish imkonini bergan;
suvoq uchun gil-gips bog‘lovchisi asosidagi quruq qorishma ishlab chiqarishning texnologiyasi "National House" MChJda joriy qilingan. (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qurilish vazirligining 2020 yil 19 iyundagi 01-07/01-970-son ma’lumotnomasi). Natijada, mahsulot ishlab chiqarishda termik ishlov berishni 2÷2,5 soat davomida amalga oshirishga erishilgan;
ishlab chiqarilgan suvoq uchun quruq qurilish qorishmalari "National House" MChJda ob’ektlarida joriy qilingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qurilish vazirligining 2020 yil 19 iyundagi 01-07/01-970-son ma’lumotnomasi). Natijada, siqilishdagi mustahkamligi 5 dan 10 MPagacha, asosga yopishish mustahkamligi kamida 0,5 MPa va yumshash koeffisienti - 0,6ga ega bo‘lgan samarali suvoq materialini olish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish