Ilxamova Nargiza Baxtiyarovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Tez eruvchan tabletkalar va siklooksigenaza-2 ingibitorlari asosida preparatlar yaratishning biofarmatsevtik aspektlari»,  15.00.01 – Dori texnologiyasi (farmatsevtika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.DSc/Far24.
Ilmiy maslahatchi: Nazarova Zarifa Alimdjanovna, farmatsevtika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent farmatsevtika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent farmatsevtika instituti, DSc.04/30.12.2019.Far.32.01. 
Rasmiy opponentlar: Zaynutdinov Hikmatilla Sunnatovich, farmatsevtika fanlari doktori, professor; Olimov Ne’mat Qayumovich, farmatsevtika fanlari doktori, professor; Sotimov G‘ayrat Bahtiyorovich, texnika fanlari doktori. 
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston kimyo-farmatsevtika ilmiy-tadkiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tez eruvchan tabletkalar va siklooksigenaza-2 ingibitorlari asosida dori shakllarini muayyan tarkibi va texnologiyasini ishlab chiqishdan va biofarmatsevtik aspektlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor yallig‘lanishga qarshi ta’sir qiluvchi «Antigrippin-Sh»  tez eruvchan tabletkalar tarkib va texnologiyalari ishlab chiqilgan; 
mukolitik ta’sir qiluvchi «Terkorbin» va «Altebin» tez eruvchan tabletkalar tarkib va texnologiyalari ishlab chiqilgan;
siklooksigenaza-2 ingibitorlari asosidagi yallig‘lanishga qarshi ta’sirga ega «Nime-S» va «Nimzon» tabletkalarining  tarkibi  va texnologiyalari ishlab chiqilgan; 
ilk bor siklooksigenaza-2 ingibitorlari asosidagi yallig‘lanishga qarshi ta’sirga ega «Selninsil» va «Meloktonin» kapsulalari tarkibi va texnologiyalari ishlab chiqilgan;
in vitro tajribalarida o‘tkazilgan biofarmatsevtik tadqiqotlar asosida tavsiya etilayotgan tabletkalarning farmakotexnologik xossalari o‘rganilgan va etarli biologik samaradorlikka egaligi isbotlangan; 
tavsiya etilayotgan tabletkalar va kapsulalar sifatini nazorat qilish va standartlash usullari yaratilgan hamda ularning biosamaradorligi, saqlanish sharoiti va yaroqlilik muddati belgilangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Tez eruvchan tabletkalar va siklooksigenaza-2 ingibitorlari  asosida preparatlar yaratishning  biofarmatsevtik aspektlarini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
«Altebin» tabletkasi uchun korxona farmakopeya maqolasi  «Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi» DUK tomonidan tasdiqlangan (KFM 42 Uz-15745533-2166-2017). Ushbu korxona farmakopeya maqolalarining tasdiqlanishi mukolitik ta’sir etuvchi dori vositalarini olish imkonini bergan;
«Nime-S» tabletkasi uchun korxona farmakopeya maqolasi «Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi» DUK tomonidan tasdiqlangan (KFM 42 Uz15745533-3681-2019). Ushbu korxona farmakopeya   maqolasining tasdiqlanishi yallig‘lanishga qarshi ta’sir etuvchi dori vositasini olish imkonini bergan;
«Altebin» tabletkalari «Mukaltin» nomi bilan va  «Nime-S»  tabletkalari «Nimeks» nomi bilan «Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi» DUK tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilgan (DV/M №01893/11/17 va №02739/08/19 guvohnomalar). Mazkur preparatlarning ro‘yxatdan o‘tkazilishi ularni mahalliy ishlab chiqarish korxonalari tomonidan ishlab chiqarish imkonini beradi;
«Altebin» va «Nime-S»   tabletkalarini sanoat reglamenti «SAMO» MChJ bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan (PR RUz 42-03873/0323-2016; PR 2072225-03-19) hamda «Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi» DUK tomonidan tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 15 oktyabrdagi 8n-3/280-son xati). Natijada, mukolitik ta’sirga ega va yallig‘lanish kasalliklarini davolovchi beruvchi dori vositalar uchun me’yoriy hujjatlarni o‘rnatilgan tartibda ishlab chiqish va ro‘yxatga olish imkonini bergan;
«Altebin» va «Nime-S» tabletkalarining «Dori vositalarini ekspertiza qilish va standartlash Davlat Markazi» hamda MChJ «New Innovation Pharm Group»da klinik oldi va Toshkent shahridagi 1 klinik shifoxonada klinik tadqiqotlar o‘tkazilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 15 oktyabrdagi 8n-3/280-son xati; «Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi» DUK farmakologiya qo‘mitasining 2019 yil 5 martdagi bayonnomasi). Natijada,  olingan «Altebin»  tabletkasining mukolitik ta’sirga va «Nime-S» tabletkasining yallig‘lanishga qarshi ta’sirga ega bo‘lish hamda bir qator kasalliklarni davolash imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish