Ivan`yan Arsen Ignat`evichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Xavfsizligi oshirilgan ochiq bog‘lanish chiziqli axborot-boshqarish tizimlari asosida o‘zaro bog‘langan ishlab chiqarish ob’ektlari guruhlarini yaratish va faoliyatlarini optimallashtirish», 05.01.08 – Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishlarni avtomatlashtirish va boshqarish (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/T706.
Ilmiy rahbari: Adilov Farux Tulkunovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.03/30.12.2019.T.03.02.
Rasmiy opponentlar: Igamberdiev Xusan Zakirovich, texnika fanlari doktori, professor, akademik; Varlamova Lyudmila Petrovna, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ishlab chiqarishni ommaviy avtomatlashtirish, axborotlashtirish va raqamlashtirish texnologiyalaridan foydalangan holda o‘zaro bog‘liq bo‘lgan ishlab chiqarish ob’ektlari guruhi ishlashining samaradorligini oshirish uchun usullar va echimlar yig‘indisini ishlab chiqish hisoblanadi.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
gaz-kimyoviy kompleksi ishlab chiqarish qurilmalarini boshqarish tizimlarini birlashtiruvchi real vaqt bo‘yicha strukturalangan markazlashgan global ma’lumotlar bazasi ishlab chiqilgan;
real vaqt bo‘yicha strukturalangan markazlashgan global ma’lumotlar bazasi asosida operativ-dispetcherlik boshqarish tizimi ishlab chiqilgan;
Ustyurt gaz-kimyoviy kompleksi asosiy ishlab chiqarish qurilmalarining matematik modellari ishlab chiqilgan va dasturiy amalga oshirilgan; 
etanni krekinglash va polimerlarni ishlab chiqarish texnologik jarayonlari takomillashtirilgan boshqarish tizimining matematik modellari ishlab chiqilgan;
real vaqt bo‘yicha markazlashgan ma’lumotlar bazasi asosida gaz-kimyoviy kompleksining axborot-texnologik piramidasini bosqichli raqamlashtirish konsepsiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Xavfsizligi oshirilgan ochiq ulanish liniyalariga ega axborot-boshqarish tizimlari asosida o‘zaro bog‘liq bo‘lgan ishlab chiqarish ob’ektlari guruhini yaratish va ular ishini optimallashtirish hisobiga hamda dissertatsiya ishi bo‘yicha olingan natijalar asosida:
gaz-kimyoviy kompleksi ishlab chiqarish qurilmalarini boshqarish tizimlarini birlashtiruvchi va axborot texnologiyalari piramidasining yuqori sathlaridagi intellektual tizimlari bilan ma’lumotlar almashinuvini ta’minlaydigan real vaqt bo‘yicha global ma’lumotlar bazasining strukturalangan markazlashgan tizimi Ustyurt gaz-kimyoviy kompleksida joriy qilingan («O‘zbekneftegaz» AJning 2020 yil 23 iyundagi 08/41-2-371-son ma’lumotnomasi). Natijada, texnologik jarayon to‘g‘risidagi ma’lumotlarning tezkor tahliliga sarflanadigan vaqt kamaygan; 
markazlashgan real vaqt ma’lumotlar bazasi asosida yuqori samarali operativ-dispetcherlik boshqarish tizimi va real vaqt rejimida operativ-dispetcherlik xodimlarining tizimga kirishlari uchun inson-mashinali interfeysning konfiguratsiyalangan bazaviy ilovalari Ustyurt gaz-kimyoviy kompleksida joriy qilingan («O‘zbekneftegaz» AJning 2020 yil 23 iyundagi 08/41-2-371-son ma’lumotnomasi). Natijada, texnologik jarayon ma’lumotlarini tezkor tahlil qilish asosida kompleksning texnologik rejimini sozlash uchun qaror qabul qilishga sarflangan vaqt kamaygan;
Ustyurt gaz-kimyoviy kompleksi asosiy ishlab chiqarish qurilmalarining ishlab chiqilgan matematik modellari Ustyurt gaz-kimyoviy kompleksida joriy qilingan («O‘zbekneftegaz» AJning 2020 yil 23 iyundagi 08/41-2-371-son ma’lumotnomasi). Natijada, tizimning unumdorligi 4% ga oshgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish