Vohidov Hamidjon Maxmudovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Da’vo muddati joriy qilinmaydigan talablar va ularning huquqiy oqibatlari”, 12.00.03 – Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Yu350.
Ilmiy rahbar: Borotov Mirodiljon Xomudjonovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/30.12.2019.Yu.22.01.
Rasmiy opponentlar: Umarov Tolibjon, yuridik fanlar doktori, dotsent; Ibratova Feruza Boboqulovna, yuridik fanlar nomzodi.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Davlat Bojxona qo‘mitasi Bojxona instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi da’vo muddati joriy qilinmaydigan talablarning mohiyati va ahamiyatini ochib berish, ushbu talablar doirasini aniqlash, turkumlash hamda ularni tavsiflash, huquq sub’ekti tomonidan da’vo muddati joriy qilinmaydigan talablarni amalga oshirishga qaratilgan amaldagi fuqarolik qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish borasida taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mulkdor yoki boshqa egalik qiluvchining o‘zining har qanday huquqlari buzishlishi holatlarini, garchi ular egalik qilishdan mahrum etish bilan bog‘liq bo‘lmasa ham, bartaraf etish haqidagi talablarga nisbatan da’vo muddatining joriy qilinmasligi isbotlangan;
irqiy yoki ijtimoiy kelib chiqishga oid ma’lumotlar, siyosiy, diniy yoki dunyoqarashga oid e’tiqodlar, siyosiy partiyalar va kasaba uyushmalariga a’zolik to‘g‘risidagi ma’lumotlar, shuningdek, jismoniy yoki ruhiy (psixik) salomatlikka taalluqli ma’lumotlar, shaxsiy hayot va sudlanganlik to‘g‘risidagi ma’lumotlar shaxsga doir maxsus ma’lumotlar hisoblanishi asoslab berilgan;
sub’ektning nasldan-naslga o‘tgan yoki orttirilgan xususiyatlariga taalluqli bo‘lgan, sub’ektning biologik qiyofasini tahlil qilish yoki muqobil axborot olish imkonini beradigan boshqa elementni tahlil qilish natijasi bo‘lgan shaxsga doir ma’lumotlar genetik ma’lumotlar bo‘lishi asoslantirilgan;
mulkdor va (yoki) operator, shuningdek, uchinchi shaxs shaxsga doir ma’lumotlarni himoya qilish bo‘yicha ta’minlaydigan huquqiy, tashkiliy va texnik choralarni ko‘rishi asoslab berilgan;
mulkdor va (yoki) operator hamda shaxsga doir ma’lumotlardan foydalanishga ruxsat olgan boshqa shaxslar sub’ektning roziligisiz shaxsga doir ma’lumotlarni uchinchi shaxslarga oshkor etmasligi va tarqatmasligi shartligi asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Da’vo muddati joriy qilinmaydigan talablar va ularning huquqiy oqibatlariga doir tadqiqot ishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
mulkdor yoki boshqa egalik qiluvchining o‘z huquqining har qanday buzishlishi holatlarini, garchi ular egalik qilishdan mahrum etish bilan bog‘liq bo‘lmasa ham, bartaraf etish haqidagi talablarga nisbatan da’vo muddatining joriy qilinmasligiga oid takliflar (O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 163-moddasining oltinchi xatboshisi) O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 20 martdagi “Mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ–531-son Qonuni bilan Fuqrolik kodeksiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2019 yil 11 iyuldagi 59-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif da’vo muddati joriy qilinmaydigan talablarni aniqlashtirib, fuqarolik huquqlarini da’vo qo‘zg‘atish orqali himoya qilish huquqini kafolatlashga xizmat qilgan;
irqiy yoki ijtimoiy kelib chiqishga oid ma’lumotlar, siyosiy, diniy yoki dunyoqarashga oid e’tiqodlar, siyosiy partiyalar va kasaba uyushmalariga a’zolik to‘g‘risidagi ma’lumotlar, shuningdek, jismoniy yoki ruhiy (psixik) salomatlikka taalluqli ma’lumotlar, shaxsiy hayot va sudlanganlik to‘g‘risidagi ma’lumotlar shaxsga doir maxsus ma’lumotlar hisoblanishiga oid takliflar (O‘zbekiston Respublikasining “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi Qonunning 25-moddasi birinchi qismi) O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 2 iyuldagi “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi O‘RQ–547-son Qonuniga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2019 yil 12 iyuldagi 61-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif shaxsga doir ma’lumotlarni aniqlashtirishga xizmat qilgan;
sub’ektning nasldan-naslga o‘tgan yoki orttirilgan xususiyatlariga taalluqli bo‘lgan, sub’ektning biologik qiyofasini tahlil qilish yoki muqobil axborot olish imkonini beradigan boshqa elementni tahlil qilish natijasi bo‘lgan shaxsga doir ma’lumotlar genetik ma’lumotlar bo‘lishiga oid takliflar (O‘zbekiston Respublikasining “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi Qonunning 25-moddasi birinchi qismi) O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 2 iyuldagi “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi O‘RQ–547-son Qonuniga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2019 yil 12 iyuldagi 61-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif shaxsga doir ma’lumotlar sifatida genetik ma’lumotlarga ishlov berishga sub’ektning roziligi olinishi orqali fuqarolik huquqlarini himoya qilishga xizmat qilgan;
mulkdor va (yoki) operator, shuningdek, uchinchi shaxs shaxsga doir ma’lumotlarni himoya qilish bo‘yicha ta’minlaydigan huquqiy, tashkiliy va texnik choralarni ko‘rishiga oid takliflar (O‘zbekiston Respublikasining “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi Qonunning 25-moddasi birinchi qismi) O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 2 iyuldagi “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi O‘RQ–547-son Qonuniga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2019 yil 12 iyuldagi 61-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif shaxsga doir ma’lumotlarni huquqiy, tashkiliy va texnik choralarni ko‘rish orqali himoya qilishni kafolatlashga xizmat qilgan;
mulkdor va (yoki) operator hamda shaxsga doir ma’lumotlardan foydalanishga ruxsat olgan boshqa shaxslar sub’ektning roziligisiz shaxsga doir ma’lumotlarni uchinchi shaxslarga oshkor etmasligi va tarqatmasligi shartligiga oid takliflar (O‘zbekiston Respublikasining “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi Qonunning 25-moddasi birinchi qismi) O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 2 iyuldagi “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi O‘RQ–547-son Qonuniga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2019 yil 12 iyuldagi 61-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif shaxsga doir ma’lumotlarni uchinchi shaxsga oshkor qilmaslik orqali fuqarolik huquqlarini himoya qilinishini ta’minlashga xizmat qilgan.