Ashirbaeva Mavluda Xakimbaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston davlatining mintaqaviy suv resurslaridan oqilona foydalanishni tashkil etish funksiyasi va uning huquqiy jihatlari”, 12.00.01 – Davlat va huquq nazariyasi va tarixi. Huquqiy ta’limotlar tarixi (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Yu67.
Ilmiy rahbar: Odilqoriev Xojimurod To‘xtamurodovich, yuridik fanlar doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/30.12.2019.Yu.22.02.
Rasmiy opponentlar: Ruziev Zafar Rayimovich, yuridik fanlar doktori;  Xusanbaev Olim Otamuratovich, yuridik fanlar nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston Respublikasining mintaqaviy suv resurslaridan oqilona foydalanishni tashkil etish funksiyasini va uning huquqiy asoslarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
transchegaraviy suv resurslaridan foydalanish masalalari bo‘yicha davlatlararo munosabatlarni yanada mustahkamlash maqsadida transchegaraviy suv resurslaridan foydalanish masalalari bo‘yicha davlatlararo munosabatlarni rivojlantirish, Markaziy Osiyo mamlakatlari manfaatlarining muvozanatini ta’minlaydigan suv resurslarini birgalikda boshqarishning o‘zaro maqbul mexanizmlarini va suvdan samarali foydalanish dasturlarini ishlab chiqish va qo‘llash zarurligi asoslab berilgan; 
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari O‘zbekiston Respublikasi tomonidan xalqaro huquq normalariga muvofiq og‘ishmay va majburiy tarzda bajarilishini ta’minlashga qaratilgan huquqiy mexanizmlarni belgilash, shuningdek, mintaqada suv resurslari va energetika sohasidagi masalalarni hal qilishda ushbu sohadagi qonun hujjatlariga o‘z vaqtida va samarali ijro etilishi ustidan parlament nazoratini o‘rnatish hamda amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida vazirliklar va idoralar rahbarlarining axborotlarini har chorakda Oliy Majlis palatalarida eshitib borish orqali parlamentning rolini oshirish zarurligi asoslantirilgan;
qayta tiklanuvchi energiya manbalari sifatida kichik va mikrogidro¬elektrostansiyalarning elektr energiyasi ishlab chiqarish uchun suv oqimlari¬ning tabiiy harakati energiyasidan foydalanuvchi to‘g‘onsiz gidroelektrostan¬siyalar sifatidagi huquqiy maqomini belgilab qo‘yish, shuningdek tiklanuvchi energiya manbalari sifatida suv resurslaridan foydalanishni davlat tomoni¬dan qo‘llab-quvvatlashning huquqiy mexanizmlarini mustahkamlash zarurligi asoslab berilgan; 
mintaqaviy suv resurslaridan samarali foydalanishning huquqiy asos¬larini yanada takomillashtirish maqsadida suv sohasidagi qonun hujjatlari¬da transchegaraviy suv resurslari iste’molini tartibga solish lozimligi isbotlangan; 
ichimlik suvidan foydalanish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun javobgarlikni kuchaytirish, shu jumladan, suv ta’minoti qoidalarini buzganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilash orqali suv resurslaridan oqilona foydalanish madaniyatini mustahkamlash muhimligi, shuningdek, suvdan foydalanish va uni muhofaza qilish borasidagi harakatlar ustidan davlat nazoratini mahalliy davlat hokimiyati organlari, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi, Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi amalga oshirishi lozimligi asoslab berilgan;
qishloq xo‘jaligi ekinlarini etishtirishda suv tejovchi texnologiyalarni keng joriy etish uchun zarur huquqiy shart-sharoit yaratish maqsadida qishloq xo‘jaligi ekinlarini etishtirishda suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joriy etish, shuningdek, suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joriy etishga ekin maydonining har bir gektari uchun qat’iy belgilangan miqdordagi subsidiyalar taqdim etish zarurligi asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
O‘zbekiston Respublikasining mintaqaviy suv resurslaridan oqilona foydalanishni tashkil etish funksiyasi va uning huquqiy jihatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
transchegaraviy suv resurslaridan foydalanish masalalari bo‘yicha davlatlararo munosabatlarni rivojlantirish, Markaziy Osiyo mamlakatlari manfaatlarining muvozanatini ta’minlaydigan suv resurslarini birgalikda boshqarishning o‘zaro maqbul mexanizmlarini va suvdan samarali foydalanish dasturlarini ishlab chiqish va qo‘llash to‘g‘risidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 10 iyuldagi PF–6024-son Farmoni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligini rivojlantirishning 2020–2030 yillarga mo‘ljallangan konsepsiyasining 3.7 va 5.10-kichik bandlarini shakllantirishda e’tiborga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 13 iyuldagi 12/3/11-4828-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif transchegaraviy suv resurslaridan foydalanish masalalari bo‘yicha davlatlararo munosabatlarni yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda;
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari O‘zbekiston Res¬publikasi tomonidan xalqaro huquq normalariga muvofiq og‘ishmay va majburiy tarzda bajarilishini qonunchilikda mustahkamlash to‘g‘risidagi taklif «O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to‘g‘risida» 2019 yil 6 fevraldagi O‘RQ–518-son O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 33-moddasini (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2020 yil 12 iyundagi 06/402-son ma’lumotnomasi) mintaqada suv resurslari va energetika sohasidagi masalalarni hal qilishda parlamentning rolini oshirish to‘g‘risidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining «Mamlakat tashqi siyosatiga oid muhim vazifalarni hal qilishda parlament diplomatiyasi rolini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari haqida»gi 2019 yil 26 iyuldagi 2624–III-son qarorini ishlab chiqishda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2020 yil 8 maydagi 7-son ma’lumotnomasi)  Ushbu takliflar mintaqaviy suv resurslaridan samarali foydalanish sohasidagi xalqaro hamkorlikni, shu jumladan, bu boradagi xalqaro parlamentlararo hamkorlikning mustahkamlashga xizmat qilgan;
«mikro- va kichik gidroelektrostansiyalar» tushunchasini qonun hujjat¬larida aniq belgilash, shuningdek qayta tiklanuvchi energiya manbalari sifa¬tida suv resurslaridan foydalanishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash haqidagi takliflardan «Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish to‘g‘risida»gi 2019 yil 21 maydagi O‘RQ–539-son O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 3 va 13-moddalarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2020 yil 12 iyundagi 06/402-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif suv resurslaridan oqilona foydalanishni tashkil etish samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
transchegaraviy suv resurslari iste’molini tartibga solish bo‘yicha takliflardan «Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi 2018 yil 23 iyuldagi O‘RQ–486-son, 2019 yil 10 maydagi O‘RQ–536-son hamda 2019 yil 12 dekabrdagi O‘RQ–583-son qonunlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2020 yil 12 iyundagi 06/402-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif davlatimizning mintaqaviy suv resurslaridan samarali foydalanishning huquqiy asoslarini takomillashtirishga xizmat qilgan;
ichimlik suvidan oqilona foydalanish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun javobgarlikni kuchaytirish, shu jumladan, suv ta’minoti qoidalarini buzganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilash to‘g‘risidagi takliflardan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksini yangi 1632-modda bilan to‘ldirishni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasining 2018 yil 10 oktyabrdagi O‘RQ–495-son Qonunini hamda suvdan foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshiruvchi davlat organlarini aniq belgilash to‘g‘risidagi taklifidan «Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 9-moddasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 12 noyabrdagi O‘RQ–583-son Qonunini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2020 yil 8 maydagi 7-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif suv resurslaridan oqilona foydalanish madaniyatini yanada mustahkamlashga hamda suv resurslari sohasida davlat boshqaruvining samaradorligini oshirishga xizmat qilgan; 
qishloq xo‘jaligi ekinlarini etishtirishda suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joriy etish hamda suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joriy etishga ekin maydonining har bir gektari uchun qat’iy belgilangan miqdordagi subsidiyalar taqdim etish to‘g‘risidagi takliflar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Qishloq xo‘jaligida suv tejovchi texnologiyalarni joriy etishni rag‘batlantirish mexanizmlarini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2019 yil 25 oktyabrdagi PQ–4499-son qarorini hamda Vazirlar Mahkamasining «Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarining suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha xarajatlarining bir qismini qoplab berish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2020 yil 19 fevraldagi 98-son qarorini ishlab chiqishda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 5 maydagi 12/3/11-4828-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif qishloq xo‘jaligi ekinlarini etishtirishda suv tejovchi texnologiyalarni keng joriy etish uchun zarur huquqiy shart-sharoit yaratgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish