Shodiev Abbos Ne’mat o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Molibden sanoati tashlandiq eritmalaridan molibden, rangli va nodir metallarni ajratib olish texnologiyasini tadqiq qilish va yaratish», 05.02.01 – Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymachilik. Metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/T1132.
Ilmiy rahbarlar: Hasanov Abdurashid Salievich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK, DSc.03/30.12.2019.K/T.03.01.
Rasmiy opponentlar: Yakubov Maxmudjon Maxamadjonovich, texnika fanlari doktori, professor; Xudoyorov Suleymon Rashidovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Mineral resurslar instituti DK.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: molibden sanoati tashlandiq eritmalaridan molibden, rangli va nodir metallarni ajratib olishning samarali texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sodali-sorbsiyalash texnologiyasining fizik - kimyoviy qonuniyatlari asosida molibden ajratib olishning ionalmashinuv jarayonlarining jadallashtirish usullari yaratilgan;
sodali eritmalardan molibden (VI) anionlarini sorbsiyalash jarayoni uchun A - 100 (Mo) va A - 170 markali ionalmashinuv qatronlari muqobil sorbentlar ekanligi aniqlangan;
tashlandiq kek va chiqindilarni sodali tanlab eritish jarayoni kinetikasi va molibdenni tanlab eritish termodinamikasi va sobrsiyalash jarayoni hamda ionalmashish texnologiyasining optimal parametrlari aniqlangan;
sodali - sorbsiyalash texnologiyasini qo‘llagan holda tashlandiq eritmalardan molibden va rangli metallarni ajratib olishning texnologik sxemasi va dastgohlar zanjir sxemasi ishlab chikilgan;
sementlash orqali mis boyitmasini olish va boyitmani keyingi konverterlash jarayonida qayta ishlash natijasida yo‘ldosh usulda nodir metallarni ajratib olish texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Molibden ishlab chiqarish sanoati tashlandiq eritmalaridan molibden, rangli va nodir metallarni ajratib olish texnologiyasini tadqiq etish va yaratish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
takomillashtirilgan yangi texnologik sxemani qo‘llagan holda molibden ishlab chiqarish sanoati tashlandiq eritmalaridan molibden, rangli va nodir metallarni ajratib olish texnologiyasi «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJning mis ishlab chiqarish zavodida joriy etilgan («Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJning 2020 yil 12 iyundagi AU-004508-son ma’lumotnomasi). Natijada, tashlandiq eritmadan molibdenning ajralish darajasi oshishiga erishildi hamda qo‘shimcha sifatida mis, oltin va kumush metallarini olish imkonini bergan; 
noyob metallarni sodali-sorbsiyalab tanlab eritish texnologiyasi hamda sodali eritmalardan va shlam maydonlari tashlanma eritmalaridan ionalmashinuv qatronlarini qo‘llab molibdenni selektiv ajratib olish texnologiyasi «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati»AJning mis ishlab chiqarish zavodida joriy etilgan («Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJning 2020 yil 12 iyundagi AU-004508-son ma’lumotnomasi). Natijada, molibden sanoati tashlanma chiqindilaridan molibdenni 99,4–99,6 % tozalikda olish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish