Allambergenov Tanjarbay Dao‘letmuratovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «G.hirsutum L. turiga mansub g‘o‘za navlarining F1 va F2 duragaylarida «tola sifati» belgisining irsiylanishi va o‘zgaruvchanligi», 03.00.09 – Umumiy genetika (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/B205. 
Ilmiy rahbar: Qurbanbaev Ilxam Djumanazarovich, biologiya fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti, DSc.02/30.12.2019.V.53.01.
Rasmiy opponentlar: Axmedov Jamolxon Xodjaxonovich, biologiya fanlari doktori, professor; Baboev Saidmurat Kimsanboevich biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: o‘rta tolali g‘o‘zaning rayonlashgan va yangi navlarining F1-F2 duragaylarida tola sifati belgilarining irsiylanish va o‘zgaruvchanlik xususiyatlarini aniqlash va bu belgilarning gibridologik tahlili asosida tola sifati yuqori bo‘lgan seleksion ashyolar olishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor o‘rta tolali g‘o‘za navlarini chatishtirishda tolasi IV-tipga mansub navning otalik shakl sifatida qo‘llanilishi va bu navning dominantligi tola mikroneyri va solishtirma uzilish kuchining yaxshi ko‘rsatkichlariga ega F1 kombinatsiyalarini yuzaga keltirishi aniqlangan;
tola mikroneyri, yuqori o‘rtacha uzunligi, uzunlik bo‘yicha bir xilliligi va kalta tolalar indeksi  ko‘rsatkichlarining F1 duragaylarida o‘ta dominantlik tipida irsiylanishi geterozigota holatidagi allel genlarning kuchli ta’siri, tolaning solishtirma uzilish kuchi va uzilishdagi uzayishining turli tiplarda irsiylanishi esa allellarning turli darajada ekspressiyasi natijasi ekanligi isbotlangan;
turli tola tipiga ega navlarning F1 duragaylarida tola sifat belgilari bo‘yicha resiprok farqlanishlarning mavjudligi asosida bu belgilarning irsiy nazoratida yadro genlari bilan bir qatorda sitoplazma genlari ham ishtirok etishi aniqlangan;
belgining nasldan-naslga berilishi koeffisienti (h2) ko‘rsatkichlari asosida tola sifat belgilaridan mikroneyr,solishtirma uzilish kuchi, yuqori o‘rtacha uzunlikning  namoyon bo‘lishida genotipning ta’siri kuchliligi, kalta tolalar indeksi, uzunlik bo‘yicha bir xillik, uzayishdagi uzilishi bo‘yicha esa genotip va muhit bir hil ta’sir etishi aniqlangan;
g‘o‘za navlarining F2 duragaylarida tola mikroneyri va solishtirma uzilish kuchi belgilari bo‘yicha o‘zgaruvchanlik ko‘lamining ota-ona navlar tolasining tipiga bog‘liq emasligi asosida bu belgilar bo‘yicha tanlovni F2 avlodidan boshlash qimmatli rekombinantlarni ajratib olish imkonini berishi aniqlangan;
chatishtirishda IV-tip tolali navning ota yoki ona shakl sifatida qo‘llanilishi tolaning yuqori o‘rtacha uzunligi belgisi bo‘yicha F2 duragaylarida ijobiy transgressiyaga olib kelishi, tola uzunligi bo‘yicha bir xillikning navlar tolasining tipiga bog‘liq emasligi aniqlangan;
tolasining yuqori sifat ko‘rsatkichlarini boshqa qimmatli-xo‘jalik belgilari bilan uyg‘unlashtirgan seleksion istiqbolli F3 oilalari olish uchun IV va V-tipli o‘rta tolali navlarni o‘zaro chatishtirish maqsadga muvofiqligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
G.hirsutum L. turiga mansub g‘o‘za navlarining F1 va F2 duragaylarida tola sifati belgilarining irsiylanishi va o‘zgaruvchanligi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
g‘o‘zaning AN-130 navi Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumani «Islom, Urol, Elyor” yangi navlarning dastlabki urug‘ ko‘paytirish xo‘jaligida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jalik vazirligining 2019 yil 16 dekabrdagi 02/020-4248-son ma’lumotnomasi).  Natijada, Sirdaryo viloyati fermer xo‘jaliklari uchun yangi navning yuqori sifatli urug‘ligini etishtirish imkonini bergan;
g‘o‘zaning AN-130 navi Sirdaryo viloyatining fermer xo‘jaliklarida 2014 yilda 11 gektar, 2015 yilda 485,4 gektar, 2016 yilda 494,4 gektar, 2017 yilda 511,0 gektar maydonga ekilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jalik vazirligining 2019 yil 16 dekabrdagi 02/020-4248-son ma’lumotnomasi). Natijada, yangi AN-130 navidan nazorat navlarga nisbatan gektariga 4–5 sentnerdan qo‘shimcha paxta hosili etishtirish imkonini bergan;  
Namangan-77xAN-130 navlarining kombinatsiyasi F3  o‘simliklaridan ajratib olingan tola sifati yuqori bo‘lgan oilalar urug‘lik materiallari institutning «G‘o‘za genofondi” noyob ob’ekti kolleksiyasiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2020 yil 7 avgustdagi 4/1255-1609-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu noyob oilalar g‘o‘zaning dunyoviy genofondini boyitish hamda kolleksion namunalar bo‘yicha elektron bazasini to‘ldirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish