Shodiev San’at Ergashevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Turg‘un so‘z birikmalarining sintaktik derivatsiyasi», 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/Fil640.
Ilmiy rahbar: Turniyazov Ne’mat Qayumovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Fil.02.03.
Rasmiy opponentlar: Mamatov Abdug‘ofur Eshonqulovich, filologiya fanlari doktori, professor; Abuzalova Mehriniso Kadirovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: hozirgi o‘zbek tilida sof turg‘un so‘z birikmalarining lingvistik tabiatini yoritish va ularning derivatsion xususiyatlarini o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
sof turg‘un birikmalarning lingvistik tabiatini idiomatik ma’noli turg‘un birikmalardan farqli ravishda ochib berilgan;
sof turg‘un birikmalarning tarkibli atama, murakkab termin va parafraza shakllaridagi turlarida frazemaga xos belgilar yo‘qligi, ular noideomatik birikma ekanligi asoslangan;
turg‘un so‘z birikmalari nafaqat semantik, balki sintaktik hodisa maqomida ham kelishi aniqlangan;
turg‘un birikmalarning semantik va sintaktik derivatsiyasi mahsuli ekanligi dalillangan;
frazemalar va gap qolipidagi frazeologik iboralarning derivatsion xususiyatlari ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.  
Turg‘un so‘z birikmalarining sintaktik derivatsiyasi tadqiqi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
turg‘un so‘z birikmalarining sintaktik derivatsiyai mavzusi doirasidagi bajarilgan ilmiy tadqiqot ishi natijalari Samarqand davlat chet tillar institutida olib borilayotgan OT – F8-062 sonli “Til taraqqiyotining derivatsion qonuniyatlari” (2007-2011) mavzusidagi fundamental tadqiqot loyihasida foydalanilgan. (Oliy va o‘pta maxcuc ta’lim vazipligining 2019 yil 4 sentyabrdagi 89-03-3316-con  ma’lumotnomaci). Ushbu materialning joriy etilishi nutqiy tuzilmalar derivatsiyasi va ularning funksional-semantik mundarajasi muammolariga doir xulosalar chiqarish imkonini bergan;
sof turg‘un birikmalar, so‘z birikmalari, tarkibli atama, murakkab termin va parafrazalarning derivatsion tamoyillari I-204-4-5 “Ingliz tili mutaxasislik predmetlaridan axborot kommunikatsiya texnologiyalari asosida vertual resurslar yaratish va o‘quv jarayoniga joriy etish” nomli innovatsion tadqiqot loyihasida foydalanilgan (Oliy va o‘pta maxcuc ta’lim vazipligining 2019 yil 2 fevraldagi 89-03-749-con  ma’lumotnomaci). Ilmiy natijalarning qo‘llanishi so‘z birikmalari, turg‘un birikmalar, frazeologik iboralar va terminlarning qo‘llanilishiga doir virtual resurslar yaratishga oid metodik tavsiyalarni shakllantirishda nazariy jihatdan xizmat qilgan;  
turg‘un so‘z birikmalarining sintaktik derivatsiyasi mavzusidagi ilmiy ish natijalari asosida tayyorlangan taklif va tavsiyalar institutning  “5111400-Xorijiy til va adabiyoti”, “5120200-Tarjima nazariyasi va amaliyoti” bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari hamda “5A120201-Qiyosiy tilshunoslik, lingvistik tarjimashunoslik” magistratura mutaxassisliklarining malaka talablariga singdirilgan, talabalarning ushbu fanlar bo‘yicha bilimlarining oshishi va o‘quv materiallarini takomillashtirishga xizmat qilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 23-iyuldagi 89-03-2634 son ma’lumotnomasi); 
so‘zlarning o‘zaro munoabati, erkin va turg‘un birikmalar, noidiomat va idiomatik birliklar tahlili hamda qo‘llanish usullari bo‘yicha olingan xulosalar asosida Samarqand viloyat teleradiokompaniyasi “Samarqand sadosi” eshittirishing 2020 yil 22-yanvardagi soni ssenariysiga kiritilgan hamda uni tayyorlashda foydalanilgan (Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining 2020 yil 28-yanvardagi 09-01/9-son ma’lumotnomasi). Natijalar tinglovchilar uchun tayyorlangan materiallarning mazmunini boyitishga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish