Tuxtabaev Anvar Alisherovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Postmiokarditik kardioskleroz fonida platsenta disfunksiyasi bo‘lgan ayollarda xomiladorlik va tug‘ruqni olib borishni takomillashtirish», 14.00.01 – Akusherlik va ginekologiya  (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Tib819.
Ilmiy rahbar: Karimov Axmad Xashimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti  DSc. 04/30.12.2019.Tib.29.01.
Rasmiy opponentlar: Kurbanov Djaxongir Djamalovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Urinboeva Nilufar Abdujabbarovna, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: postmiokarditik kardioskleroz fonida platsenta disfunksiyasi bo‘lgan ayollarda homiladorlik va tug‘ruqni olib borishni takomillashtirishdan iborat. Ona va homila holatini o‘rganish, III uch oyligida homiladorlik va postmiokarditik kardioskleroz fonida yo‘ldosh disfuksiyasini oqilona davolashni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor homiladorlikning III uch oyligida postmiokarditik kardioskleroz mavjud ayollarda bachadon-fetoyo‘ldosh kompleksi bilan homila yurak ichi gemodinamikasining o‘zaro bog‘liqligi aniqlangan;
PMKSda  platsentar disfunksiya fonida shakllangan spiral arteriyalar sonining kamayishi, tomirlar diametrlari kichrayishi natijasida, qon kelishi va aylanishining buzilishi xamda fetoyo‘ldosh disfuksiyasi kuchayishining o‘zaro bog‘liqligi aniqlangan;
ilk bor postmiokarditik kardioskleroz mavjud ayollar homilasi yuragi va qon tomirlari dopplerometriyasi (exokardiografiyasi) asosida gipoksiya jarayonining kuchayishi, o‘choqli distrofiya xamda keyinchalik yurak tug‘ma nuqsonlari kelib chiqishiga to‘g‘ri proporsionalligi isbotlangan;
postmiokarditik kardiosklerozli homiladorlar homilasida kardial patologiya va tug‘ma yurak nuqsonlari kelib chiqishi, homila qorin ichi gemodinamikasidagi o‘zgarishlar, jumladan homila yuragining chap va o‘ng qorinchalaridagi yakuniy sistolik va yakuniy diastolik hajm hamda venoz oqimi (VenO) ko‘rsatkichlari o‘zgarishiga bog‘liqligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Postmiokarditik kardioskleroz fonida platsenta disfunksiyasi bo‘lgan ayollarda xomiladorlik va tug‘ruqni olib borishni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Postmiokarditik kardiosklerozli homilador ayollarni tekshirish va olib borish taktikasi algoritmi» nomli uslubiy tavsiyanomasi  tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 9 iyundagi 8n-d/63-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma homiladorlarda postmiokarditik kardiosklerozni rivojlanish xavfi va og‘irlik darajasini erta aniqlash, kasallik kechishini bashorat qilish va o‘z vaqtida davolash chora-tadbirlarini qo‘llashga xizmat qilgan;
«Postmiokarditik kardioskleroz fonida platsenta disfunksiyasi bo‘lgan homiladorlarni olib borishni takomillashtirish» nomli uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 9 iyundagi 8n-d/63-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma platsenta disfunksiyasi mavjud ayollarda homiladorlik va tug‘ruqni oqilona olib borish, homilaning kardial patologiyasi va tug‘ma yurak nuqsonini aniqlash xamda o‘z vaqtida davolash chora-tadbirlarini qo‘llashga xizmat qilgan;
postmiokarditik kardioskleroz fonida platsenta disfunksiyasi bo‘lgan ayollarda homiladorlik va tug‘ruqni olib borishni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash tizimiga, jumladan, Toshkent tibbiyot akademiyasi 2-klinikasi va Namangan viloyati perinatal markazi amaliyotlariga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 6 avgustdagi 8n-z/96-son ma’lumotnomasi). Joriy qilingan natijalar homiladorlik davrida postmiokarditik kardioskleroz fonida platsenta disfunksiyasi kelib chiqishini oldini olish, kasallik asoratlarini kamaytirish hisobiga onalar va bolalar o‘limi ko‘rsatkichlarini pasaytirish hamda ularni statsionarda davolanish muddatini qisqartirish bilan tibbiy yordam ko‘rsatish sifatini oshirishga imkon yaratgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish