Eshqobilov Abdivali Kazakovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbek balladasining nazariy-poetik tahlili (XX asrning 70-90-yillari misolida)», 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019. 2. PhD/Fil 808.
Ilmiy rahbar: Umurov Hotam Ikromovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSc. 03/30. 12. 2019. Fil. 02. 03. 
Rasmiy opponentlar: Yo‘ldoshev Boynazar, filologiya fanlari doktori, professor; Karimov Bahodir, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy  ahamiyatga  molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:  o‘zbek she’riyatida ballada janri genezisini, xususan, uning poetikasi va zamonaviy xolatini e’tiborga olgan holda o‘tgan asrning so‘nggi choragidagi taraqqiyot tamoyillarini, badiiy-estetik tafakkur takomilidagi o‘rni masalalarini  balladanavis shoirlarimiz ijodi misolida ilmiy-nazariy asoslash, milliy o‘ziga xoslik hamda tarixiy-badiiylik saqlanishi va rivojlanishini nazariy-poetik tahlil  etish, janr tarixining ayrim bahsli masalalariga oydinlik kiritishdan  iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
masala monografik planda  shu tarzda birinchi marta qo‘yilgan va tadqiqot manbai sifatida adabiyotshunoslikda o‘rganilmagan yaxlit  davr hamda alohida ijodkorlar asarlari tanlanilgan; 
jahon va o‘zbek adabiyoti uchun tipologik hodisa bo‘lgan ballada janri muammosining hozirgi o‘zbek adabiyotidagi o‘rni nazariy-poetik, poetik-struktur va boshqa metodlaridan  foydalanish asosida belgilangan, bugungi o‘zbek she’riyatida janr rivojidagi yangilanishlar yoritilgan hamda badiiy-estetik vazifalarining ahamiyati asoslangan;   
turli ijtimoiy-madaniy hamda falsafiy sabablar bilan adabiyotshunoslikda “unutilgan” matnlarni, jumladan, jadid balladalarini ham tahlilga jalb etish orqali janr tarixining ayrim masalalari aniqlangan va to‘ldirilgan, yangi asarlar, yangi nomlar va mavjud tushunchalar keng ilmiy iste’molga kiritilgan; 
zamonaviy ballada poetikasining yetakchi unsurlariga asosiy e’tibor qaratilgan va  nazariy poetikasidagi yangi janr belgilari ilmiy ta’riflangan, ularning tasvir vositalari  ma’no va vazifalariga ko‘ra tasnif etilgan, mavzu yo‘nalishidagi vorisiylik va novatorlik kabi nazariy masalalarning mohiyati aniqlangan;
ballada janri bo‘yicha jahon va o‘zbek adabiyotshunosligida shu paytga qadar amalga oshirilgan tadqiqotlar natijalari, liro-epik she’rning poetik xususiyatlari yuzasidan ilmiy-nazariy materiallar umumlashtirilgan va xulosalar chiqarilgan. 
IV. Ilmiy natijalarning  joriy etilgani. 
Zamonaviy o‘zbek balladasining nazariy poetikasini tahlil etish jarayonida olingan  natijalari  asosida:
ballada janrining nazariy poetik tahlili bag‘ishlangan tadqiqot materiallaridan 2008-2010 yillarda bajarilgan XT-F2-004 raqamli “O‘zbek xalq pedagogikasi va fol`klor an’analari” mavzusidagi yosh olimlar fundamental  loyihasida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 3 iyundagi 89-03-1885-son ma’lumotnomasi). Natijada balladanavis  shoirlar milliylikni ballada janri talqinida poetik ifodasini ko‘rsatganligi fol`klor ana’analarining saqlanishi va rivojlantirilishi masalalarini yoritishga xizmat qilgan.
zamonaviy o‘zbek she’riyatida ballada janri poetikasi tahlillaridan 2014-2015 yillarda bajarilgan I-204-4-5 raqamli “Ingliz tili mutaxassislik predmetlaridan axborot-kommunikatsion texnologiyalari asosida virtual resurslar yaratish va o‘quv jarayoniga joriy etish” nomli innovatsion loyiha  bajarilishida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 3 iyundagi 89-03-1885-son ma’lumotnomasi). Natijada jahon va o‘zbek she’riyatida ballada janriga oid matnlarda aks etgan nutqiy aktlarni diskursda voqelantiruvchi etnopragmatik omillar tahlili “Xorijiy tilni o‘qitishda madaniyatlararo muloqotni shakllantirish” kabi fanlarning nazariy masalalarini to‘ldirish  imkonini bergan;
tadqiqot mavzusi yuzasidan nashr etilgan monografiya va maqolalar natijalaridan O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim vazirligi tavsiyasi bilan “Milliy g‘oya tarixi va nazariyasi” darsligining loyihasi bajarilishida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 3 iyundagi 89-03-1885-son ma’lumotnomasi).  Natijada milliy g‘oyaning rivojlanib borishi adabiyotimizda ballada matnlarida ham aks etganligidan darslik yozilishida va nazariy  boyitishda foydalanilgan.
bugungi she’riyatda  kechayotgan badiiy jarayonlar haqida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Samarqand viloyat hududiy bo‘linmasi qoshidagi “Sadoqat” ijodiy to‘garagidagi yosh ijodkorlarga   ma’ruzalar   qilingan (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining 2020 yil 17 martdagi 25-son ma’lumotnomasi). Natijada ilmiy xulosalarning amaliyotda qo‘llanilishi to‘garak a’zolarining liro-epik she’r  poetikasini teranroq anglashlariga ko‘maklashgan, seminarlarning ilmiy-ommabopligini ta’minlab, yangi manbalar bilan boyitishga imkon yaratgan;
dissertatsiya materiallarining yakuniy natijalaridan O‘zbekiston Milliy  teleradiokompaniyasi “Ma’naviyat va ma’rifat” telekanalining “Zamonaviy o‘zbek adabiyoti va Tog‘ay Murod ijodi”  ko‘rsatuvi ssenariysini tayyorlashda  va Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining “Kitob va kitobxonlik” mavzusidagi turkum dasturlari doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining Samarqand viloyat teleradiokompaniyasi tomonidan berilgan 2020 yil 17 martdagi  09-01-45-son ma’lumotnoma). Natijada  ko‘rsatuvlarning mazmun-mundarijasi yangi manbalar vositasida to‘ldirilib  ilmiy-ommabopligi  ta’minlangan hamda ilmiy yangiliklar manbalar bilan ta’minlangan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish