Magrupov Aziz Yuldashevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Raqamli iqtisodiyot sharoitida inson kapitalini rivojlantirishning ijtimoiy-iqtisodiy omillari», 08.00.10 – Demografiya. Mehnat iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/lqt1381.
Ilmiy rahbar: Abduraxmanov Kalandar Xodjaevich, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi,  iqtisodiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent filiali, DSc.22/30.12.2019.I.100.01.
Rasmiy opponentlar: Kasimov Rustam Sobirovich, iqtisodiyot fanlari doktori; Zokirova Nodira,  iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent arxitektura-qurilish instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi inson kapitalini raqamli iqtisodiyot sharoitida rivojlantirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
iqtisodiyotni raqamlashtirish sharoitida oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining ish bilan bandligi va kar`erasini boshqarishga yondashuv elektron axborot-ta’lim maydonchasi va inson kapitali samaradorligi monitoringini qamrab olgan holda ta’lim muassasalarining inson kapitali rivojiga qo‘shgan hissasini baholash asosida takomillashtirilgan;
ta’lim tizimini butun hayot davomida egallanadigan soha sifatida ta’lim doirasining o‘zgaruvchanligi va ta’lim kurslarining modullashtirishga asoslanishini nazarda tutgan holda yanada keng miqyosda o‘zgartirish zarurligi asoslangan;
inson kapitalini boshqarish samaradorligini baholash ishlar samaradorligini yuksaltirish, mehnat bozoridagi taklifga samarali javob qaytarish va yo‘ldosh ta’lim sifatini oshirish asosida takomillashtirilgan;
malakali mehnat bozorini shakllantirishning muhim ijtimoiy zamini sifatida umumta’lim maktablarida yoshlarning qiziqishlaridan kelib chiqqan holda maqsadli to‘garaklarni “hudud – madaniyat markazi – umumta’lim maktabi – ota-ona” zanjiri asosida tashkil etish asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 
raqamli iqtisodiyot sharoitida inson kapitalini rivojlantirishning ijtimoiy-iqtisodiy omillari bo‘yicha olingan xuluosa va takliflar asosida:
iqtisodiyotni raqamlashtirish sharoitida oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining ish bilan bandligi va kar`erasini boshqarishga yondashuv bo‘yicha takliflardan Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan malakali mehnat bozori va inson kapitalini boshqarish bo‘yicha tahliliy ma’lumotnomani tayyorlashda foydalanilgan (Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2020 yil 29 iyundagi 1-0/21-75-son ma’lumotnomasi). Taklifning joriy etilishi inson kapitalini boshqarishning samarali usullarini asoslash, barcha shahar va tuman markazlarida ilg‘or xalqaro tajriba asosida raqamli texnologiyalar bo‘yicha o‘quv markazlari tashkil etish imkonini bergan;
ta’lim tizimini butun hayot davomida egallanadigan soha sifatida ta’lim doirasining o‘zgaruvchanligi va ta’lim kurslarining modullashtirishga asoslanishini nazarda tutgan holda yanada keng miqyosda o‘zgartirish zarurligi bo‘yicha takliflardan Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan mehnat bozorini shaklantirishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlashda foydalanilgan (Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2020 yil 26 iyundagi 01/00-02/08-5673-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amalda qo‘llanilishi malakali mehnat bozorini shakllantirish va oliy ta’lim tizimida kadrlar tayyorlash parametrlariga o‘zgartirish kiritish imkonini bergan;  
inson kapitalini boshqarish samaradorligini baholash bo‘yicha takliflar Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan yaqin kelajakda mehnat bozori samaradorligini baholash bo‘yicha tahliliy ma’lumotnomani tayyorlashda foydalanilgan (Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2020 yil 29 iyundagi 1-0/21-75-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amalda qo‘llanilishi respublika iqtisodiyotining barcha tarmoqlarida kadrlar malakasini oshirish bo‘yicha ishlar samaradorligini oshirish, mehnat bozoridagi taklifga samarali javob qaytarish va yo‘ldosh ta’lim sifatini yaxshilash hamda ijtimoiy-iqtisodiy tizim ichidagi axborot oqimlarini uyg‘unlashtirish hamda ijtimoiy yordamning manzilli bo‘lishini kuchaytirish imkonini bergan;
“hudud – madaniyat markazi – umumta’lim maktabi – ota-ona” zanjiri asosida malakali mehnat bozorini shakllantirish bo‘yicha takliflardan Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan malakali mehnat bozori va inson kapitalini boshqarish bo‘yicha tahliliy ma’lumotnomani tayyorlashda foydalanilgan (Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2020 yil 29 iyundagi 1-0/21-75-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi natijasida hokimiyatlar bilan birgalikda shahar va tumanlardagi madaniyat markazlari va umumta’lim maktablarida yoshlarning qiziqishlaridan kelib chiqqan holda, qo‘shimcha ravishda 1,5 mingta to‘garaklar tashkil etilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish