A’zamova Maloxat Nadjimovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Maktabga tayyorlov guruhlari tarbiyalanuvchilarida do‘stona munosabatlarga asoslangan hamkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish tizimini takomillashtirish”, 13.00.08- “Maktabgacha ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi” (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3/PhD/Ped539.
Ilmiy rahbar: Safarova Roxatoy Gaybullaevna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Maktabgacha ta’lim muassasalari rahbar va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti, PhD. 29.12.2018. Ped 80.01.
Rasmiy opponentlar: Qodirova Fotima Rashidovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Mamatqulov Davlatjon Maxamatjonovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) . 
Yetakchi tashkilot:  Toshkent viloyati Chirchiq  davlat pedagogika instituti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi maktabga tayyorlov guruhlari tarbiyalanuvchilarida do‘stona munosabatlarga asoslangan hamkorlik ko‘nikmalarini shakllantirishning pedagogik tizimini takomillashtirishga yo‘naltirilgan ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
maktabga tayyorlash bosqichida bolalarda do‘stona munosabatlarga asoslangan hamkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish mazmuni Davlat talablari asosida tayyorlov guruhi bolalarining yosh-individual, ijtimoiy-hissiy, kognitiv-ijodiy rivojlanish indikatorlariga ustuvorlik berish asosida didaktik jihatdan  takomillashtirilgan;
bolalarda do‘stona munosabatlarga asoslangan hamkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish jarayoni tashkiliy-didaktik tizimi tarbiyachilarning innovatsion faoliyati, variativ axborot-metodik ta’minot, ota-onalar bilan korporativ hamkorlik tizimi komponentlarining sinergetik integratsiyasini nazariy jihatdan ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarida do‘stona munosabatlarga asoslangan hamkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish jarayonining pedagogik tizimi “Ilk qadam”  va “Ilm yo‘li” (6 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash)  davlat o‘quv dasturlari asosida takomillashtirilgan; 
maktabga tayyorlov guruhlari tarbiyalanuvchilarida do‘stona munosabatlarga asoslangan hamkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish jarayonini innovatsion yondashuvlar (faoliyatli, rivojlantiruvchi, dialogga asoslangan, pedagogik qo‘llab-quvvatlash, o‘zaro ko‘maklashish, shaxsga yo‘naltirilgan) asosida tashkil etishga yo‘naltirilgan ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining maktabga tayyorlov guruhlari tarbiyalanuvchilarida do‘stona munosabatlarga asoslangan hamkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish yuzasidan ishlab chiqilgan nazariy-amaliy takliflar, ilmiy xulosalar asosida:
maktabga tayyorlash bosqichida bolalarda do‘stona munosabatlarga asoslangan hamkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish mazmuni, tayyorlov guruhi bolalarining yosh-individual, ijtimoiy-hissiy, kognitiv-ijodiy rivojlanish indikatorlari bilan bog‘liq tavsiyalardan pedagogika oliy ta’lim muassasalarining “Maktabgacha ta’lim” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi, shuningdek, maktabgacha ta’lim muassasalari rahbar va mutaxassislarining malakasini oshirish kurslari malaka talablari, o‘quv reja va dasturlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining 2019 yil 1 maydagi 03-02/1-1114-son ma’lumotnomasi). Natijada, pedagogika oliy ta’lim muassasalari hamda maktabgacha ta’lim muassasalari rahbar va mutaxassislari malakasini oshirish kurslarining o‘quv reja va dasturlari mazmuni takomillashtirilgan;
bolalarda do‘stona munosabatlarga asoslangan hamkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish jarayoni tashkiliy-didaktik tizimi tarbiyachilarning innovatsion faoliyati, variativ axborot-metodik ta’minot, ota-onalar bilan korporativ hamkorlik tizimi bilan bog‘liq ilmiy g‘oyalardan pedagogika oliy ta’lim muassasalari uchun “Maktabgacha pedagogika” fanidan o‘quv qo‘llanma tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining 2019 yil 1 maydagi 03-02/1-1114-son ma’lumotnomasi). Natijada, pedagogika oliy ta’lim muassasalari “Maktabgacha ta’lim” bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarining o‘quv-metodik ta’minoti takomillashtirilgan;
maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarida do‘stona munosabatlarga asoslangan hamkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish jarayonining pedagogik tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflar, ishlanmalar  “Ilk qadam”  Davlat o‘quv dasturi va “Ilm yo‘li” (6 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash)  variativ dasturi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining 2019 yil 1 maydagi 03-02/1-1114-son ma’lumotnomasi). Natijada maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarida do‘stona munosabatlarga asoslangan hamkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish jarayonining pedagogik tizimi takomillashtirilgan;
maktabga tayyorlov guruhlari tarbiyalanuvchilarida do‘stona munosabatlarga asoslangan hamkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish jarayonini innovatsion yondashuvlar asosida tashkil etishga yo‘naltirilgan ilmiy-metodik tavsiyalardan F1-XT-1-31247 –“O‘quvchilarda o‘zaro do‘stona munosabatlarga asoslanib hamkorlikda faoliyat ko‘rsatish ko‘nikmalarini shakllantirish strategiyasi” fundamental loyihasi doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2018 yil 23 martdagi 01-02/2-2-93-son ma’lumotnomasi). Natijada, maktabgacha ta’lim sohasidagi xalqaro va mahalliy tajribalarni integratsiyalashning tashkiliy-pedagogik, metodik  shart-sharoitlari mazmuni takomillashtirilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish