Panoev Nodir Shavkatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Kremniyorganik birikmalar asosida termobarqaror (oligo)polimerlarning olinishi, xossalari va texnologiyasi», 02.00.14 – Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/T1057. 
Ilmiy rahbar: Axmedov Vohid Nizomovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro muhadislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.T.78.01.
Rasmiy opponentlar: Nurqulov Fayzulla Nurmuminovich, texnika fanlari doktori; Normurodov Baxtiyor Abdullaevich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: mahalliy xom ashyolar asosida yong‘inga qarshi yangi qoplamali kompozisiyalar uchun tarkib yaratish va texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor GIPAN, GAE, mochevina formal`degidlarni kremniyorganik moddalar bilan turli nisbatlarda payvandlanish sharoitlari aniqlangan va yuqori qovushqoqlikka ega termobarqaror (oligo)polimerlar olingan; 
GIPAN va TEOS asosida 50:1nisbatda olingan polimerning suyuq shisha va kaolin bilan optimal kompozisiyasi tanlangan va o‘tga chidamli issiqlik o‘tkazmaydigan yuqori dispersli to‘ldiruvchilar ishlab chiqilgan;
ul`trabinafsha nur va kimyoviy reagentlar yordamida mayda dispersli natriy silikatni modifikatsiyalash yo‘li bilan polimerlarning yong‘in va issiqlikdan himoya qilish funksiyalarini oshirish usuli ishlab chiqilgan;
davlat standarti (GOST 16363-98) ga muvofiq yog‘och qurilish materiallarini qiyin yonadigan materiallar guruhiga o‘tkazilishini ta’minlovchi polimerlar asosida ko‘p bosqichli yong‘indan himoya qilish funksiyasiga ega bo‘lgan yangi tarkiblar ishlab chiqilgan;
sintez qilingan kremniyorganik polimerlar asosida yong‘indan himoya qiluvchi silikatli mahsulotni olish texnologiyasi ishlab chiqilgan va yong‘inga qarshi to‘siq sifatida qo‘llaniladigan yonmaydigan hamda issiqlik o‘tkazmaydigan material olingan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Mahalliy mineral xomashyolar asosida o‘tga chidamli qoplamalar va issiqlik o‘tkazmaydigan to‘ldiruvchilar olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
ishlab chiqilgan yog‘och materiallarni yong‘indan samarali himoya qiluvchi kompozisiyalar Qurilish vazirligi korxonalarida yong‘indan himoyalovchi qoplamalar olish uchun joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining 2020 yil 15 iyundagi 4725/08-07-son ma’lumotnomasi). Natijada, ishlab chiqilgan yong‘inga qarshi kompozisiyalar yog‘och qurilish konstruksiyalari va materiallarining o‘tga chidamliligini oshirish imkonini bergan; 
mahalliy xomashyo asosida olingan qoplamalar yog‘och qurilish konstruksiyalari va materiallarini yong‘indan himoyalashda namunaviy uylar qurilishida va Qurilish vazirligi korxonalarida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining 2020 yil 15 iyundagi 4725/08-07-son ma’lumotnomasi). Natijada, qurilish ob’ektlarining o‘t olish xavfini 1,8 martaga, yong‘inning paydo bo‘lish ehtimolligini 3%ga va yong‘indan kelib chiqadigan zararni 2%ga kamaytirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish