Aitova Shaxlo Komilovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mahalliy xomashyolar va sanoat chiqindilari asosida raqobatbardosh o‘rama materiallar olish texnologiyasi», 02.00.13 – Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/T559. 
Ilmiy rahbar: Jumaniyazov Maxsud Jabbievich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.T.78.01.
Rasmiy opponentlar: Sultonov Baxodir Elbekovich, texnika fanlari doktori; Adinaev Xidir Abdullaevich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat konchilik  instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: mahalliy noorganik resurslar va yog‘-moy chiqindilari asosida import o‘rnini bosuvchi, raqobatbardosh o‘rama materiallar olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor kal`siy oksid, tal`k, bazal`t tolalari va gossipol smolasi asosida termik barqaror o‘rama material olish uchun mastika tarkibi ishlab chiqilgan;
olingan mastika xossalariga kal`siy oksid, tal`k, bazal`t tolalari va rezina qatronining kimyoviy ta’sirlari va kompozisiya hosil qilishning maqbul sharoitlari aniqlangan;
ishlab chiqilgan mastikaning 25 oSda igna botish chuqurligi 45–62 mm, cho‘ziluvchanlik 39 mm, yumshash harorati 55–58 oS ni, chaqnash harorati 315 oSni tashkil etishi aniqlangan va olingan o‘rama materialning yong‘inga bardoshligi aniqlangan;
210–250oS haroratda 5% tal`k tutgan massaga 5% rezina qatroni qo‘shib olingan mastikaning suv shimuvchanligi 0,1% gacha keskin kamayishi natijasida samaradorlik 10 martagacha ortishi isbotlangan;
ilk bor mastika matrisasiga uzunligi 15-20 mm bazal’t tolalar kiritilishi orqali tarkibida gossipol smolasi asosidagi mastika - 77,0%; kal`siy oksid - 5,0%; 0,1 mm rezina qatroni - 5,0%; bazal`t tolasi - 3,0%; ikkilamchi polietilen - 5,0%; tal`k - 5,0% bo‘lgan yuqori darajada elastik o‘rama materiallar olingan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Mineral qo‘shimchalar va gossipol smolasi asosidagi mastikadan o‘rama materiallar olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
kal`siy oksid, tal`k, bazal`t tolalari va gossipol smolasi asosida o‘rama materiallar olish texnologiyasi «TASH IZOL» MChJda amaliyotga joriy qilingan («O‘zsanoatqurilishmateriallari» uyushmasining 2020 yil 30 iyundagi 05/15-2146-son ma’lumotnomasi). Natijada fizik-mexanik xossalari yaxshilangan, yong‘inga bardoshli, mustahkam, elastik o‘rama material olish imkonini bergan;
mahalliy xomashyolar va yog‘-moy sanoati chiqindisi bo‘lgan gossipol smolasi asosidagi mastikadan «Gosizol» nomli o‘rama material olish texnologiyasi «TASH IZOL» MChJning «amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan («O‘zsanoatqurilishmateriallari» uyushmasining 2020 yil 30 iyundagi 05/15-2146-son ma’lumotnomasi). Natijada xizmat muddatlari yuqori, turli iqlim sharoitlariga chidamli, arzon o‘rama materiallar olish imkonini bergan.
 
 
                                 
                                 
                                 
                                 
                                