Babamuradova Zarrina Baxtiyarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Znachenie fenotipicheskix, geneticheskix markerov na razvitie, techenie i rannyuyu diagnostiku nedifferensirovannoy displazii soedinitel`noy tkani», 14.00.05 – Ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Tib545.
Ilmiy rahbar: Shodikulova Gulandom Zikriyaevna, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot instituti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.02.
Rasmiy opponentlar: Boboev Qodirjon To‘xtaboevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Axmedov Xolmurod Sa’dullaevich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqodning maqsadi: biriktiruvchi to‘qima differensiallashmagan displaziyasi bor bemorlarda erta tashhislash va kelib chiqishi mumkin bo‘lgan asoratlar profilaktikasini muqobillashtirishda, fenotipik va genetik markyorlarni baxolashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
keng qamrovli maqsadli tadqiqotlar II sinf HLA genlarning polimorfizmi va ularning biriktiruvi to‘qima differensiallashmagan displaziyasi fenotipik belgilari bilan bog‘liqligi asoslangan;
biriktiruvi to‘qima differensiallashmagan displaziyasi bilan og‘rigan bemorlarning organizmida kollagen almashinuvining buzilishi qonda kollagen I tipiga qarshi autoantitanachalarning miqdoriga korellyasion bog‘liqligi va kasallik kechishi darajasiga ta’siri asoslangan;
biriktiruvi to‘qima differensiallashmagan displaziyasi mavjud bo‘lgan bemorlarda DQA1*0501 DQB1*02 DRB1*03, DRB1*13, DRB1*15 gaplotiplarining uchrashi kasallikning rivojlanish xavfi yuqoriligi isbotlangan;
biriktiruvi to‘qima differensiallashmagan displaziyasi bilan og‘rigan bemorlarni kompleks davolash tarkibiga xondroprotektorlarni qo‘shish orqali, davolash samaradorligi yuqori bo‘lishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Biriktiruvchi to‘qima differesirlashmagan displaziyasida genetik va fenotipik markyorlarni o‘rganish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
SSV tomonidan “Biriktiruvi to‘qima differensiallashmagan displaziyasi erta tashhislash algoritmi” mavzusida uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash Vazirligini 2019 yil 28 oktyabr` 8n-d/243-son ma’lumotnomasi). Ushbu uslubiy tavsiyanoma biriktiruvi to‘qima differensiallashmagan displaziyasi kechishini bashorat qilish va erta tashhislashni muqobillashtirish imkonini bergan;
biriktiruvchi to‘qima differensiallashmagan displaziyasi bor bemorlarda kasallikni erta tashhislash va kelib chiqadigan asortalarni oldini olish uchun HLA II sinf genlarining polimorfizmi va I tip kollagenga qarshi autoantitanachalar darajasi bilan bog‘liqligini o‘rganish asosida davolash tadbirlari samaradorligini optimallashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar, sog‘likni saqlash amaliyotiga, jumladan, Samarqand shahar tibbiyot birlashmasi va Samarqand davlat tibbiyot instituti 1-klinikasi terapiya bo‘limlari amaliyotiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash Vazirligini 2020 yil 29 iyun` 8n-z/65-son ma’lumotnomasi).  Olingan natijalarning amaliyotga tadbiq etilishi, erta tashhislashni, kasallik kechishini bashorat qilish, o‘z vaqtida kelib chiqadigan asoratlarni profilaktikasini  optimallashtirishga, hamda bemorlar hayot sifatini yaxshilab, davolash chora-tadbirlarining samaradorligini oshirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish